96
poydevorlari va devorlarini terish uchun qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda qurilishda
asosan sun’iy toshdan foydalaniladi, tabiiy tosh iqtisodiy maqsadga muvofiq bo‘lgan
hollarda ya’ni – u ommaviy qazib olinadigan hududdagi qurilish ishlarida, boshqa
materiallarni keltirish imkoni bo‘lmagan holatlarda va hokazolarda qo‘llaniladi.
Xarsangtoshdan
poydevorlar, yerto‘la devorlari, tirkama devorlar va boshqa
konstruksiyalar barpo etiladi, to‘shamali tosh zahiralari ko‘p bo‘lgan
hududlarda esa
kichik qavatli binolarning devorlari ham tiklanadi. Xarsangtosh terishni ko‘ndalang
va bo‘ylama tomonli toshlarni navbati bilan terib,
choklarni bog‘lab
olib borish
maqsadga muvofiq. Bir-biriga tegadigan va kesishadigan joylarda to‘shama
shaklidagi ancha yirik toshlarni terish kerak.
Xarsang tosh terilgan birinchi qator to‘shamali toshlardan
quruq holda terib
chiqiladi, bo‘sh joylar shag‘al bilan yaxshilab to‘ldiriladi, zichlanadi va suyuq
qorishma quyiladi. Keyingi teriladigan qatorlar ikki usuldan biri – “qorishma quyish”
yoki “belkurak osti” usuli bilan (4.13 a-rasm) amalga oshiriladi.
4.13-rasm. Noto‘g‘ri shakldagi tabiiy toshlardan terish:
a – xarsangtoshdan terish; b – xarsangtoshbetondan terish; 1 – chetki versta toshlari;
2 – qorishma; 3 – to‘shamali toshlar; 4 – beton aralashmasi
“Qorishma quyib” terish –
balandligi 15...20 sm bo‘lgan
toshlarning har bir
qatori transheya devorlari yoki qolip oralig‘iga quruqlayin teriladi, bo‘sh joylar
shag‘al bilan to‘ldirilib, ustidan harakatchanligi 13...15 sm bo‘lgan suyuq qorishma
quyiladi. Qorishma barcha teshiklarni to‘ldirmaydi, terish bo‘shliqlar
bilan hosil
bo‘ladi, bu uning mustahkamligini pasaytiradi. Toshlar choklarning qat’iy
bog‘lanishlarisiz va chetki qatorlarsiz (versta) teriladi; bu kam mehnat talab bo‘lib
yuqori malakali tosh teruvchilar bo‘lishini talab etmaydi. Shuning uchun bunday
poydevorlarda va terishning bunday tizimida binolarni ikki
qavatdan ortiq qurishga
ruxsat etilmaydi.
“Belkurak osti” terish
balandligiga ko‘ra tanlab olingan toshlardan bir qatorli
tizim bo‘yicha choklarni bog‘lab gorizontal qatorlar qilib bajariladi. Terish tashqi va
ichki versta qatorlarni qorishma bilan 30 sm gacha balandlikdagi qator tarzida
terishdan boshlanadi. Chetki versta qatorlar orasidagi bo‘sh joylarga harakatchanligi
4...6 sm bo‘lgan qorishma tashlanadi va to‘ldirma-o‘rta qator toshlari teriladi. Toshlar
97
orasidagi oraliq bo‘shliqlar shag‘al bilan to‘ldiriladi.
Terish ancha mustahkam
bo‘ladi, “belkurak osti” terish usulida poydevorlar, devorlar va ustunlar barpo etiladi.
Terilgan joyning mustahkamligini yanada oshirish uchun uning tashqi tomonini
bezakli
g‘isht bilan har 4...6 qatorda bog‘lab, ko‘p qatorli tizim bo‘yicha terish
mumkin.
Tosh va qorishma doimo transheyadan
tashqarisida joylashtiriladi, g‘isht
teruvchi ko‘pincha transheyaning o‘zida turadi, yordamchisi esa uning chetida turib,
ish doirasigaga zarur materiallarni uzatib turadi.