28
qurilish ishlarini me’yorida amalga oshirishga xalaqit bermasa albatta). Odatda
qurilish maydonidagi vaqtincha binolar inventar blokli yoki vagon turida bo‘ladi.
Tayyorgarlik davrida vaqtinchalik suv ta’minoti (shu jumladan yong‘inga
qarshi suv ta’minoti tizimi) va elektr energiyani barcha maishiy va boshqa xonalarga,
shuningdek elektr mexanizmlar o‘rnatiladigan joylarga tortib kelinadigan elektr
ta’minoti liniyalari yotqiziladi. Qurilish boshlig‘i va ish boshqaruvchi xonalari
maydon ichidagi va tashqi tashkilotlar bilan aloqa bo‘lishi uchun telefon hamda
boshqa zamonaviy aloqa vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Qurilish maydonida qurilish mashinalari (yer qazuvchi, o‘zi yurar kranlar,
samosvallar)ning vaqtincha turishi uchun joy jihozlanishi, ularni ta’mirlash uchun
imkoniyatlar yaratilishi nazarda tutilishi kerak. Maydon atrofiga to‘siq o‘rnatilishi
lozim va mazkur maydon berkitiladigan, ya’ni qulflanadigan darvoza va
qo‘riqchilarga ega bo‘lishi kerak; ob’ekt tegishli belgilar va yozuvlar bilan
jihozlanadi.