37
Qurilish maydonidan xarsang toshlar olib tashlanishi kerak.
Ular agar
ekskavator cho‘michiga sig‘sa transport vositalariga ortiladi, ancha yiriklari esa
buldozerlar yordamida ishlar olib boriladigan zonaning tashqarisiga surib tashlanadi.
Xarsangtoshlar joyida tashqi yoki shnurli zaryadlar yordamida portlatish usulida ham
maydalanishi mumkin.
Qurilish amalga oshiriladigan maydonlardan olib tashlanishi lozim bo‘lgan
yerning hosildor qatlami
qirqib olinadi va buldozerlar hamda avtogreyderlar
yordamida maxsus ajratilgan joyga ko‘chirilib to‘planadi keyinchalik bu tuproqdan
foydalanish uchun. Ayrim hollarda yerning hosildor qatlami ko‘kalamzorlashtirish
uchun boshqa maydonlarga tashiladi. Hosildor qatlam bilan ishlashda uni quyiroqda
joylashgan
qatlam bilan aralashish, ifloslanish, yuvilish va shamolda qurishdan
muhofaza qilish lozim. Qishki sharoitda tabiiy qatlamni loyihada tegishli asos mavjud
bo‘lgandagina olib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
Binolarni, inshootlarni va ularning poydevorlarini buzib tashlash yoki keraksiz
binolarni buzish
ularni qismlarga ajratish (keyingi demontaj qilish uchun) yoki
qulatish yo‘li bilan bajariladi. Yog‘och binolarda butun va yaxshi saqlangan
elementlar keyinchalik foydalanish uchun tanlab olinadi.
Monolit temirbeton va metall binolar umuman binoning mustahkamligini
ta’minlovchi ishlab chiqilgan buzib tashlash sxemasi bo‘yicha qismlarga ajratiladi.
Blok qismlarga ajratish armaturani
ochishdan boshlanadi, keyin blok bo‘shatiladi,
ochilgan armatura kesiladi va blok sindiriladi. Metall elementlar bo‘shatilgandan
so‘ng qirqiladi. Ajratiladigan temirbeton blokning yoki metall konstruksiya
elementining eng katta massasi ajratishda ishtirok etuvchi montaj mexanizmining yuk
ko‘tarish qobiliyatining, strelaning yo‘l qo‘yilgan eng katta qulochidagi
ko‘taruvchanligini yarmidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Yig‘ma temirbeton binolar montaj qilish sxemasiga teskari bo‘lgan buzish
sxemasi bo‘yicha ajratiladi (buziladi). Dastlab buziladigan element barcha mavjud,
birikmalardan, shu jumladan payvandlangan joylardan ajratilishi kerak. Agar alohida
yig‘ma konstruksiyalarni elementlari bo‘yicha ajratish mumkin bo‘lmasa yoki qiyin
bo‘lsa, ular monolit konstruksiyalar kabi bo‘laklarga ajratiladi. Bino karkasi yig‘ma
elementlarini bo‘laklarga ajratishda ajratiladigan
har bir element oldindan
bo‘shatilishi va barqaror holatni egallashi kerak.
Binolar va inshootlarni, shu jumladan toshdan qurilganlarini buzish gidravlik
bolg‘alar, zarba beruvchi to‘qmoqlar, ayrim hollarda turli xil osma konstruksiyalari
(shar yoki ponali to‘qmoqlar) bo‘lgan ekskavatorlar yordamida buziladi (2.13, 2.14-
rasmlar). Binoning buzilgan bo‘laklari buldozer bilan chetga suriladi yoki transport
vositalariga ortiladi. Binolar vertikal qismlarining buzilgan bo‘laklari maydon
bo‘ylab sochilishidan saqlash uchun buziladigan konstruksiya
ichki tomoniga qarab
buzilishi lozim. Ayrim hollarda buzishni portlatish usuli bilan amalga oshirishga
ruxsat etiladi.
39
konstruksiyani buzuvchi, regeneratsiya, armaturani qirqish va maydalash uchun jag‘li
maydalagichlar qo‘llaniladi.
Binolarni buzib tashlash va temir betonni
maydalash uchun ekskavator
negizida qamrov kengligi 620 mm va jag‘i 1 m dan ortiq bo‘lgan to‘liq buruluvchan
beton maydalagichlar keng qo‘llanilmoqda. Bu uskuna armaturani betondan to‘liq
ajratadi va buzish bosqichida diametri 50 mm gacha bo‘lgan armaturani kesib
tashlaydi. Beton maydalagich bevosita bino buziladigan joyda beton bo‘laklarini
zarur bo‘lgan darajagacha maydalash imkonini beradi. Mexanizmning konstruktiv
yechimi yaqin turgan ob’ektlarga yoki konstruksiya elementlariga zarar
yetkazmasdan, tor sharoitlarda ishlarni amalga oshirish imkonini beradi. Ishlash
jarayonida mexanizm minimal darajada shovqin chiqaradi va vibratsion-titrovchi
ta’sir ko‘rsatmaydi.
Mavjud qurilishning hayot faoliyatini ta’minlovchi, lekin o‘zlashtirilayotgan
qurilish maydonchasi hududida joylashgan va ishlarni
amalga oshirishga halal
beruvchi
aloqa va elektr uzatish liniyalari, yer osti kommunikatsiyalari
hamda
boshqa inshootlarni ko‘chirish qurilish maydonchasi hududini tayyorlash davrida
amalga oshiriladi. Bunday ko‘chirish dastlab kelishiladi va loyiha hujjatlariga
kiritiladi. Kommuniksiyalar qurilish maydonini chetlab o‘tib zarur iste’molchilarga
ulanadi, shundan so‘ng qurilishga xalaqit beruvchi muhandislik tarmoqlari uziladi va
olib tashlanadi. Ishlar jarayonida ko‘chirish tegishli tashkilotlarning kuzatuvi ostida
amalga oshiriladi.