kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta koʻpaytirib va
tarqatib, hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul
harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va
buzilishlarga sabab boʻladi va biror xodisa yuz berishi bilan,
masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin.
Viruslarning turlari va vazifalari. Viruslarni quyidagi asosiy
alomatlari boʻyicha turkumlash mumkin:
‒
yashash makoni;
‒ operatsion tizim;
‒ ishlash algoritmi xususiyati;
‒ bajaridigan ishi.
Kompyuter viruslarini yashash makoni,
boshqacha aytganda
viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi obyektlarining xili boʻyicha
turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi.
Fayl viruslar turli usullar bilan bajariluvchi fayllarga kiritiladi
(eng koʻp tarqalgan viruslar xili), yoki fayl yoʻldoshlar yaratadi
yoki faylli sistemalarni (link-viruslar)
tashkil etish xususiyatidan
foydalanadi.
Yuklama viruslar oʻzini diskning yuklama sektoriga (boot –
sektoriga) yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot
Record) boʻlgan sektorga yozadi. Yuklama viruslar tizim
yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini bajaradi.
Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning
makrodasturlarini
va fayllarini, xususan MicroSoft Word,
MicroSoft Excel va h. kabi ommaviy muharrirlarning fayl-
hujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
Tarmoq viruslari oʻzini tarqatishda
kompyuter tarmoqlari va
elektron pochta protokollari va buyruqlaridan foydalanadi. Ba’zida
tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq
viruslari Internet-qurtlarga (Internet boʻyicha tarqaladi), IRC-
qurtlarga (chatlar, Internet Relay Chat) boʻlinadi.
Kompyuter viruslarining vazifalari, odatda, toʻrt bosqichni oʻz
ichiga oladi:
virusni xotiraga yuklash;
qurbonni qidirish;
topilgan qurbonni zaharlash;
275
destruktiv funksiyalarni bajarish.