• Ishni himoyaga tavsiya etaman: Kafedra mudiri: f.f.d. M.Hoshimxonov. JIZZAX-2020
  • MUNDARIJA. Kirish.
  • II bob. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish.
  • XULOSA
  • Tanlangan mavzuning dolzarbligi quyidagi omillar bilan belgilanadi
  • Mavzuning о‘rganilganlik darajasi.
  • Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.
  • Bitiruv malakaviy ishning vazifalari
  • Bitiruv malakaviy ishining obyekti.
  • Bitiruv malakaviy ishning predmeti.
  • Tadqiqotning nazariy va metodologik asoslari.
  • Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.
  • I BOB. YOSHLARNI MAFKURAVIY TAXDIDLARDAN ASRASH. 1.1 Mafkuraviy taxdidlarni о‘rganishning konseptual asoslari.
  • 1.2. Yoshlar ongiga raxna soluvchi mafkuraviy taxdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari.
  • 1.3. Mafkuraviy taxdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish omillari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti




    Download 375 Kb.
    bet1/12
    Sana23.07.2021
    Hajmi375 Kb.
    #15934
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI “Himoya qilishga ruxsat beraman” Tarix fakulteti dekani ______Prof. A.Pardayev “____” ____________2020-yil 5111600 - Milliy g‘oya, ma’nayiyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nаlishi bo’yicha bakalavr darajasini olishi uchun "Yoshlarni mafkuraviy taxdidlardan asrash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish mavzusini o’rganish yo’llari" mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI. Bajaruvchi: Otajonov Rashidbek Ilmiy raxbar: f.f.d.prof. Baxtiyor To’rayev BMI Ijtimoiy fanlar kafedrasi yig‘ilishining qarori bilan(2020 yil __ may ____sonli bayonnoma) himoyaga tavsiya etilgan Ishni himoyaga tavsiya etaman: Kafedra mudiri: f.f.d. M.Hoshimxonov. JIZZAX-2020 Bitiruv malakaviy ishi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika institute Tarix fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasida bajarilgan. Ilmiy rahbar: f.f.d.prof Baxtiyor To’rayev. Jizzax Davlat Pedagogika instituti professori. Taqrizchilar: Jizzax Davlat Pedagogika instituti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi kafedrasi Andijon viloyati, Qo’rg’ontepa tumani XTB ga qarashli 44-umumiy o’rta ta’lim maktabining Milliy g’oya o’qituvchisi N.Umarova Himoya 2020-yilning________________ soat______da A Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika institutining Tarix fakultetida attestatsiya komissiyasining bakalavr darajasini olish uchun yig’ilishida o’tkazildi. Manzil ________________________________________________________ Ish bilan A Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika institutining Axborot Resurs Markazida tanishish mumkin (manzil: jizzax shahri Sharof Rashidov ko’chasi, 54) MUNDARIJA. Kirish.__________________________________________________________4-7 Asosiy qism. I bob. Yoshlarni mafkuraviy taxdidlardan asrash. 1.1 Mafkuraviy taxdidlarni о‘rganishning konseptual asoslari.______________7-13 1.2 Yoshlar onggiga raxna soluvchi mafkuraviy taxdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari._____________________________________________________13-21 1.3 Mafkuraviy taxdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish omillari.______21-41 II bob. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish. 2.1 Ijtimoiy faollik –ijtimoiy xodisa sifatida.___________________________42-44 2.2 Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy jihatlari.____44-53 2.3 Yurtimizda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda davlat siyosatining strategik yo‘nalishlari._____________________________________________________53-70 XULOSA._____________________________________________71-73 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YHATI.__________74-76 Kirish. "Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirdiki, endi faqat harbiy qudrat emas, balki intellektual saloxiyat, aql-idrok, fikr, ilg‘or texnologiyalar hamda mafkura xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Amir Temur bobomizning "Kuch adolatda" degan mashxur ta‘birini bugungi kunga nisbatan qo‘llab aytadigan bo‘lsak, men unga qo‘shimcha qilib "Kuch bilim va tafakkurda" degan bo‘lar edim".1 Ha, oʻz davrida Mustaqilligimizning asoschisi I.A.Karimov tomonidan aytilgan ushbu fikrlar hali - hanuz oʻz qadrini, nufuzini yoʻqotmadi desak, adashmaymiz. Yoshlar - O‘zbekiston taraqqiyoti poydevoridir. Insonning dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishdan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, o‘z e‘tiqodiga, o‘zligiga, hayotda o‘z o‘rniga, mavqeiga ega bo‘lishi va buning uchun faol ta‘lim tarbiya olishi va turli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma'naviy sohalarda faol ishtirok etishi kerak bo‘ladi. Bu jarayonda katta avlod o‘zining yashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodga beradi. Bu esa tarbiya deb ataladigan insonning shakllanishida, rivojlanishida muhim o‘rin tutadigan ijtimoiy hodisa orqali amalga oshiriladi. Jamiyat rivojlangan sari barkamol, yetuk shaxslarni yetishtirish ham ortib, ham o‘zgarib boradi. Shu kabi hayotiy ehtiyojlar zamirida inson faolligi paydo bo‘ladi. Bugun biz yoshlar ongida mafkuraviy bо‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yо‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bо‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, kо‘zga kо‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bо‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Soʻnggi yillar ichida О‘zbekistonimizning mustaqil taraqqiyotini kо‘ra olmayotgan diniy ekstremistik guruhlar beqarorlik urug‘ini sepib, xalqimizni о‘zi tanlagan yо‘ldan ozdirish, chalg‘itish uchun ne-ne kuchlarni ishga solib har qanday qabih vositalardan, shu jumladan, mafkuraviy tahdidlardan foydalanmoqda. Shunday ekan, bunday kuchlarning ildizini yо‘qotish, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi"da ifodalangan besh yoʻnalishning barchasida maqsadga yetishish, hamda, xalqimizning asriy orzu – maqsadi bo’lgan mustaqil, huquqiy, demokratik jamiyat qurish uchun ham mamlakatimiz yoshlarini mafkuraviy tahdidlardan asrash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Zeroki, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o’zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa, avvalo, insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti kitob va kutubxonalarda”.2 Tanlangan mavzuning dolzarbligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: - Mafkuraviy tahdid jamiyat taraqqiyoti uchun jiddiy xavf ekanligini ochib berish; - Globallashuv jarayonlarida mafkuraviy taxdidlarning namoyon bо‘lish xususiyatlarini yoritish; - Mafkuraviy taxdidlarni oldini olishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyatini tahlil qilish; - Mafkuraviy taxdid о‘zligimiz va kelajagimizga tahdid ekanligini yoritish; - Mafkuraviy taxdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish omillarini tahlil qilish; - Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zaruriyati yoshlarga tushuntirish; - Jamiyatimizdagi turli ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish immunitetini shakllantirishdan; - Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iborat. Mavzuning о‘rganilganlik darajasi. О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Mamlakatimiz raxbari Sh.M.Mirziyoyevning ma’ruzalaridagi, asarlaridagi ma’naviy-mafkuraviy tahdidlar, unga qarshi kurashish zaruriyati, bu boradagi vazifalar, yoshlarning itimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar keng tahlil qilingan. О‘zbekiston mustaqilligiga xavf solayotgan mafkuraviy taxdidlar M.Quronovning “Milliy tarbiya”, S.Otamurodovning “Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik” M.Lafasovning “Diniy ekstremizm: tarixi va mohiyati”, X.Jumaniyozov, M.Sobirovalarning “Globallashuv asoslari” asarlarida keng yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. О‘zbekistonning barqarorligi va xavfsizligiga raxna soluvchi taxdidlar, ularning turlari va unga qarshi о‘quvchi yoshlar misolida mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llarini va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tahlil qilish. Bitiruv malakaviy ishning vazifalari: -Mafkuraviy taxdidlar tushunchasi, namoyon bо‘lish xususiyatlarini tahlil qilish; -Mafkuraviy taxdidlarning yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sirini yoritish; -Yoshlar ma’naviyatiga yot mafkuralar taʼsiri va ularga qarshi kurashish chora- tadbirlari o’rganish; -Yoshlar ma’naviyatiga yot tahdidlarga qarshi mafkuraviy tarbiya vositalarini kо‘rsatish; -Yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirish usullarini o’rganish; -О‘zbekiston mustaqilligiga raxna solayotgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda ta’lim tizimi oldidagi vazifalarni kо‘rsatib berishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining obyekti. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi taxdidlar, ularning turlari va unga qarshi yoshlar misolida mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari, bu borada olib borilayotgan g‘oyaviy-ma’rifiy jarayonlarni tahlil qilish, yoshlarning ijtimoiy faollligini oshirish jarayoni malakaviy ishning obyektini tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Mamlakatimizning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi taxdidlar va unga qarshi yoshlar misolida mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasidagi vazifalar, olib borilayotgan ma’rifiy siyosatning yо‘nalishlari bilan bog‘liq kо‘rsatmalar, yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili malakaviy ishning predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning nazariy va metodologik asoslari. Tadqiqotning nazariy asosi bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning mustaqillik davrida ilm-fanning ravnaqi haqida yoritilgan g‘oyalari va Mamlakatimizning raxbari Sh.M.Mirziyoyev asarlarida ilgari surilgan konseptual vazifalari xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur soha bilan shug‘ullagan mamlakatimizdagi yetakchi olimlarning asarlari, monografiyalari ham tadqiqot uchun muhim nazariy, metodologik asos bо‘lib xizmat qildi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishi materiallaridan О‘zbekistonning barqarorligi va xavfsizligiga raxna soluvchi taxdidlar va unga qarshi yoshlar misolida mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida tadqiqot olib borishda, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ko’maklashuvchi turli-xil faoliyatlarda, shuningdek ushbu mavzu yuzasidan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tegishli mavzularni yoritishda keng foydalanish mumkin. BMI tuzilishi. Mavzu, kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat. I BOB. YOSHLARNI MAFKURAVIY TAXDIDLARDAN ASRASH. 1.1 Mafkuraviy taxdidlarni о‘rganishning konseptual asoslari. Fikrimizni dastavval mafkuraviy taxdid tushunchasi haqida boshlasak maqsadga muvofiq bo’ladi. Mafkuraviy taxdid - muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tuzumni zaiflashtirish hamda buzishga yo‘naltirilgan, shaxs va jamiyat xavfsizligi, ma’naviy, mafkuraviy, ruhiy dunyosiga tajovuz qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularga asoslangan amaliyot majmuini ifodalaydigan tushunchadir. Mafkuraviy taxdid - ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga tiqishtirish. Mafkuraviy taxdid - jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavf-hatarlar majmuasi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch" asarida ta’kidlaganidek, “Bugun biz tez sur’atlar bilan о‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan о‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz...”.3 Hozirgi paytda yer yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzod bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas. Bugungi dunyo muayyan yaxlitlikni tashkil etsa-da, undagi mintaqa va davlatlar millatlar va xalqlar о‘z о‘rniga kо‘ra turli mavqega ega. Hozirgi davr dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bо‘lib borayotgan davrdir. Shunday ekan, ularning о‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta’sir usullari bо‘lishi, shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida kо‘plab davlatlar mavjud bо‘lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, dinlar, diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat kо‘rsatmoqda. Ular о‘zaro farqlanadigan, ba’zan bir-biriga zid bо‘lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu manfaatlar о‘zga xalqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta’sir о‘tkazish, ularni bо‘ysundirish uchun yо‘naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan kо‘zlangan asosiy muddao esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali о‘z manfaatlarini ta’minlashga intilishdir. Bunday ta’sir о‘tkazishning tinch yо‘li kо‘zlangan maqsadga olib kelmaganda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish mavjud vaziyatni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yо‘li bilan bо‘lsa ham ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishga harakat qilinadi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga nazar tashlansa, aksariyat ilg‘or davlatlarda umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda. Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qо‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas. Hozirgi kunda barchamiz ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni keskinlashtirish, mafkuraviy tajovuz, mamlakatimizga nisbatan ichkaridan yoki tashqaridan turib bevosita amalga oshirilayotgan g‘oyaviy buzg’unchiliklar, “Bо‘lib tashlab, hukmronlik qilish”, ya’ni mamlakat ichkarisida parokandalikni keltirib chiqarish, uning dunyodagi obrо‘siga putur yetkazib, mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qilib qо‘yish, separatizmni keltirib chiqarish kabi maqsadlarni о‘z oldiga vazifa qilib olgan yovuz kuchlar ta’sirini anglashimiz, kerak bo’lsa ularga qarshi qat’iyat bilan kurashmog’imiz lozim bo’ladi. Agar tarixga nazar solsak, ilgari kuchli davlatlar zaif mamlakatlarni ochiqdan-ochiq bosib olib, ularga о‘z hukmini о‘tkazgan bо‘lsa, XX asrning oxiriga kelib, bunday siyosat yangi bir shakl kasb etdi. Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar о‘z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi, о‘z ta’sir doirasiga olmoqchi bо‘lgan mamlakatlarning aloqasi ongini о‘ziga qaram qilishga intiladi. "Mafkura dunyosida bо‘shliqqa yо‘l qо‘yib bо‘lmasligi, shunday holat yuz bergan taqdirda bо‘sh qolgan mafkura maydonidan bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g‘oyalar о‘rin egallashga urinishi shubhasiz".4 Bugungi kunda mafkuraviy poligonlarda muayyan guruhlar va davlatlar о‘zlarining g‘arazli manfaatlarini ifoda etayotgan turli tajovuzkor g‘oyalarni sinovdan о‘tkazmoqdalar. Ularning ongida kishilarni, eng avvalo, ma’naviy, mafkuraviy jihatdan tobe qilish, pirovard natijada esa butkul qaram qilib olish maqsadi yotadi. Bu katta-katta hududlarni, ayniqsa, boy tabiiy resurslarga ega bо‘lgan mintaqalarni egallab olishning eng qulay va kamxarajat usulidir. Mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridan xavflilik sabablari shunda ko’rinadiki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy taxdid bо‘lsa, buni sezish, kо‘rish, oldini olish mumkin, lekin mafkuraviy taxdidni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab yetish nihoyatda qiyin. Yoshlarning ma’naviy olamida bо‘shliqqa yо‘l qо‘yish ularning buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm, axloqsizlik g‘oyalari ta’siriga tushib qolishiga olib keladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida siyosiy barqarorlikni ta’min etadigan islohotlar va bunyodkorlik ishlarimizning asosiy sharti ekanligi asoslab berilgan. Siyosiy barqarorlik bо‘lmasa, mamlakat о‘z oldiga qо‘ygan tarixiy vazifalarni amalga oshira olmaydi. Asarda О‘zbekiston barqarorligiga taxdid soluvchi quyidagi xavf-xatarlar tilga olingan: Ichki xavf-xatarlar: 1. Etnik,milliy, mintaqaviy va davlat ichidagi jangari separatizm (ayirmachilik). 2. Ekologik va xavfsizlik muammolari. 3. Urug‘-aymoqchilikning xudbinlik, shaxsiy manfaat, alohida guruhlarning mol-dunyoga ruju qо‘yishi bilan bog‘liq bо‘lgan xavf-xatar. 4. Qarindoshlik, urg‘u-aymoqchilik manfaatlari doirasi kengaygani sari endi bir sulola doirasidan chiqib, korparativ mohiyat kasb etadi. Bu ichki birlikka ta’sir etib, tanazzulga olib kelishi mumkin. Bunday separatizm ijtimoiy xavfliligi jihatdan mahalliychilik illati bilan qо‘shilib ketgan. 5. Siyosiy ekstremizm, shu jumladan, diniy ekstremizm. 6. Millatchilik. 7. Milliy mahdudlik. 8. Korrupsiya. 9. Jinoyatchilik. 10. Sotqinlik – egrotsentrizm. 11. Axloqiy buzuqlik va zо‘ravonlik. 12. Loqaydlik. Tashqi xavf-xatarlar: 1. Terrorizm (ichki terrorizm, mintaqaviy terrorizm, xalqaro terrorizm). 2. Narkobiznes. 3. Diniy ekstremizm (diniy traditsionalizm, diniy fundamentalizm, diniy modernizm: bular ham ichki, ham tashqi xavf-xatarlarga kiradi). 4. Separatizm (ayirmachilik). 5. Mintaqaviy fuqarolar urushlari (qо‘shni Afg‘onistondagi va h.k.). 6. Orol muammosi (jumladan ichimlik suvi). Bu tahdid ham ichki, ham tashqi xavf-xatarlarga kiradi. 7. О‘zbekistonning jug‘rofiy siyosiy holati jihatidan endigina xavfsizlik tizimi yо‘lga qо‘yilayotgan mintaqadaligi, murakkabligi.5 Kо‘rinib turibdiki, hozirgi davrda tashqi siyosatning yangi – zamonaviy konsepsiyasi yangicha fikrlarga asoslanmoqda. Bugungi dunyo qanchalik xilma-xil bо‘lmasin, uning yaxlitligini, bir butunligini tan olish tashqi siyosatda muayyan yutuqlarga erishishlik asosini tashkil qiladi. Tashqi siyosatni takomillashtirish emas, qat’iy isloh qilish davr talabi ekanini anglash natijasida xalqaro munosabatlarda quyidagi bir qator ijobiy tendensiyalar kо‘zga tashlanmoqda. – Mafkuraviy ta’sirning yо‘qolib borishi. – Konfrontatsiya – о‘zaro qarama-qarshilikdan hamkorlikka о‘tib borish. – Xalqaro siyosatda kuch va ta’sirni birlashtirish. – Xalqaro siyosatning demokratiyalashuvi va insonparvarlashuvi. – Xalqaro munosabatning kengayishi. Mamlakatning hozirgi rivojlanish bosqichida odamlarni ma’naviy-mafkuraviy va ijtimoiy-siyosiy faollashtirish asosiy vazifalardan biridir. Bunda ayniqsa, yoshlarning ongi va qalbini mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish muhim dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mafkuraviy tahdid insonning ongi, dunyoqarashi va axloqiga daxl qilishi mumkin bо‘lgan xavf-xatardir. Xavf kо‘zga kо‘rinmasa-da, lekin uning keltiradigan zarari yuqumli kasalliklardan kam emas. Shu ma’noda tarixiy haqiqatni anglamaydigan yoki anglashni istamaydigan chet eldagi ba’zi siyosatchi va arboblar nafaqat siyosat yoki iqtisodiyot, balki ma’naviyat bobida ham bizga aql о‘rgatishga, azaliy hayot tarzimiz, ruhiy dunyoyimizga yot bо‘lgan qarashlarni majburan joriy etishga urinmoqda. Haqiqatan ham bunday urinishlar turli usullar va vositalar yordamida amalga oshirilmoqda. Ular orasida mafkuraviy taxdidlarning kо‘lami pasaymayapti. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida mafkuraviy tahdid iborasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Mafkuraviy taxdid deganda, avvado, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bо‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini kо‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim”.6 Mafkuraviy taxdidlar bizlar uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo beg‘ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilganligi bilan ayniqsa xatarlidir. Ma’naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar mavjud. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Mazkur konsepsiyaga kо‘ra, ma’naviy tahdidlarni fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan bartaraf qilish mumkin. Mazkur masala yuzasidan quyidagi xulosalarni ilgari surish mumkin: 1. Globallashuv jarayonida Markaziy Osiyoda mafkuraviy muammolarni hal etishda inson manfatini qondirish bilan bog‘liq bо‘lgan murakkab jarayon, uning iqtisodiy taraqqiyoti mustahkamlash uchun barcha urinishlari yangi muammolarni keltiradi; 2. Globallashuv jarayonida insonlar, xalqlar, jamiyat va zamonaviy sivilizatsiyalar mafkuraga ehtiyoj sezadi; 3. Ijobiy fikr va bunyodkor g‘oya, avvalo, yoshlarimiz ongiga singdirishga qaratilgan о‘quv, ilmiy-uslubiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlash va yanada takomillashtirish; 4. Markaziy Osiyo davlatlari va xalqlari о‘rtasida mustahkam dо‘stligini mustahkamlashning nechog‘lik ahamiyatini alohida ta’kidlashimiz lozim va bu mafkuraviy konsepsiyaning asosiy tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 1.2. Yoshlar ongiga raxna soluvchi mafkuraviy taxdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari. I.Karimov ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan, ta’kidlab о‘tadiki: “Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani о‘ta tor tushunish bо‘lur edi, ya’ni, bu о‘rinda sо‘z faqat bizning ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani yо‘q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bо‘lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida о‘rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir”. Masalaga bunday keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun paydo bо‘lgani yо‘q. I.A.Karimovning о‘zi ham eslab о‘tganidek, bizning ulug‘ ajdodlarimiz barchasi “о‘z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig‘idagi xalqlarni, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, dо‘st-birodar bо‘lib yashashga” da’vat etib kelganlar. XX asrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tus olgan davr bо‘ldi. XX asr sо‘ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan о‘zgardi. Islom Karimov ta’kidlaganidek, “XX asr oxirida dunyoda jо‘g‘rofiy-siyosiy ahamiyati va kо‘lami jihatidan noyob о‘zgarishlar rо‘y bermoqda. Bu о‘zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur о‘ylab kо‘rishni, balki kо‘p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. Sovuq urush davrida xalqaro munosabatlarga asos bо‘lgan kо‘p qoidalar, tamoyillar va g‘oyalarni tubdan qayta kо‘rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog‘liq tizim bо‘lib bormoqda, unda о‘zi - о‘zidan qanoatlanishga va mahdudlikka о‘rin yо‘q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan о‘zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qо‘ymoqda”.7 Insoniyat – XXI asrga qadam qо‘ydi. Mantiqan insoniyat о‘tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bо‘lishiga yо‘l qо‘ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchiligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bо‘lib о‘tdi. Xavf-xatarlarga jiddiy razm soladigan bо‘lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni qaram qilish siyosati yangi asrda yо‘qolmaganini, balki о‘zining shakl-u shamoyilini о‘zgartirganini tushunib yetamiz. Darhaqiqat, “Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni о‘z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan о‘z manfaati yо‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar”.8 Islom Karimov tomonidan e’tirof etilganidek, “О‘zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish, kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli niqoblar ostida bizga qarshi tazyiq va zо‘ravonlik о‘tkazish siyosatini mutlaqo qabul qilmaymiz”.9 Taassuf bilan tan olish kerak, diniy aqidaparastlik va terrorizm, “demokratiyani olg‘a siljitish”ga urinishlar, axborot xurujlari, g‘arbona turmush tarzini tiqishtirish, ma’naviy qashshoqlashtirish harakatlari, buyuk davlatchilik tafakkuri va imperiyacha fikrlash xurujlari davlatimiz suverenitetiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Dunyoga hukmronlik qilishning eng oson va qisqa yо‘llarini izlayotgan kuchlar tinchlikni oliy ne’mat deb biladigan, saxiy zamini tabiiy boyliklarga tо‘la, xalqi soddadil va mehnatkash О‘zbekistonni о‘z ta’sir doirasiga olishga intilayotganligini payqamaslik mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash О‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan. Davlatlar suverenitetini, yoshlarimiz kelajagini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni tahdid manbai sifatida e’tirof etmaslik insoniyat boshiga yana kо‘plab kulfatlar solishi muqarrar. Shu bois, bugungi kunda suverenitetimizga, yoshlarimiz kelajagiga tahdid solayotgan bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g‘oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga aylanadi. Hozirgi voqelikda milliy istiqlol g‘oyasi va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek, zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish; mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinatsiya, mafkuraviy infiltratsiya, dezoriyentatsiya, mafkuraviy qо‘poruvchilik harakatlarini qо‘llash orqali xalqimizda О‘zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg‘otishga, davlat siyosatini obrо‘sizlantirishga, odamlarning о‘zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar. Bu harakatlar mohiyati haqida Islom Karimov “Insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bо‘lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki, buzg‘unchi kuch, hatto, fanatizm (о‘ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini kо‘rsatuvchi misollar kо‘p. Aynan fanatizm illatiga yо‘liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik tо‘lqinini keltirib chiqarishga qodir bо‘ladilar”10 - deya alohida ta’kidlab o’tgan. Shuningdek, О‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi о‘rnini hisobga olib, ular diniy oqimlar О‘zbekistonda rivojlantirilsa, buning ta’siri tezda Markaziy Osiyoga yoyilishiga umid qiladilar. Chunki diniy allomalari ayni Movarounnahrdan chiqqanligi bu о‘lka xalqi milliy xarakteri, ma’naviyatining shakllanishiga sezilarli hissasini qо‘shganligini biladilar. Shu asosda ular diniy niqob ostida yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirib, ularga davlatimizning demokratik siyosati tamoyillarini qoralab, davlat va xalq о‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga umid qiladilar. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirish, yengish va о‘zlarining soxta g‘oyalarini singdirishni birinchi vazifa qilib oldilar. Yoshlarni g‘oyaviy ta’sir kо‘rsatish yо‘li bilan о‘z saflariga tortish masalasi vahhobiylar harakatida hamma vaqt ham asosiy о‘rin olib keldi. Ularning qarashlariga kо‘ra, yoshlarning bir marta о‘qigan namozi keksalarning yetmish marta о‘qigan namozidan foydaliroqdir. Islom esa о‘z mohiyati jihatidan ijtimoiy hayotning ma’naviy asosi bо‘lganligi sababli, yoshlar turli ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar va da’vatlarning, fan va texnika taraqqiyotining ta’siriga berilishi mumkin emas. XXI asrda ham g‘oyaviy tortishuvlar tо‘xtamayapti. Shu bois xalqimizning ertangi mafkuraviy birligini ta’minlash g‘oyaviy tarbiyaning izchil, doimiy asosga qо‘yilishini taqozo etdi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki: 1.Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni yengishi uchun о‘zida ogohlik, mafkuraviy xavfsizlik, tо‘kislik, jangovarlik, safarbarlik, umummilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bо‘lishi kerak. 2. Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar eng avvalo yoshlarning ayrim qismining g‘oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. 3. Qarshi targ‘ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri – uning tezkorligida bо‘lib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy о‘quv yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bо‘lgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga olish kо‘zda tutiladi. 4. Shaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bо‘layotgan voqealarni mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni mustahkamlaydi. Mafkuraviy tahdidlarni bartaraf qilish muammosi Islom Karimovning konsepsiyasiga kо‘ra, ma’naviy tahdidlarni fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya va jaholatga qarshi ma’rifat bilan bartaraf qilish mumkin. Bular muhim qarash bо‘lib, hozirgi ma’naviy mafkuraviy faoliyatimizda metodologiya vazifasini о‘tamoqda. Xо‘sh, fikrga qarshi fikr bilan qanday kurash olib bormoq kerak, degan savol tug‘iladi. Avvalo, har bir kishida mustaqil fikrlash imkon qadar kengroq dunyoqarashni shakllantirish kerak. Buning uchun uning bilim va ma’lumot darajasini oshirish muhim ahamiyatga ega. “Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz fazandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bо‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida ma’fkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki, yoshlarimiz milliy о‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bо‘lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning “da’vati” ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham, ularga о‘z ta’sirini о‘tkaza olmaydi”.11 Insonda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur, bu birinchidan. Mafkuraviy immunitet shaxs ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga hizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimidir. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun о‘ziga xos xususiyatga ega. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin. “Avesto”da: “Bilim – kо‘zning chirog‘i” deb uqtirilgan. Buning ma’nosi shuki, faqat bilim vositasida inson mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bо‘lishi mumkin. Shu ma’noda mustaqil fikrga va dunyoqarashga ega odam bir yoqlama g‘arazli va zararli fikrlarni farqlay oladi. Bu “Fikrga qarshi faqat fikr” tamoyilining mazmunidir. I.Karimov ta’kidlaganidek, “har bir inson hayotida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bо‘lgan ana shunday fikrlarni unib-о‘sib kelayotgan yoshlarning ongiga singdirish ularni hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlash bizning ota-ona, ustoz-murabbiy, rahbar-rahnamo sifatida, shu muqaddas yurt fuqarosi sifatidagi muqaddas burchimizdir”.12 Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui bо‘lib, butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi. Mafkuraviy profilaktika g‘oyaviy bо‘shliqni bartaraf etish biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning xilma-xil usuli va yо‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qо‘llaniladi. Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug‘laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatgan, eski zamonlardan qolib ketayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq sо‘z yuritishimiz zarur. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida ma’naviy yо‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asosiy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Mamlakatda insonparvar, demokratik jamiyat qurilayotgan hozirgi sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatiga siyosiy ekstremizm, diniy fundamentalizm, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urg‘u-aymoqchilik, ekologik muammolar, “ommaviy madaniyat” tajovuzi va hokazolar mafkuraviy tahdid shaklida namoyon bо‘layotir. Ayniqsa о‘rta asr xalifaligini qayta о‘rnatish g‘oyasi hamda xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm markazlari orqali moddiy g‘oyaviy ta’minlanayotgan aqidaparastlar mafkurasi bugun mintaqamizdagi tinchlik va barqarorlik uchun katta xavf bо‘lib turibdi. О‘ziga xos ma’naviy tahdidlardan yana biri «ommaviy madaniyat» hodisasi hisoblanadi. «Ommaviy madaniyat» – bir guruh shaxslar tomonidan о‘ylab topilgan va ongli ravishda targ‘ib qilinadigan, biror millat madaniyatiga daxli bо‘lmagan g‘oyalar, odamlar va udumlar yig‘indisidan iboratdir. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida haqiqat va xolislikdan yiroq bо‘lgan, faqat g‘arazli siyosiy manfaatlarni kо‘zlaydigan bunday qarashlar hech kimga naf keltirmasligi va hech kimning obrо‘siga obrо‘ qо‘shmasligini ta’kidlab о‘tar ekan, bu haqda shunday degan edi: “Kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan sо‘ng jamiyatda paydo bо‘lgan g‘oyaviy bо‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bо‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini о‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Yot g‘oyaga qarshi biz о‘z olijanob g‘oyamizda maktablarimizda, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida, oliy о‘quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha qatlamlarida bizga mutlaqo begona bо‘lgan zararli intilishlarga, xuruj va harakatlarga qarshi chiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri odamlar erkin fikrlarini aytishga о‘rganishlari kerak. Biror shaxs insonda ezgulikka nisbatan yovuzlikning ustuvor bо‘lishini isbotlab bergan emas. Aksincha, insonning beg‘ubor bolalik davri uning ongida ezgulik tuyg‘usini shakllantiradi. Shu ma’noda inson ongi yovuz va johil g‘oyalardan himoya qilinishi kerak. Himoya tizimida bu ish milliy g‘oya asosida inson ongida ezgulik, adolat, haqiqat va mas’uliyat g‘oyalarini shakllantirish bilan uni yovuzlik, jaholat, nodonlik va befarqlik kabi illatlardan himoya qilish mumkin. Milliy g‘oyaga ega inson yovuz g‘oyalarni farqlay oladi, bu “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya” tamoyilining mazmunidir. Zero, milliy mafkuramizning maqsad va vazifalari quyidagilar bilan belgilangan: 1. Odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish. 2. Shu g‘oya atrofida uyushtirish. 3. G‘oyani amalga oshirish uchun safarbar etish. 4. Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantirish. 5. G‘oyaviy tarbiyalash. 6. G‘oyaviy immunitetni shakllantirish. 7. Harakat dasturlari bilan bog‘liq. G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashga intilish hissi inson qalbida e’tiqod, odam qalbidagi dunyoqarash о‘z-о‘zini himoya qila olish qobiliyatidan dalolat beradi. Bunday kurash usuli, ayniqsa bugungi kunda, insoniyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asrda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki eng kuchli qirg‘in qurollari ishlab chiqilgach, sayyoramizni bir necha marta yо‘q qilib yuborishga qodir bо‘lgan yadroviy bombalar zaxirasi tо‘planib qolgan paytda zо‘ravonlik va jaholatga yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Shu boisdan ham mafkuraviy immunitetni shakllantirish hususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha olish kо‘nikmalaridir. Ma’rifat vositasida kurashish deb, biron bir xavfning mohiyatini chuqur anglab, unga qarshi bilim bilan ongli ravishda kurashishga aytiladi. Islom Karimov ma’naviy tahdidlarni asosli fikr, g‘oya va ma’rifat bilan bartaraf etish masalasini ilgari surgan. Bu muhim va ahamiyatli konsepsiyadir. Chunki fikr, g‘oya va ma’rifat har qanday shaxsni, jamiyatni himoya qila oladi. Shu sababli ma’naviy qadriyatlar masalasiga alohida diqqat qaratadi. Unga kо‘ra, ma’naviy qadriyatlarga tayanib milliy о‘zlikni saqlab qolish mumkin. Negaki, biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qoidalarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, о‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Ma’naviyat nafaqat xalqimizning kо‘pmingyillik tarixi, ijtimoiy taraqqiyotning barcha jabhalariga bevosita ta’sir kо‘rsatgan, ayni chog‘da xalqimiz mentaliteti ham ma’naviy qadriyatlar asosida shakllangan va Sharq sivilizatsiyasi bevosita ma’naviyat, ilm-fan, axloq, ruhiy poklik asosida yuzaga kelgan. Xuddi shu jihatdan ham Sharq insoniyat taraqqiyotiga, jahon sivilizatsiyasiga о‘ziga xos madaniyat va ma’rifat olib kirgan. Ma’naviyat о‘z navbatida jamiyatning ham umumiy manzarasiga, ham har bir shaxs intellektual-ruhiy qiyofasiga mutanosib ta’sir kо‘rsatadi. Fuqarolarning ma’naviy-ma’rifiy darajasi esa, о‘z navbatida, jamiyatning umumiy holatini о‘zgartiradi. Yangilangan axloqiy yetuklik va ijtimoiy ong jamiyat taraqqiyotini belgilaydi va yalpi taraqqiyotning yangidan-yangi imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Albatta bunday omildan barqarorlikni ta’minlashda о‘rinli foydalanish talab etiladi. Bu esa о‘z navbatida ta’lim-tarbiya tizimi oldiga qator vazifalarni qо‘yadi: Birinchidan, о‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik, daxldorlik, vijdon uyg‘oqligi, fidoyilik, el-yurtga sodiqlik, davlat siyosatiga xayrixohlik kabi fazilatlarni tarbiyalashga alohida e’tiborni kuchaytirish zarur. Ikkinchidan, о‘quvchi – yoshlarda ozod shaxs va erkin fuqaroning asosiy jihatlarini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ular atrofda bо‘layotgan turli voqealarga, g‘oyaviy ta’sirlarga nisbatan о‘z mustaqil fikrini bildira olishlari lozim. Ular mafkuraviy xurujlarning ta’siriga, sirtmog‘iga tushub qolmasliklarini ta’minlash davr talabidir. Uchinchidan, ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi о‘rni beqiyos. Chunki odamning kundalik hayotiy faoliyatining moddiy va ma’naviy asoslari bir-biriga uyg‘unlashib borishiga erishish talab etiladi. Bozor munosabatlariga о‘tish davrida jamiyat a’zolarining о‘z salohiyati va iste’dodini rо‘yobga chiqarish uchun ularga birinchi galda teng imkoniyat va erkinlik muhiti, ham qonuniy, ham amaliy shart-sharoitlar yaratib berildi. Tо‘rtinchidan, istiqlol tufayli о‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari: ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan uyg‘un rivojlanib borishini ta’minlashga keng e’tibor qaratish lozim. 1.3. Mafkuraviy taxdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish omillari. Ma’naviy qashshoqlashuv axborot xurujiga va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi tura oladigan ma’naviy immunitetni zaiflashuviga olib keladi. Har qanday g‘oyaviy - mafkuraviy taxdidga qarshi turadigan ma’naviy immunitetni shakllanishi axloqiy tarbiyani kuchayishiga bog‘liq. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda qonunga rioya qilish, hamda, tartib intizomni о‘rnatish muhim rol о‘ynaydi. Qonunga rioya qilish, adolatni qaror toptirish yoshlarda daxldorlik xissi bо‘lishini talab qiladi. Agar yoshlarda loqaydlik kayfiyati kuchli bо‘lsa, qonunga rioya qilishni ta’minlash murakkablashadi. Ma’naviyati yuksak yoshlarning irodasi kuchli bо‘lib, u adolatsizlikka befarq qarab tо‘ra olmaydi. U jamiyatda dahldorlik hissi bilan yashaydi. Shuning uchun jamiyat taraqqiyotiga tо‘siq bо‘ladigan adolatsizlikni bartaraf qilish yoshlardagi befarqlik kayfiyatini yо‘qotish bilan bog’liqdir. Yoshlar о‘zlaridagi befarqlikdan xalos bо‘lib, daxldorlik hissi bilan yashashlari uchun ma’naviyat yuksalishi lozim. Chunki, ma’naviyat yoshlar irodasini mustahkamlaydi, iroda esa kuchli ma’naviy immunitetni shakllantiradi. Ma’naviy tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri — yoshlardagi befarqlik kayfiyatini yо‘qotishdan iborat. Buning uchun befarqliknig sabablarini topish lozim bо‘ladi. Xо‘sh befarqlikning sababi nimada? Befarqlikning sababi nodonlik, egoizm va kolonial davr xisoblanadi. Kolonial davr bu asosan sovetlardan keyingi makondagi davlatlarga taalluqli. Chunki, o’sha zamonlarda jamiyatda biror bir muammo paydo bo’lsa, u muammoni markaz xal qilishi kerak bо‘lgan. Befarqlikning sabablaridan yana biri – egoizm, ya’ni, о‘z manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qо‘yishdir. Agar, yoshlar о‘zida egoizmni jilovlay olsa, befarqlikdan xalos bо‘lib daxldorlik hissi bilan yashaydi. Boshqacha qilib aytganda, u о‘z manfatini jamiyat manfatiga xizmat qildira oladi. Faqat о‘z manfaatini о‘ylab yashaydigan, egoizmi kuchli bо‘lgan yoshlarimiz adolat bilan razolat o’rtasidagi kurashda befarq bo’lib yashaydi. Chunki, u razolat tazyiqiga uchrab, tinchligi buzilishidan qо‘rqadi. Befarqlikning sabablaridan yana biri nodonlik ekanligini tushunish uchun oldin nodonlik nima ekanligini anglab olish lozim. Nodonlik bu bilmaslik. Nimani bilmaslik? Befarqlik oqibatida razolat g‘alaba qozonishini, kimningdir huquqlari poymol qilinishini va xuddi shunday holat ertaga о‘zi bilan takrorlanishi mumkinligini bilmaslik. Agar inson befarqlik oqibatida kimningdir huquqlari poymol qilinishini va ertaga shunday holat о‘zi bilan takrorlanishini bilsa, u xech qachon befarq bo’lmaydi. Muammoning murakkabligi shundaki, inson oliy ma’lumotli, hatto fan doktori, professor bо‘lishi bilan birga, ayni bir paytda nodon bo’lishi ham mumkin. Nodon bo’lmaslik uchun axloqiy tarbiya negizida ma’naviyat yuksalgan bo’lishi lozim. Axloqqa rioya qilishni ta’minlovchi kuch – bu, avvalo, jamoatchilik fikridir. Ammo axloq faqat jamoatchilik fikri bilan mavjud emas. Yoshlarning tabiiy tuyg‘ulari va tarbiya jarayonida shakllangan burch hissi muayyan axloqiy xatti-harakatga olib keladi. Axloqiy me’yorlar yoki tamoyillar yoshlar ongida buyruq shaklida paydo bо‘ladi va yoshlarni ezgu ishlar qilishga undaydi, yovuzlikdan, razolatdan asraydi. Bunday buyruqlar “Tuhmat qilma, yolg‘on sо‘zlama, o’zgalar takdiriga befarq bо‘lma, boshiga kulfat tushgan odamga yordam ber, zaif, nochor odamlarni qо‘llab-kuvvatla” va shu kabilar bо‘lishi mumkin. Ammo ushbu buyruqlar qandaydir tashqi ta’sirdan emas, balki, insonning e’tiqodidan, ichki sabablar asosida kelib chiqishi lozim. Masalan, “Tuhmat qilma” degan buyruqda bir odam boshqa odamga tuhmat qilmasligiga ijtimoiy zarurat borligini anglab yetishi kerak. Agar yoshlar о‘rtasida tuhmat, yolg’on gapirish kо‘paya borsa, bunday jamiyat boshqarib bо‘lmaydigan son-sanoqsiz ziddiyatlardan iborat bо‘lib qoladi va muqarrar halok bо‘ladi. Shu о‘rinda Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning quyidagi hadislarini eslash lozim. Hadisda shunday deyiladi: “Shariatga qarshi borish, ota - onaga itoat qilmaslik va yolg’on gapirish, tuhmat qilish gunohi azimdir”.13 Demak, axloqiy tamoyillar yoshlar ongida buyruq shaklida paydo bо‘lib, о‘sha buyruqni bajarish uchun ijtimoiy zarurat borligini anglatadi. Ammo, biz bu zaruratni burch sifatida idrok etib, shu ishdan kо‘zlangan maqsadni qabul qilamiz va ma’qullaymiz, unga yetish uchun harakat qilishga tayyorligimizni bildiramiz. Axloqiy me’yorlar yoshlarning xatti-harakatini, faqat, obyektiv qoidalar bilangina emas, balki burch, vijdon talablari bilan ham tartibga solib turadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, axloqiy xatti-harakat insoniy jamiyat taraqqiy etib borishi bilan boyib boradi va shuning uchun axloq har doim ham rasm bо‘lgan qoidalarga bо‘ysunavermaydi. Burch tuyg‘usidan kelib chiquvchi tashabbuskorlik, yangilikka intilishlik yoki qahramonona xatti-harakat yangi fikrni, ya’ni axloqiy mezonni vujudga keltirishi mumkin. Masalan, Milliy istiqlol g‘oyasining inson qalbiga singdirilishi unda yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi maqsadida xizmat qiladigan mas’uliyatni shakllantirishi mumkin. Bu mas’uliyat fuqarolarda, ayniqsa, yoshlarda о‘tmish ajdodlari va kelajak avlod oldida javobgarlikni, burchni his qilish tuyg‘usini hosil qiladi. Bunday burch esa yoshlarni jamiyat manfaati yо‘lida ma’lum bir axloqiy me’yorlarni fidokorona xatti-harakatlarga undaydigan ma’naviy immunitetni mustahkamlaydi. Demokratik davlatdan fuqarolik jamiyatiga о‘tish jarayonida tarbiya jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Chunki, jamiyatni tartibga soluvchi ijtimoiy regulyator bо‘lgan axloq о‘z-о‘zidan shakllanmaydi. Biz doimo boy ma’naviy merosimizni, urf-odat, an’analarimizni zamon talablaridan kelib chiqib boyitib borishimiz lozim. Ana shunda biz fuqarolik jamiyati sharoitida yashay oladigan, yetuk fuqarolik munosabati shakllangan va yuksak ma’naviyatga ega bо‘lgan kishilarga ega bо‘lamiz. Bu esa ozod, obod va farovon jamiyat qurishning muhim omilidir. Zamonamiz mohiyati bо‘lgan fuqarolik jamiyatining shakllanishida va xalqimiz hayotini farovon qilishda yuksak ma’naviyat asosiy me’zon hisoblanadi. Yuksak ma’naviyatning shakllanishida esa axloqiy tarbiya asosiy omildir. I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asaridagi g‘oyalarning mazmun-mohiyatini odamlar ongiga va qalbiga singdirish bosh maqsadimiz bо‘lgan farovon jamiyatni qurishga xizmat qiladigan yuksak ma’naviyatni shakllantiruvchi manba bо‘lib xizmat qilishiga ishonamiz. Chunki, asarda ma’naviyatning ma’no-mazmuni, hayotimizdagi о‘rni va ahamiyati tо‘liq yoritib berilgan. Buni ma’naviyatga berilgan tugal ta’rifdan ham kо‘rsak bо‘ladi: “Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon - e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.14Ushbu ta’rifdagi ruxan poklanish va qalban ulg’ayish g‘oyalari buyuk Ibn Sinoning ulug‘ Tangri inson yuragida ikkita bо‘shliq yaratdi, shundan chap bо‘shlig’ini ruhga о‘rin qilib yaratdi degan sо‘zlari bilan uyg‘unlashib ketganligi uni naqadar tugal va mukammalligini kо‘rsatib turibdi. Jamiyatda ma’naviy immunitetni mustahkamlaydigan axloqiy tarbiyani rolini yanada oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: -Jamiyatni ilm va ma’naviyat boshqargan taqdirdagina tartib, taraqqiyot va farovonlikni ta’minlash mumkin. Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotini asosiy sharti bo’lgan ijtimoiy tartibni о‘rnatishda va har qanday tashqi tahdidga qarshi tura oladigan ma’naviy-immunitetni shakllanishida muxim axamiyatga ega. - Jamiyatda ma’naviyatni qadr topishi hokimiyat tizimida ma’naviyatni yuksalishiga bog‘liq. Hokimiyatni ma’naviy yuksalishi esa saylov jarayonida nomzod kо‘rsatishga ma’naviy salohiyat asosiy mezonlardan biri bо‘lishiga bog‘liq. Chunki ma’naviyatni qadrlash uchun о‘sha odamning о‘zida ma’naviyat yuksak bо‘lishi lozim. - Jamiyatda ma’naviy yuksalish Sh.M.Mirziyoyev asarlaridagi g‘oyalarni odamlar ongi va qalbiga singdirilishiga bog‘liq. Bu borada davlat va fuqarolik jamiyati о‘rtasida ijtimoiy xamkorlik alohida axamiyatga ega. О‘tmishga sadoqat, hozirgi kunga qadr va kelajakka umid bilan qarash yoshlarimiz ma’naviy immuniteti yengilmas kuchga aylanishining muhim omilidir. Bugungi kunda I. Karimov ta’biri bilan aytganda “Mafkura poligonlari yadro poligolaridan ham kо‘proq kuchga ega”. Shu bois mafkuraviy tazyiq masalasi tobora dolzarblashib bormoqda. Ma’lumki, sovuq urush tugagandan sо‘ng sobiq sovet mafkurasi barham topdi va о‘rnida g‘oyaviy bо‘shliq shakllanish havfi paydo bо‘ldi. Bu esa ma’naviy sohadagi ishlarni jonlantirishni talab etadi. Bugungi kunda jamiyatimiz hayotida mafkuraviy omillarning sezilarli ta’siri mavjudligini bir qarashdayoq sezish mumkin. Dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha xududlaridagi odamlarning о‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni о‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir. Biror-bir hudud yoki mamlakatda paydo bо‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzot ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning mafaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda. Bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tomoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g‘oyalari ustuvordir. Bu tamoyillarga asoslangan ezgu g‘oyalar umuminsoniy manfaatlar orzusi bо‘lgan yorug‘ kelajak uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga ming afsuski, hozirgi vaqtda dunyoning mafkuraviy manzarasida turli vositalar orqali о‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan tajovuzkor millatchilik, shovinizm, neofashizm, irqchilik, diniy ekstremizm kabi siyosiy, kuchlar va oqimlar ham bor. Bunday g‘ayriinsoniy g‘oyalar xalqlar boshiga sо‘ngsiz kulfatlar keltirib, insoniyatning tinchligi, osoyishtaligini buzib, odamlar ongiga turli balolar yog‘dirmoqda. Afg‘onistonda 25 yildan ortiq davom etayotgan birodarkushlik urushi, Bolqon mintaqasida mustahkam tinchlik о‘rnatishga haligacha erishilmagani ana shunday bugungi g‘oyalarning ta’siri oqibatidir. XX asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib bordiki, bu jarayondan о‘zini tо‘la ajratib olgan birorta davlat yо‘q deb tо‘la ishonch bilan aytish mumkin. Xattoki xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bо‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman degan mamlakatlar uning ta’siriga kо‘proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g‘ayriixtiyoriy ta’sir esa kо‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Globallashuvning turli mamlakatlarga о‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shunday jarayonlarning har bir mamlakatga о‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini о‘rganish lozim. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur о‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodiyoti va madaniyati, ma’naviyatini “tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qо‘yish” bilan barovar bо‘ladi. Bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadidir. Shuning uchun ham Yer yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g‘oyalari sinash maydoniga, mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “...bugungi zamonda mafkuraviy poligonlar yadro poligonlaridan ham kо‘proq kuchga ega”.15 Ana shunday sharoitda xalqning barcha qatlamlariga berilayotgan bilimlar obyektiv, voqelikni tо‘liq va tо‘g‘ri aks ettirishi, jamiyat taraqqiyotiga, Vatan va xalq manfaatlariga, qadriyatlarni saqlashga xizmat qilishi lozim. Bu boradagi bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bо‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik ustuvor bо‘ladi. Ularni egallagan odam mafkuraviy tajovuzlarga munosib zarba beradi. Bunga erishish jarayoni nihoyatda serqirra bо‘lib, u о‘z mohiyatiga kо‘ra, yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish va ularning yо‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar, g‘oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini о‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari kuchliroq bо‘lib borayotgan davrdir. Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit’alariga bо‘linishi geografiya darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonnning siyosiy xaritasiga qarab va mavjud davlatlarning chegaralarini xisobga olgan holda ham yer yuzining hududiy bо‘linishini ham bemalol tasavvur qila olamiz. Insoniyat XXI asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. Shu bilan birga, axborot oqimining tezlashuvi davridamiz. Bunga shak-shubxa yо‘q. Ammo tarixda mavjud chegaralarni о‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun sonsanoqsiz urushlar bо‘lgani ma’lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib yorganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan kо‘proq bir davlat ichida, ikki davlat о‘rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bо‘lishi mumkin edi. Tо‘g‘ri, aytaylik, Aleksandr Makedonskiy, Chingizxonning ulkan davlat barpo etish uchun yoki о‘rta asrlardan boshlab Yevropalik istilochilarning boshqa qit’alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari kо‘lami jihatidan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno hodisalar sifatida baholanmog‘i kerakka о‘xshaydi. XX asrda rо‘y bergan ikkita jahon urushida о‘nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada о‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi о‘z maqsadlari yо‘lida о‘zgartirmoqchi bо‘layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Ta’lim-tarbiya tizimida bunday tahdidlarga qarshi kurashda quyidagi vazifalarni asosiy e’tiborni qaratish zarur: Birinchidan, taraqqiyotga nisbatan xavf-xatarlardan biri buyuk davlatchilik shovinizmidir. Muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan sodir etilayotgan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik, millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish hissi ba’zilarni tark etmayapdi. Uning zararli oqibatlarini, kо‘zlangan maqsad-manfaatlarni, uni amalga oshirish usul va vositalarini keng tahlil etib borish zarur. Ikkinchidan, milliy suverenitetdan voz kechish hisobiga yagona davlat tuzishni kо‘zlayotgan, xalifalikni tiklashga, uning tо‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar xamon uchraydi. Bu hol aynan millat sifatida о‘zligimizni anglashga yо‘l qо‘ymasligini yashiradilar. Bu g‘oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e’tiqod qilishimizga alohida urg‘u beradilar. О‘zbekiston dunyoviy kо‘p konfessiyali, kо‘p millatli davlat. Undagi taraqqiyot ijtimoiy hamkorlik, milliy totuvlikka bog‘liq ekanini ta’kidlash zarur. Uchinchidan, mafkuraviy profilaktika bilan bog‘liq ma’rifiy chora-tadbirlar tizimini yanada kuchaytirish talab etiladi. Tо‘tinchidan, mafkuraviy immunitetni yuksaltirish, uni tashkil etuvchi elementlarni yanada qaror toptirish bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samarasini oshirish ustida tinimsiz ishlash talab etiladi. Millatlar va milliy manfaatlar, milliy ehtiyojlar mavjud ekan, ularni nazar-pisand qilmaslikka aslo yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Bir millatning manfaatlari boshqa millat va elatlarning manfaatlaridan ajratilmagan holda о‘rganilishi lozim. Milliy va umumilliy manfaatlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun ularni bir-biridan ajratib yoki bir-biriga qarama-qarshi qо‘yib bо‘lmaydi. Umumilliy manfaatlar milliy manfaatlarga qaraganda ustuvor turadi. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda milliy manfaat xalqaro munosabatlarda ikki ma’noda ishlatiladi: 1. Ma’lum bir davlat siyosatining maqsad va vazifalarini aniqlab beruvchi tadqiqot quroli sifatida. 2. U yoki bu davlat siyosatini oqlash uchun ishlatiladigan keng ma’nodagi siyosiy tafakkur tо‘g‘risidagi tushuncha sifatida. Har ikkala ma’noda ham milliy manfaat davlat siyosatining tashqi muhit bilan о‘zaro munosabati vositasi deb qaraladi. U faqat suveren davlatga xos va asosan tashqi siyosatga taalluqli: ichki rang-baranglik asosan davlat manfaati (jamiyat manfaati) deb hisoblanadi. Jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, islohotlarning samaradorligi va umuman mamlakatning ichki taraqqiyoti davlatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liqdir. Bu о‘rinda shuni ta’kidlab о‘tish muhimki, О‘zbekiston jahon xamjamiyatining mustaqil subyekti sifatida о‘zining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini respublika rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan mustaqillik g‘oyalariga asoslangan milliy g‘oya ruhida olib boradi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda О‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat faoliyati sohasidagi milliy istiqlol g‘oyasi asoslarini о‘quvchilarga quyidagicha talqin etish lozim: Birinchidan, tashqi siyosatni teng huquqlilik va о‘zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida tashkil etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; Ikkinchidan, biron-bir davlatning ta’sir doirasiga tushib qolishga yо‘l qо‘ymaslik, jahondagi barcha mamlakatlar bilan о‘zaro munosabatlarni mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar о‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilash; Uchinchidan, ikki tomonlama va kо‘p tomonlama shartnomalar asosida о‘zaro foydali aloqalarni о‘rnatish; Tо‘rtinchidan, mamlakatning jahon xо‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimotida keng ishtirok etishi uchun ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etish. Siyosiy masalalarini mustaqil hal qilish tajribasi amalda bо‘lmagan bir sharoitda О‘zbekiston birinchi Prezidenti mamlakat yetakchisi sifatida respublika tashqi siyosiy faoliyatini rivojlantirishning milliy-g‘oyaviy negizlarini belgilab berdi. Bu negizlar I.A.Karimovning “О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li” kitobida о‘z aksini topdi va milliy ma’naviy davlat konsepsiyasi darajasiga kо‘tarildi. I.A.Karimov zimmasiga yо‘q narsani yaratish mas’uliyati yuklangan edi. Aynan milliy g‘oya yoshlarni milliy g‘ururli, or-nomusli, halol-pok, iymonli, e’tiqodli, sadoqatli, vatanparvar etishga chorlaydi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “...xalqimizning asriy an’analari, urf-odatlari, tili va ruhiga asoslangan holda milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mushtaraklikda kelajakka ishonch, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, insonparvarlik, vijdonlilik, mardlik va chidamlilik adolat, bilimga va ma’rifatga intilish tuyg‘usini odamlar qalbi va ongiga yetkazish uchun xizmat qilmog‘i darkor. U davlat fuqarolarining buyuk maqsad yо‘lidagi ruhiy yaqinlashuviga hamkorlik etmog‘i lozim”.16 Shu ma’noda, u jamiyatning о‘z milliy g‘oyalari atrofida mustahkam jipslashuvi, fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligi asosida hayotda mafkuraviy jarayonlarning muvofiqlashuvidan manfaatdor. Bosh islohotchi sifatida davlat ijtimoiy siyosiy barqarorlik, milliy xavfsizlik, kelajak hayot manfaatlaridan kelib chiqib, jamiyatda milliy istiqlol g‘oyalarini keng yoyish borasida faoliyat olib boradi. Buni xorij tajribasida ham yaqqol kо‘rish mumkinligiga о‘quvchilar e’tiborini qaratish zarur. Bu mamlakatlarda yuzaki qaragandagina, g‘oyaga, mafkuraga u qadar katta e’tibor berilmaydigandek tuyuladi, xolos. Masalan, AQShni olaylik. Bu yerda har bir inson ongiga “Sen amerikaliksan, ozodsan”, “sening ozodligingga daxl qilishga xech kimning xaqi yо‘q”, degan g‘oya bolaligidan singdiriladi. Natijada bu mamlakat fuqarosi, dunyoning qayerida bо‘lmasin, “Men amerikalikman” deb g‘ururlanadi va atrofdagilarni ham shu fikrga bо‘ysundiradi. Yoki, Angliya va ingliz tili amal qiladigan davlatlardagi maktablarda “men” sо‘zini bosh harf bilan, “siz” sо‘zini esa, aksincha, kichik harf bilan yozishga о‘rgatiladi. Shuning uchun Ismoil Gaspirali “Ovrupa bir keksa choldir, tajribasi kо‘pdir. Ulug‘ yoshiga hurmatimiz bor. Tajribasidan о‘rganamiz. Lekin xatolarini takrorlamaymiz... Ovrupada nimani kо‘rsak, yosh boladek olib yugurmaymiz. Esli-xushli insonlardek “Bu nimadir? Oqibati nima bо‘ladi? Vijdon va xaqqoniyatga uyg‘unmi?” deya aql tarozisiga tortib olamiz”,17 – deb ta’kidlagan edi. Bu da’vat bugungi murakkab bir sharoitda о‘z dolzarbligini yо‘qotgani yо‘q. Chunki ota-bobolarimiz о‘gitlarida о‘zlikni anglash, dunyoviylikka intilish, bosiqlik va bag‘rikenglik bizga meros qolgan. Bular esa о‘z navbatida ajdodlarimiz orzu qilgan mustaqillik, mamlakatda tinchlik-totuvlikni ta’minlashning asosiy omillaridir. Dunyoni termoyadro xavfidan qutqarish, xalqlar va davlatlar о‘rtasida mо‘tadil iqlimni vujudga keltirish, diniy ekstremizm, fanatizm, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish, narkotik moddalarning tarqalishiga chek qо‘yish singari global muammolarni, mintaqaviy mojarolarni bartaraf etishda yuksak siyosiy madaniyatga erishish XXI asrning dolzarb masalalaridandir. Marxum birinchi Prezident I.A.Karimovning BMT 48-sessiyasida ushbu global muammolar yechimi yuzasidan bildirgan quyidagi mulohazalari e’tiborga molikdir: “Dunyo mojarolarini hal etishda sharqona munosabatlar ilmini egallash zarur”. Xalqaro munosabatlar esa asrlar davomida shakllangan va Prezidentimiz tomonidan asoslangan milliy istiqlol g‘oyasining umumbashariy tamoyillarida о‘z aksini topgan. Ular quyidagilar: - insonparvarlik tamoyili; - milliy maxdudlik, agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bо‘lish; - adolat, tinchlik, tenglik, bunyodkorlik va demokratiya g‘oyalarini о‘zida ifoda ettirish; - jahon xalqlari yaratgan sivilizatsiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga yetkazishda ma’naviy-ruhiy omil bо‘lish; - insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish va unga qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish; Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi – xilma-xil diniy e’tiqodga ega bо‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, oliyjanob g‘oya va niyatlar yо‘lida hamkor va hamjihat bо‘lib yashashini anglatadi. Diniy bag‘rikenglikning rivojlanishi va mustahkamlanishi barcha insonlarni e’tiqodidan qat’iy nazar milliy istiqlol g‘oyasining maqsadlarini amalga oshirish yо‘lida birlashtiradi. U nafaqat insonlarning ongidan, balki qalbidan о‘rin olishiga yordam beradi. Bu g‘oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun dunyo xalqlarining hamkorligini nazarda tutadi. Hamkorlik esa halollik va poklik, mehr-shafqat, yaxshilik, tinchlik va dо‘stlik kabi insoniy fazilatlarga tayanadi. Shuning uchun I.A.Karimovning “Insonning insoniyligini uyg‘otmoqchiman” degan fikrlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yoshlar diqqatini quyidagi fikrlarga qaratish zarur: 1. Jahon hamjamiyatida faol ishtirok etish va О‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan kо‘p tomonlama siyosat yuritish davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashning muhim shartligi; 2. Globallashuv sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosatining asosida davlatlar mustaqilligi, respublikalardagi barcha xalqlarning manfaatlari, uning farovonligi va xavfsizligi yotishiga; 3. Jahonni, xususan, Markaziy Osiyoni mafkuraviy bо‘lib olishga urinishlarning asosida muayyan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy geosiyosiy manfaatlar yotishiga Xalqlarni ma’naviy-mafkuraviy tobe etishga bо‘lgan harakat – hozirgi davrning asosiy xususiyati ekanligiga; 4. Hozirgi globallashuv davrining xususiyatlari mafkuraviy jarayonlarning umuminsoniy, gumanistik bunyodkorlik yо‘nalishini kuchaytirish uchun mintaqadagi har bir davlatdan nafaqat о‘z ichki imkoniyatlaridan, balki tashqi omillardan ham oqilona foydalanishni taqozo etadi. Shu bilan birgalikda muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasida” belgilangan: Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar yoshlarni mafkuraviy tazyiqlardan asrash, ularda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishda dastur-ul amal bo’lib xizmat qiladi. Demak, bu sohada:

    • O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;

    • axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish;

    • fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;

    • davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;

    • atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;

    • favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.

    • davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish;

    • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish;

    • O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

    • davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish kerak bo’ladi.

    Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.

    Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.

    Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.

    2017 — 2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.

    “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

    Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir «Yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish, O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilmoqda.

    Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion so‘m va 8,3 milliard AQSh dollari yo‘naltiriladi.

    “Harakatlar strategiyasi” doirasida birgina “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi bo'yicha joriy yilda 50 ta qonun qabul qilish belgilangan bo'lib, shundan yarim yil ichida 16 tasi qabul qilindi. Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohasini rivojlantirishga qaratilgan 700 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.Bir so'z bilan aytganda, “Harakatlar strategiyasi” – yaqin besh yilga mo'ljallangan qonun ijodkorligi faoliyatimizning ham istiqbol dasturidir.

    Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga chuqur singdirish, yosh avlodning mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlariga keng jalb qilinishini ta`minlash bugungi kundagi asosiy vazifalardan biridir. Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga ishonch bildirish, jamiyat va davlatning eng ustuvor vazifalaridan biridir.

    Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qiladigan yana bir tashkilot “Mahalla” institutidir. Mahalla instituti yurtimiz va xalqimizga xos milliy qadriyatlar va ma’naviyat sarchashmasidir. Oʻzaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, toʻy-tomosha, hashar va ma’rakalarni koʻpchilik bilan bahamjihat oʻtkazish kabi yumushlar azaldan mahalla hayotida oʻz aksini topgan.

    Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada mahallalarda olib borilayotgan amaliy ishlar aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Mahallalarda sport maydonchalari barpo etilmoqda, mavjudlari ta’mirdan chiqarilib, zarur jihozlar bilan ta’minlanmoqda.

    Darhaqiqat, mahallalardagi ijtimoiy muhit barqarorligiga erishish, yoshlarni turli yot gʻoya va mafkuralar ta’siridan asrash hamda yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida muntazam ravishda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazilmoqda. Bu ishlarga mas’ul boʻlgan diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy Tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilar uchun oʻquv-seminarlar tashkil etilib, ularning malakasi oshirilmoqda. 

    Fuqarolik jamiyatiga xos qadriyatlardan biri fuqarolar istak va manfaatlarini demokratik institutlar vositasida davlat vazifasi darajasiga koʻtarish amaliyotiga erishishdir. Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining institutlaridan biri sifatida Mazkur maqsadga erishishda muhim oʻrin tutadi. 

    Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yoshlar qatlami ishtirokini ta’minlashda va ularning manfaatlarini himoyalashda ham siyosiy partiyalarning ta’siri kuchayib bormoqda. Yoshlarning ijtimoiy - iqtisodiy manfaatlarini davlat organlari va turli nodavlat notijorat tashkilotlar vositasida himoyalash, mavjud muammolarini hal etish mumkin, lekin siyosiy partiyalarning ishtirokisiz yoshlarning siyosiy manfaatlarini himoyalash qiyin. 

    Partiyalarning yoshlar qatlamiga munosabatida umumiy jihatlar boʻlgani holda, dasturlarida ularning oʻz siyosiy platformalariga xos maqsad va vazifalar ham belgilanganligini qayd etish lozim. 

    Misol uchun, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) yoshlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik koʻnikmalarini shakllantirishni, yosh tadbirkor va fermerlarga shart-sharoit yaratib berishni asosiy vazifalaridan deb biladi. Bu vazifa partiyaning mulkdorlar qatlamiga tayanishidan kelib chiqqani tabiiy holdir. 

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Dasturida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida Tarbiyalash, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Dasturida yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Dasturida esa ijtimoiy adolat, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash vazifalariga e’tibor qaratiladi. Mazkur vazifalar qoʻyilishidan ham partiyalarning oʻziga xos siyosiy platformalari, Dasturiy maqsad va yoʻnalishlari mavjudligini bilish mumkin. Siyosiy partiyalar ayni vaqtda yoshlarga oid oʻz siyosatini “Yoshlar qanoti”, “Yoshlar kengashi” kabi tuzilmalar, klublar vositasida amalga oshirib kelmoqda. “Yoshlar qanoti” atamasi ilk bor Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (OʻzFMDP) tomonidan 1998-yilda ilgari surilgan. Tashkil etilgan kezlari OʻzFMDP oʻzini “yoshlar partiyasi” deb e’lon qilganligini ham aytib oʻtish lozim. 

    Ma’lumotlarga tayanadigan boʻlsak, mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar safida yoshlar salmogi yildan-yilga ortib borayotgani yaqqol koʻrinadi. Taqqoslash uchun bir misol: yoshlar 2004-yilda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolarining 25 foizini, 2006 yilda 40 foizini tashkil etgan boʻlsa, 2013-yil holatiga koʻra bu koʻrsatkich 48, foizga yetdi. Yoki 2004-yilda OʻzLiDeP a’zolari orasida 10 ming nafar yosh a’zo boʻlgan boʻlsa, hozirda mazkur partiyaga 80 ming nafar yigit-qiz a’zodir. 

    Hozirda Oʻzbekiston siyosiy partiyalari umumiy a’zolarining kesimida yoshlar oʻrtacha 40 foizni tashkil etmoqda. Jumladan, 2013-yil holatiga koʻra, OʻzXDP tarkibida 118 500 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tarkibida 32 ming, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tarkibida esa 82 ming nafar yosh a’zolar bor. 

    Siyosiy partiyalar yoshlar tuzilmalari oʻrtasida ham sogʻlom raqobat, oʻzaro gʻoyaviy kurash muhiti shakllanib bormoqda. Ularning yoshlarga oid yoʻnalishlari reallashib, yoshlarga oid siyosatining maqsad-vazifalari ham amaliy harakter kasb etib bormoqda. Bu, ayniqsa, OʻzLiDeP va OʻzXDP yoshlar tuzilmalari faoliyatida yaqqolroq koʻrinadi. 

    Ijtimoiy-siyosiy institutlar oʻz faoliyati doirasida yoshlarga oid juda koʻp hayrli ishlarni amalga oshirayotganiga bugun barchamiz guvohmiz. Ular yoshlarni nafaqat ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini balki, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ham qoʻllab kelmoqda. Ularning ma’naviyatini shakllantirishga ulkan hissa qoʻshib kelmoqda.

    “Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning oʻz salohiyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga koʻmaklashmoqda”.

    Darhaqiqat, jamiyat fuqarolarining ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda, nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati katta. Har bir nodavlat notijorat tashkilotlar yoki ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyati kelajak avlod kamolotiga ta’sir etuvchi muhim omillaridan biri boʻlib hisoblanadi. Jamiyatning ma’naviy salohiyati va davlat taraqqiyoti va farovonligiga oʻz hissasini qoʻshayotgan bu tashkilot va institutlarning kun sayin ortib borayotgani quvonarli hol, albatta. Lekin, shunga qaramay yoshlar ma’naviyatiga oid yuzaga kelayotgan muammolar ham yoʻq emas. Bu narsaga koʻz yumib ham boʻlmaydi. Chunki, birgina e’tiborsizlik, keyinchalik koʻpchilllikka tarqalishi va oxir-oqibat salbiy holatlarga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun, ijtimoiy-siyosiy institutlardan yanada ogohlik talab etiladi

    Eng muhim siyosiy voqea so‘zsiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi bo‘ldi. Davlatimiz rahbarining amaliy takliflarga boy nutqi jahon siyosatchilari, ekspertlari, jumladan, ilm-fan ahli tomonidan yuqori baholanmoqda. Prezidentimiz, avvalo, BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish zarurligi haqida taklif bildirdi. Yoshlar kelajagimiz ekani, ularning taqdiriga befarq, e’tiborsiz qarash yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan dunyo jamoatchiligini ogohlantirdi. Ma’ruzada ilgari surilgan takliflar tom ma’noda BMT faoliyatida yangi sahifani ochib beradi.

    Xususan, globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan xalqaro huquqiy hujjat — BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ishlab chiqish, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etildi. Mazkur takliflar jahon yoshlarining ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash kabi ezgu maqsadlarni nazarda tutadi.

    Yurtimizda yoshlar masalasi mustaqilligimizning ilk yillaridanoq ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni fikrimizning dalilidir. Davlatimiz rahbari tomonidan 2016 yil 14 sentyabrda imzolangan yangi tahrirdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida“gi qonun yoshlarga zamonaviy ta’lim olish, uy-joy xarid qilish va qurish, oila qurish uchun imtiyozli kreditlar olishda katta imkoniyatlar, tizimli ijtimoiy kafolatlarni taqdim etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 22 yoshli Alisher Sa’dullaevning Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari va 25 yoshli Olim To‘ychievning Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlangani internet sahifalarida va keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda.

    Nemis sotsiologi Karl Manngeym (1893—1947) yoshlarni oldingi saflarga chiqarilishi kerak bo‘lgan o‘ziga xos zaxira ekanligini ta’kidlagan bo‘lsa, xalqimiz ming yillar davomida yoshlarni “bizning kelajagimiz” deb qarab kelgan. Chunki rivojlanish bosqichida bo‘lgan jamiyat muqarrar yoshlarga tayanadi. Yoshlar ijtimoiy hayotning hayotbaxsh kuchidir. Bir qator mamlakatlarda yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotga juda erta aralasha boshlaydi. Diyorimizdan ham yoshlik chog‘laridanoq dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lgan shaxslar ko‘plab yetishib chiqqan. Shu o‘rinda Zahiriddin Muhammad Boburning taqdir taqozosi bilan 12 yoshida taxtga chiqqanligini eslab o‘tish darkor. Buyuk bobomiz Amir Temur 36 yoshda markazlashgan davlat tuzgan. Sharof Rashidov 26 yoshida viloyat gazetasining, 30 yoshida esa respublika bosh gazetasining bosh muharriri bo‘lgan, 32 yoshida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqargan. U Oliy Kengash hay’ati raisi vazifasiga saylanganda 33 yoshda edi. 42 yoshida esa O‘zbekistonga rahbarlik qila boshlagan.

    Jahon tarixida eng yosh prezident 19 yoshida hokimiyatga kelgan Gaiti prezidenti Jan Klod Dyuvale tan olinadi, u 1971 yilning 31 yanvarida prezidentlikni otasidan meros sifatida qabul qilib olgan. Viktor Orban 1998 yilda Vengriya bosh vaziri lavozimini egallaganda 35 yoshda edi. Teodor Ruzvelt 42 yoshida, Jon Kennedi esa 43 yoshida AQSh prezidenti bo‘lishgan. Devid Kemeron Buyuk Britaniya tarixidagi eng yosh bosh vazir hisoblanadi. U 2010 yil may oyida 43 yoshida bosh vazir bo‘ldi.

    Ma’lumki, yoshlar jamiyatda o‘z maqomi bilan ajralib turadi. “Yoshlar ahvoli” to‘g‘risidagi Jahon hisobotiga ko‘ra sayyoramiz aholisining 20 foizini 14 dan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Yer yuzidagi barcha yoshlarning 85 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda istiqomat qiladi. Insoniyatning butun tarixi bilan qiyoslaganda, hozirgi yosh avlod ancha savodli deya tan olinishiga qaramay, bugungi kunda 113 millionga yaqin bola maktabga bormaydi. Umumiy hisobda zamonaviy dunyoda 130 million bolaning mutlaqo savodsiz ekani aytiladi. Dunyoda muammolar juda ham ko‘p. Ular orasida yoshlar muammosi alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish asosiy masalalardan biriga aylanib qoldi. Ular o‘z oldilaridagi muammolarni o‘zlari hal qilishga majbur bo‘lmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 15 dan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hamon ishsizlik va qashshoqlik bilan to‘qnash kelmoqda. Yoshlar bilan bog‘liq muammolar bir necha o‘n yillardan beri to‘planib qolgani bois, mazkur muammolarni hal qilishning imkoniyati bo‘lmayapti.

    Hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzod asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetmoqda. Mana shunday va boshqa ko‘plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani — ayni haqiqat. Qurolli to‘qnashuv va beqarorliklar tufayli 4,5 million bola Suriya, Afg‘oniston, Somali, Sudan va Janubiy Sudanni tark etgan. Nizolar davom etayotgan mintaqalarda qolib ketgan bolalarning hayoti xavf ostida ekani aytiladi.

    Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish va yangi yuksak sifat bosqichiga ko‘tarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati negizida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etildi.

    Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi — O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti 1996-yilda tashkil etilgan Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati negizida, 2017-yili tashkil topgan

    Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    — barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qatʼiy eʼtiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;

    — yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;

    — yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;

    — isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;

    — yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;

    — yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar taʼsiridan, chetdan „ommaviy madaniyat“ niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy taʼsir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.

    Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar Ustavda belgilangan tartibga asosan aʼzo bo‘lish mumkin. Yaʼni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning aʼzosi bo‘lishi mumkin.



    Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda taʼsis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar ham Ittifoqqa aʼzo bo‘lishi mumkin.



    Download 375 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 375 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

    Download 375 Kb.