• Axborot hujumlari va undan saqlanish qoidalari.
  • Elektron raqamli imzo.
  • Viruslarga qarshi kurashish usullari




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

    Viruslarga qarshi kurashish usullari. Hozirgi kunda 
    kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun 
    maxsus dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan boʻlib bu 
    dasturlar kompyuter viruslarini aniqlash va yoʻqotishga imkon 
    beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar yoki antiviruslar 
    deb 
    yuritiladi. 
    Antivirus 
    dasturlariga 
    Kaspesky, 
    Drweb, 
    EsetNod32, Avast, Avira va boshqa dasturlarini kiritish mumkin. 
    Umuman barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlar va 
    yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi. 
    Drweb 
    Avast 
    Kaspesky 
    Avira 
    EsetNod32 
    8.12-rasm. Antivirus dasturlari 
    Viruslarga qarshi kurashishning asosan quyidagi usullari 
    mavjud: 
    1. Muntazam profilaktika ishlarini, ya’ni virusga tekshiruv 
    ishlarini olib borish. 
    2. Taniqli virusni zararsizlantirish. 
    3. Taniqli boʻlmagan virusni zararsizlantirish. 
    Axborot hujumlari va undan saqlanish qoidalari. Xujum 
    tushunchasi – buzgʻunchining biror bir maqsad yoʻlida axborot 
    kommunikatsiya tizimlarining mavjud himoyalash tizimlarini 
    buzishga qaratilgan harakati. Axborot hujumlari odatda 3 ga 
    boʻlinadi: 
    1. Obyekt haqida ma’lumotlar yigʻish (razvedkalash) hujumi. 
    2. Obyektdan foydalanishga ruxsat olish hujumi. 
    3. Xizmat koʻrsatishdan voz kechish hujumi. 
    Axborot hujumlaridan saqlanishda birinchi navbatda axborot 
    kommunikatsiya tizimi obyektlariga qilinayotgan hujumlarni topib 
    olishda qoʻllaniladigan mexanizm va vositalarni qoʻllash kerak. 
    Bularga tarmoqlararo ekran (Firewall) va hujumlarni aniqlash 
    (IDS) vositalarini misol tariqasida keltirish mumkin. 
    276


    Elektron raqamli imzo. Elektron hujjat Oʻzbekiston 
    Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi 2004-yil 
    29-apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi. 
    Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan 
    tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish (tanib 
    olish) 
    imkoniyatini 
    beradigan 
    boshqa 
    rekvizitlariga 
    (ma’lumotlarga) ega boʻlgan axborot elektron hujjatdir. 
    Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari 
    xizmatlaridan, hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan 
    holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
    Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda 
    tezkor amalga oshiradi. Imzo – hujjatning haqiqiyligini va 
    yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan 
    insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi, 
    hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi. 
    Muhr – hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga 
    tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar oʻzining alohida 
    shakliga ega boʻlib, asosan hujjatlarning va undagi imzolarning 
    aslligini tasdiqlaydi. 
    Elektron raqamli imzo Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron 
    raqamli imzo toʻgʻrisida”gi 2003-yil 11-dekabrdagi 562-II son 
    Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi. 
    Elektron raqamli imzo – elektron hujjatdagi mazkur elektron 
    hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan 
    foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan 
    hamda, elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron 
    hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli 
    imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini 
    beradigan imzo; 
    Elektron raqamli imzo – xabar yoki hujjat yaxlitligini va 
    muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qoʻllaniladigan va shaxs 
    imzosini toʻlaligicha oʻrnini bosa oladigan hujjatga tegishli 
    isbotdir.

    Download 10,08 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish