Paketli usul
g‘ishtni zavoddan g‘isht teruvchining ish o‘rnigacha tashishda
amaliy jihatdan qo‘l mehnatiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu usulda asosiy moslama yon
tomonlariga ilmoqlar payvandlangan chetlari po‘lat burchakliklar qoplangan, yog‘och
yasalgan taglik-shchitlar hisoblanadi. G‘isht pishirilgandan so‘ng maxsus
aravachalardan tagliklarga ortiladi, ular esa kranlar yordamida avtomobillarga
o‘rnatiladi. G‘isht teruvchilarning ish o‘rniga g‘isht metall g‘iloflar yordamida
uzatiladi, bu g‘ilof tagliklar ustidan kiydiriladi va ilmoqlar bilan mahkamlanadi.
G‘ishtni tagliklarga “archa” shaklida terish ma’qul, bu holda ishonchli bog‘langan
paket hosil qilinib, uning uchun to‘suvchi konstruksiyalar talab etilmaydi.
O‘lchamlari0,52 x 1,03 m bo‘lgan bitta taglikka 200 ta gacha g‘isht taxlanadi.
SHchitining chetlari bo‘yicha uchburchakli tayanch brusokli tagliklar g‘ishtni “archa”
shaklida taxlashda foydalaniladi, chetlarida tayanch plastinalari bo‘lgan tagliklardan
keramik bloklarni tashishda foydalaniladi (4.15-rasm).
Konteyner usulida
g‘isht zavodda yog‘och metall taglikli universal
konteynerga taxlanadi, unda 100 dan 180 ta gacha g‘isht yoki bir yarimta kenglikda
bloklar joylashtiriladi (4.16, g. d. rasm). Konteyner g‘ilofi g‘isht ish joyiga etkazib
berilgandan so‘ng yig‘iladi va zavodga qaytariladi.
Paketli usulda tashishda konteynerli usuldagi tashishga qaraganda g‘ishtni
tashish narxi 10% ga, mehnat sarfi esa 20% gacha qisqaradi.
99
4.15-rasm. G‘isht va toshlarni tagliklarga (poddon) taxlash usullari:
a, b – kesib o'tish shaklida ilmoqli taglikka taxlash
v – g‘ishtni “archa” shaklida ilmoqli taglikka taxlash;
4.16-rasm. G‘isht-tosh terish uchun asbob-usko‘nalar (inventarlar):
a – qorishmani qabul qilish va berish uchun qurilma; b – jag‘li qulfli bunker;
v – qorishma qutisi; g – qamrab oluvchi g‘ilof; d – o‘zi tortilib bog‘lanadigan tutqich;
1 – qorishmani aralashtirish uchun mo‘ljallangan idish; 2 – motor bo‘lmasi;
3 – qopqoq; 4 – qorishmani chiqarish qulfi; 5 – shturval; 6 – stropovka (bog‘lash)
uchun sirtmoq; 7 – ko‘ndalang brusokli taglik; 8 – g-simon yarim g‘ilof; 9 – tutqich
ramasi; 10 – tutqich qurilmasi.
Qorishmalarni tayyorlash zavodlarda yoki markazlashgan qorishma uzellarida
amalga oshiriladi. Ob’ekt oldi qorishma aralashtirilish qurilmalarida qorishma
tayyorlash unga ehtiyoj kam bo‘lganda ruxsat etiladi.
Odatda qorishma samosvallar, avtoqorishma tashigichlarda va bunker
taqsimlagichlarda tashiladi. Ob’ektga etkazib berilgan qorishma mexanik
aralashtiruvchi qurilmaga tushiriladi va ish joylariga bunkerlar, badyalar (4.16, b, v
rasm) da yoki qorishma nasoslarida uzatiladi. Sanoat maksimal unumdorligi 6
m
3
/soat gacha bo‘lgan qorishma nasoslarning keng nomenklaturasini ishlab chiqaradi.
Mexanizmlardan g‘isht terish hajmi katta bo‘lganda va ish suratlari tez bo‘lganda
qo‘llaniladi.
100
Qorishma nasoslari tizimdagi ishchi bosim 150 Pa gacha bo‘lganda qorishmani
gorizontal bo‘yicha 200 m gacha yoki vertikal bo‘yicha 40 m gacha uzatishni
ta’minlashga imkon beradi. Qorishmani ko‘pincha ikki quvur orqali uzatiladi,
ikkinchi quvurdan foydalanilmagan qorishmani bunkerga qaytarish uchun
foydalaniladi; qo‘shimcha-plastifikator sifatida odatda loy tuproqdan foydalaniladi.
Qorishmani ish joyiga uzatishni kran yordamida ko‘chiriladigan taqsimlash
bunkeri vositasida amalga oshirish mumkin. G‘isht teruvchilarning ish joylaridagi
qorishma idishlari bunkerdan to‘ldirilib, ularda chetki devor va idishning tubi orasida
maqbul darajada tanlab olingan burchak eng kam mehnat sarflab qorishmani olish
imkonini beradi.
Tagliklardagi g‘isht va toshlarni ish o‘rinlariga oldinroq uzatish lozim iloji
bo‘lsa bir kun avval, materiallar zahirasi g‘ishtga ehtiyojning 2...4 soatlik ishlatishga
mos kelishi kerak. Qorishma ish o‘rniga ish boshlanishidan avval uzatiladi va uning
sarflanishiga qarab davriy ravishda qo‘shib boriladi; ish o‘rnida mavjud qorishma
40...45 min. lik ishlashga etadigan bo‘lishi kerak.
Ish hajmi kam bo‘lgan hollarda qurilish maydonchasiga qog‘oz qoplarda yoki
bunkerlarda quruq aralashmalarni etkazib berishdan foydalaniladi.
Zamonaviy binolarda qavatlarning balandligi turlicha bo‘lishi mumkin, ammo
agar uy-joy qurilish haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning balandligi 2,7 m dan 3,6 m
gacha bo‘ladi va o‘rtacha 3,0 m ni tashkil etadi.
Ishlarni amalga oshirish qulay bo‘lishi va g‘isht teruvchilar ish
unumdorligining bir tekisda bo‘lishini ta’minlash uchun qavat devori g‘isht terish
balandligi bo‘yicha ayrim uchastkalarga – yaruslarga bo‘linadi.
Yarus
deb qurilish jarayonini uzluksiz, ish o‘rnini balandlik bo‘yicha
o‘zgartirmasdan bajarilishi mumkin bo‘lgan, inshootning yoki bino qavati
balandligining bir qismiga aytiladi. Agar yarusning balandligi 1,2 m dan ortiq bo‘lsa,
g‘isht teruvchilarning ish unumi pasaya boshlaydi, eng maqbul balandlik 0,8...1,0 m
deb tan olingan.
G‘isht terish
ikki-, yoki uch yarusli tizim
bo‘yicha bajarilishi mumkin.
Qavatning balandligi 3,0 m bo‘lganda va mehnat uch yarusli qilib tashkil etilganda
birinchi yarusning balandligi 125 sm, ikkinchisiniki – 95 sm va uchinchisiniki – 80
sm qilib qabul qilinadi. Qavatning balandligi bundan ortiq bo‘lganda ikkinchi va
uchinchi yarus balandliklari biroz orttiriladi.
Qavatining balandligi 2,5...2,7 m bo‘lgan binolarda ikki yarusda g‘isht terish
ancha samarali bo‘ladi, bunda har bir yarusning balandligi 1,5 m gacha bo‘ladi. Bu
holda balandligi 30 m 60 sm bo‘lgan
qo‘shimcha so‘ridan
foydalaniladi, undan turib
yarusning yuqori qatorlari teriladi. Devorning qalinligi katta bo‘lganda yuqori
qatorlarga g‘isht terish uchun uch yarusli tizimda ham bunday qo‘shimcha so‘rilardan
foydalaniladi.
Balandligi 1,2 m gacha bo‘lgan devorlarga g‘isht terish erdan turib yoki
orayopma to‘shamasida turib amalga oshiriladi, katta balandlikda g‘isht terish so‘rilar
yoki havozalar o‘rnatilishini talab etadi. Odatda havozalardan sanoat va tomosha
ko‘rsatuvchi binolarning devorlarini barpo etishda, binolar fasadlarini pardozlashda
qo‘llaniladi. So‘ri va havozalarga qo‘yiladigan talablar – ularning engil bo‘lishi,
101
mustahkamligi, ustivorligi, ularni yig‘ish va ajratish hamda tashishning qulayligi
bilan izohlanadi.
|