O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti




Download 375 Kb.
bet8/12
Sana23.07.2021
Hajmi375 Kb.
#15934
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
To’rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan. Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.18 Mana shunday maqsadli va ma’suliyatli vazifalarni davlatimiz hozirgi kunda barkamol avlodni voyaga etkazishda bosqichma-boqich amalga oshirib kelmoqda. O‘z navbatida xalq ma’naviyatini, yoshlarning ijtimoiy faolligini yuksaltirishda yoshlarning qalbi va ongini milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida tarbiyalash, ularni zamonaviy bilim va hunarlarni egallagan, har tomonlama aqlli, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi. Xususan, I.A.Karimov ma’naviy tarbiya haqida shunday yozadilar: “Bizning eng muhim, dolzarb vazifalarimizdan biri bu – o‘sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Nega deganda, yoshlar xalq ma’naviyatining munosib egalaridir. Shuning uchun har bir o‘g‘il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab ma’naviy boyliklarimizdan bahramand bo‘lishi kerak”. Mamlakatimizda yosh avlodning yuksak ma’naviy mezonlar asosida o‘sib-ulg‘ayishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunda yurtimiz hayotining qaysi sohasini olmang – sog‘liqni saqlash yoki ta’lim deysizmi, iqtisodiyot yoki kichik biznes sohasi deysizmi, rahbarlik, madaniyat va sport jabhalari deysizmi – ularning barchasida yoshlarning huquq va manfaatlari alohida e’tiborga olinayotganini ko‘ramiz. Hech qachon ma’naviyatsiz etuk insonni tarbiyalab bo‘lmaydi. Chunki, odamzot uchun hayot yo‘llarida har qadamda zarur bo‘ladigan ajdodlar yodi, milliy g‘urur va iftixor, jonajon Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, istiqlolga sadoqat, farzandlik hissi, insoniy fazilatlar aynan ma’naviyat orqali uning ongu tafakkuriga singib boradi, hayotining ma’no-mazmuniga aylanadi. Ma’lumki, yoshlikda inson qiziquvchan va intiluvchan bo‘ladi. Uning ana shu intilishlarini ma’naviy komillik sari yo‘naltirish nafaqat ana shu yigit-qizlarning, balki butun jamiyatning yorug‘ kelajagini ta’minlashda hal qiluvchi va dolzarb masaladir. Zero, ma’naviyat azal-azaldan insonni komillikka etaklaydigan beqiyos ne’mat bo‘lib kelgan. Shu ma’noda, hozirgi kunda ham ma’naviyat – najotkor kuch, ma’naviyat – ilohiy yog‘du desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, hayotga katta orzu-umidlar bilan qadam qo‘yayotgan, unga faqat pok va beg‘ubor nigoh bilan qarab, oldinga intilayotgan yoshlarga nisbatan olganda, bu haqiqat yanada teranroq ma’no-mazmun kasb etadi. Xulosa. Yosh avlodda vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xar tomonlama yetuk barkamol qilib voyaga etkazish uchun oila, mahalla, ta’lim muassasalari va turli ijtimoiy institutlarning birgalikdagi faoliyatini ta’minlash oliy maqsadimiz hisoblangan huquqiy, demokratik davlat qurish uchun asos bo‘ladi. Jahonda kechayotgan qizg‘in globallashuv jarayoni natijasida bunyodkorlik va vayronkorlik, ezgulik bilan yovuzlik о‘rtasida chegaralarning, bir sо‘z bilan aytganda, hayotga, tiriklikka xos xilma-xillik tobora kamayib borayotganini yuqoridagi sa’y-harakatlarni birgalikda hamjihatlikda va chuqur hamkorlik munosabatlari orqali tinch yо‘l bilan hal etishni taqozo etmoqda. Bu yо‘lda birodarkushlik, kо‘ra olmaslik va dushmanlik munosabatlarini namoyon bо‘lishi esa, kо‘zlangan ezgu maqsadlarga erishishda tо‘siq bо‘lishi shubhasizdir. Jahon hamjamiyati taraqqiyotining zamonaviy kо‘rinishlari bu bevosita Markaziy Osiyoga mafkuraviy tahdid globallashuv hodisasi bilan bog‘liq bо‘lgan yangi va ayni paytda murakkab muammolarni qamrab oladi. Uchinchi ming yillik ostonasida dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlari keskin tus olgan, insoniyat hayotining universallashish, о‘zaro aloqadorligi va daxldorligi tobora kuchayib borayotgan davr sifatida tub о‘zgarishlar bilan о‘tmishga aylanmoqda. Shu bilan davlatlararo, mintaqalararo manfaatlar ustuvorligi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va hatto zamonaviy texnologiyalarga asoslangan harbiy salohiyat о‘zini tobora kо‘proq namoyon etmoqda. Globallashuv davrida mafkuraviy tahdidlarning amalda namoyon bо‘lishi bugungi madaniy dunyoda kuchli davlatlar о‘zidan zaifroq mamlakatlarga ta’sir о‘tkazish, ularning boyliklariga egalik qilish uchun demokratiya g‘oyalari va tamoyillaridan qurol sifatida foydalanishga urinayotganligi mazkur jarayonning mantiqiy voqeligidir. Ular insoniyat tarixida ming yillar davomida shakllangan oliy qadriyat - demokratiyadan niqob sifatida foydalanishga harakat qilmoqda. Jahon siyosiy jarayonini kuzatar ekanmiz, kо‘pgina hollarda demokratiya g‘oyasi obrо‘sizlantirilmoqda. Ba’zi qudratli davlatlarning demokratiyadan qurol sifatida foydalanishga zо‘r berayotganining boisi shundaki, hozirgi global axborotlashuv asrida о‘z geopolitik maqsadlari yо‘lida biron-bir davlat hududiga harbiy kuch bilan bostirib kirishdan kо‘ra g‘oyaviy tajovuz usulini qо‘llash ming karra qulayroqdir. Prezident I.A.Karimov mazkur tahdilarga qarshi kurashni xalqlarning ma’naviy-madaniy kamoloti va tahdidga bardosh berish qobiliyatida kо‘radi. U jamiki insoniy fazilatlarni takomillashtirish uchun zarur sharoit yaratish vazifasini qо‘yib, inson tafakkurini rivojlanishi orqali taraqqiyotning tadrijiy yо‘l bilan amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlaydi. Bu aslida davlat tashqi siyosatining nechog‘lik insonparvarligini kо‘rsatadi. Insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, ularni asrab-avaylash bilan birga zamon talablariga mos ravishda takomillashtirib borish-taraqqiyot mezoni, milliy ravnaq asosi. Globallashuv sharoitida Markaziy Osiyoga qaratilgan turli mafkuraviy xurujlardan himoya himoya qilishda, har bir davlat va har bir halqning turli tahdidlarga bardosh bera olish xususiyatlarini namoyon bо‘lishi bugungi kunning muhim ahamiyatga ega bо‘lgan masalalaridan biridir. Zeroki, davlatimiz raxbari Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do’stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir”.19 Bugungi kunda xalqlar hayotiga salbiy ta’sir kо‘rsatib kelayotgan nomaqbul kо‘rinishlarni va odatlarni о‘z vaqtida anglash, ularni bartaraf etish yoki ular keltiradigan noxush holatlarning oldini olish bugunning zarurati hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishida biz ushbu masalalar yuzasidan fikr yuritar ekanmiz quyidagi xulosalarga keldik: 1. Dunyo davlatlari munosabatlar tizimida manfaatlar ustuvorligi va qarama-qarshiligi ma’naviy tahdid kо‘rinishida tobora kо‘proq namoyon bо‘lib bormoqda. Ularning asl-mohiyatini, maqsadlarini yoshlarga tushuntirib borishni zamon taqozo etadi. 2. Dunyo mamlakatlari siyosatining asosida davlatlar mustaqilligi, respublikalardagi barcha xalqlarning manfaatlari, uning farovonligi va xavfsizligi yotadi. Havfsizlik uchun kurashish uzluksiz davom etishi ta’lim oldidagi yangi vazifalarni belgilab olishni talab etadi. 3. Bugungi kunda qurol-yarog‘ kuchi bilan zо‘ravonlik qilish emas, xalqlarni, mamlakatalarni, dunyoni zabt etish uchun juda katta mafkuraviy qudratga, g‘oyaviy asosga ega bо‘lish kerakligini hayotiy misollarda tushuntirib borish zarur. Shuningdek, jamiyatimizning azaliy orzu-maqsadi huquqiy, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish uchun barchamiz, asosan yoshlarimiz birdek mas’ulligimizni hisobga olgan holda, ijtimoiy faol, sergak, tashabbuskor, bilimli bo’lishimiz nihoyatda muhimdir.

Download 375 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 375 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Download 375 Kb.