98
g‘isht terish uchastkasida deraza-eshik o‘rinlarining mavjudligiga, me’moriy
bezalishning murakkabligiga bog‘liq.
4.14-rasm. G‘isht terishda ish o‘rinlarini tashkil etish:
a – teshiksiz devorlarda; b – deraza-eshik o‘rni bo‘ladigan devorlarda;
v – burchakni terishda.
Teshiksiz devorlarga g‘isht terishda qorishmali qutilar orasidagi masofani 3,6
m qilib olinadi, ular orasiga g‘isht, shlakobeton yoki keramik
bloklar yoki toshlar
ortilgan to‘rtta taglik o‘rnatiladi, bu tagliklar orasidagi masofa 0,25...0,4 m bo‘lishi
kerak. Deraza-eshik o‘rni bo‘ladigan devorlarga g‘isht terishda g‘ishtlarni
poydevorlar qarshisiga ikkita taglikda, qorishma esa deraza-eshik o‘rnilari qarshisiga
o‘rnatiladi. Ish o‘rniga qorishma sig‘imi 0,27 gacha bo‘lgan qutilarda uzatiladi,
qutilar odatda deraza-eshik o‘rni qarshisiga o‘rnatiladi, ular orasidagi o‘rtacha masofa
2,0...2,5 m atrofida bo‘ladi.
G‘isht paket usulida tagliklarda yoki konteyner usulida tashiladi.