14
jarayonlarni bajarish xususiyatiga ko‘ra: uzluksiz jarayonlar, keyingi
jarayonlarini amalga oshirishga darhol kirishishga imkon beruvchi jarayonlar - g‘isht
terish, ayrim konstruktsion elementlarni montaj qilishni;
uzlukli jarayonlar, keyingi jarayonlarni bajarish oldidan majburiy texnologik
tanaffuslarni talab etuvchi jarayonlar betonning kerakli mustaxkamligini olgunga
qadar kutish, suvoqning qurishini kutib turish;
ahamiyatga ko‘ra (bajarishning ustivorligiga ko‘ra):
yetakchi jarayonlar, bino va inshootni barpo etishning yakuniy muddatlarini
belgilab beruvchi;
qo‘shma jarayonlar, faqat yetakchi jarayonlar bilan paralel ravishda
bajariladigan (montaj va tutashuv joylarini berkitish, g‘isht terish va suvash,
umumqurilish va maxsus ishlar). Qo‘shib olib beriladigan jarayonlar qurilishning
muddatiga ta’sir ko‘rsatuvchi yetakchi jarayonga aylanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Ikkinchi tomondan, jarayonlarni birga qo‘shib bajarish qurilishning davomiyligini
ancha qisqartirishga imkon beradi.
Bajarilayotgan jarayonlar tarkibi doimiy hisoblanmaydi va aniq sharoitga
bog‘liq holda – mashina va uskunalarning mavjudligiga, yil fasliga, iqlim va geologik
sharoitlarga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin.
Bino va inshootlarni barpo etishda bajariladigan ishlar majmuini uch guruhga
birlashtirish mumkin:
Umumqurilish ishlari bajarish usuli yoki qo‘llanilayotgan va ishlov
berilayotgan materiallariga ko‘ra yer ishlari, qoziq ishlari, g‘isht-tosh ishlari, montaj,
beton, tom yopmani yopish, pardozlash va boshqa ishlarga bo‘linadi. Maxsus ishlarga
suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiq suv, ventilyatsiya, elektromontaj, texnologik
konstruksiyalarni, liftlarni montaj qilish, rezervuarlarni, sanoat pechlarini va h.k. larni
barpo qilish kiradi. Bu ishlar o‘ziga xosdir, shu jumladan har bir qurilish ob’ekti
uchun shunga o‘xshash ishlarning o‘z nomenklaturasi mavjud, shuning uchun maxsus
ishlarni asosan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bajarishadi, ular qurilishning asosiy
ijrochisiga subpudratchi bo‘lib hisoblanadi. Yordamchi ishlar qurilishni materiallar,
yarimfabrikatlar, detallar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan va transport hamda
ortish-tushirish ishlariga ajratiladi. Qurilish ishlari majmualari ham davrlar yoki
sikllar bo‘yicha guruhlanishi mumkin. Tayyorgarlik davrida qurilish maydonida
ishlarni amalga oshirish uchun umumiy tayyorgarlik amalga oshiriladi, bunga eski
binolarni buzish, rejalash, vaqtinchalik yo‘llarni qurish, quruvchilar uchun maishiy
xonalar qurish, vaqtincha kommunikatsiyalarni o‘tkazish kiradi. Yer osti qismini yoki
nol siklini barpo etish ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi: yer ishlari (kotlovan qazish,
tasmali poydevorlar va asosiy magistrallardan binoga kommunikatsiyalar tortish
uchun transheyalar qazish, ularni to‘ldirib chiqish), yig‘ma yoki monolit temirbeton
konstruktiyalardan poydevorlar, yerto‘la devorlari, ichki pardevorlar, Ustunlar,
orayopmalarni barpo etish, beton ishlariga tayyorgarlik va h.k., gidroizolyatsiya
ishlari (polni va yer osti qismi devorlarini izolyatsiyalash), binoga zarur
kommunikatsiyalarni kiritish (binoga transheyalar orqali kommunikatsiya quvurlarini
o‘tkazib, ularni binoning yerto‘la qismida tarqatish).