29
joydagi bino va inshootlarni rejalash, binolarni tayanch geodezik to‘rga yoki
mavjud qo‘shni binolarga bog‘lash;
bino atrofi bo‘ylab obnoska o‘rnatish, o‘qlarini mahkamlash.
Zarur geodezik o‘lchashlar nivelirlar, teodolitlar, zenit-asboblar,
lazerli
qurgichlar va elektron taxeometrlar bilan bajariladi.
Nivelir – nuqtalarning nisbiy balandligini aniqlash, qiymat belgilarni geodezik
nishonlardan qurilish maydoniga ko‘chiruvchi geodezik asbob bo‘lib, shuningdek u
qavatma-qavat montaj gorizontini aniqlaydi va qavat rejasidagi asosiy nuqtalarni
o‘zaro joylashishini baholaydi (2.1-rasm).
2.1-rasm.
Nivelir
Teodolit
– gorizontal va vertikal burchaklarni o‘lchash yoki ularni tabiiy
holatda mahkamlash uchun xizmat qiladigan optik asbob. Reja o‘qlarini yer sathidan
binoning qavatlariga ko‘chirish uchun keng foydalaniladi (2.2-rasm).
2.2-rasm. Teodolit
Zenit-asbob
o‘qlarni faqat qat’iy vertikal bo‘yicha ko‘chirish uchun
mo‘ljallangan. Ko‘p qavatli binolar va inshootlarni barpo etishda har bir qavatdagi
tayanch elementlarning holatini aniqlash binoning asosiy o‘qlarining kesishishidan
topiladi. Zenit-asbob optik nur yordamida asosiy o‘qlarning o‘tishini
yangi montaj
gorizontiga faqat proeksiyalash uchun mo‘ljallangan (2.3-rasm).
30
2.3-Rasm. Zenit-asbob
Qurilishga yangi lazer texnologiyalarining joriy qilinishi tufayli asboblarning
mutlaqo yangi turi –
lazerli tekislik yasovchilar
paydo bo‘lib, ular qurilish maydonini
rejalashdan tortib to pardozlash ishlari sifatini ta’minlashgacha bo‘lgan oraliqda keng
qo‘llanila boshladi(2.4-rasm). Lazerli nivelirlar rejalashtirish ishlari uchun
qo‘llanilishi mumkin, samarali ishlash uchun ular aylanuvchi lazer nurini gorizontal
tekislikda avtomatik o‘rnatuvchi konstruksiya – kompensator bilan ta’minlangan. Nur
yaxshi ko‘rilmaganda yoki qatta masofalarda ishlaganda nurning vaziyatini ko‘rib
aniqlash mumkin bo‘lmagan holatlarda ham uni tutib oluvchi maxsus datchiklardan
foydalaniladi. Datchiklar ikki tomondan suyuq, kristal ekranlar bilan ta’minlangan
bo‘lib, ular tushgan
lazer nurini qayd etadi; ular odatdagi nivelir chiziqlarda
kronshteyn yordamida mahkamlanadi.
2.4-rasm. Lazerli tekislik yasovchilar
Sanoatda ishlab chiqariladigan lazerli yasovchilar bir vaqtning o‘zida ham
nivelir va teodolit vazifasini bajaradi. Vertikal proeksiyalashda lazerli quruvchidan
lazerli shovun sifatida foydalaniladi, unda ko‘rinadigan nur o‘rnatilayotgan
konstruksiyalar va tekisliklarning vertikalligini aniq ko‘rsatadi, bunda geodezistning
asbob yonida turishiga zaruriyati ham qolmaydi. Muhandislik
kommunikatsiyalarini
yotqizishda lazerli yasovchiga zarur qiyalikni berish bilan va shuningdek
quvuro‘tkazgichlarning sifatli yotqizilishini operatorsiz ta’minlash mumkin. Lazerli
yasovchilar bilan ishlash juda oson, asboblarning energiya ta’minoti o‘ziga
o‘rnatilgan akkumulyatorlardan yoki odatdagi elektr batareykalar orqali amalga
oshiriladi.
Qurilish amaliyotida
borgan sari keng ravishda