91
4.10-rasm. Ikki g‘isht qalinligidagi devorlarni terishda choklarni bog‘lanishi
tizimlari:
a − bir qatorli (zanjirli); b − ko‘p qatorli; 1 − ko‘ndalang qatorlar; 2...6 −
bo‘ylama qatorlar; 7 − o‘rta qism
Ko‘p qatorli terishda mustahkamlik bir qatorli terishga qaraganda 2...5% kam,
lekin u bir qator afzalliklarga ega.
-
ishlarning oson va tez bajarilishi;
-
ish uchun choraktakam bitta g‘ishtlar
talab etilmaydi;
-
tashqi versta tomonga 1,3 marta kam butun g‘isht teriladi;
-
bir qatorli terishda o‘rta oraliqqa terish hajmi 25% ni, ko‘p qatorlida esa 42%
ni tashkil etadi.
-
oraliqqa har qanday g‘isht sinig‘i ishlatiladi.
Bog‘lash
tizimining
kamchiligi
sifatida
qish
sharoitida
manfiy
temperaturalarda terishni bajarish ancha murakkab ekanini ta’kidlash mumkin. Bu
holat qorishmaning bo‘ylama vertikal choklarda muzlab qolish qalinligi ½ g‘isht
bo‘lgan terishning tashqi va ichki verstalarning shishib qolishini vujudga kelishi bilan
bog‘liq.