Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari




Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/143
Sana20.12.2023
Hajmi10,08 Mb.
#125484
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143
Bog'liq
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

 
Tayanch soʻzlar: masofaviy ta’lim, ta’lim tizimlari, masofaviy 
oʻqitish, keys-texnologiyalar, elektron ta’lim, ochiq kodli dasturlar, 
moodle tizimi, LMS tizimlari, masofaviy oʻqitishning pedagogik 
texnologiyalari 
 
9.1. Masofaviy ta’limda axborot texnologiyalari 
Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar 
davomida oʻzgarmay kelgan holatlarni oʻzgartirib yubordi. Bu 
odatdagi xat yozishmalari elektron pochta bilan, kutubxonalar esa 
web-saytlar bilan almashinishida namoyon boʻldi. 
Endilikda esa ta’lim tizimida ta’lim olishning an’anaviy 
shakllari oʻrniga masofaviy ta’lim elementlari kirib keldi. Oʻquv 
jarayoniga gap kelganda tinglovchilar va oʻqituvchi koʻz oldimizga 
keladi. Bu oʻqituvchi va tinglovchini bir joyda boʻlishini bildiradi. 
Bundan boshqa koʻrinishdagi oʻquv jarayoni shubxa uygʻotardi. 
Kompyuterlarning evolyutsiyasi oʻquv jarayoni tubdan oʻzgartirdi. 
Elektron oʻqitishning asosi kompyuter hisoblanadi va bunda 
instrumentlardan foydalanib ixtiyoriy joyda va ixtiyoriy vaqtda 
oʻqish imkonini yaratdi. Hozirgi kunda elektron oʻqitishning 
asosini Internet tashkil qilsa, oldinlari komyuterlarni oʻzi yetarli 
hisoblanardi, ya’ni CD-ROM va boshqa qurilmalar. 
Texnologiyalar jadal ravishlarda rivojlanib bormoqdaki, 
geografik joylashuv toʻsqinlik qilmayapti, ya’ni sizni oʻquv 
xonasida oʻtirganday xis qilish imkonini yaratmoqda. Masofaviy 
ta’lim har xil koʻrinishdagi formatlarni va har xil video, slaydlar, 
matn va PDF materiallardan foydalanish imkonini bermoqda
66
.
Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish 
jarayoni tez sur’atlar bilan oʻsib borayotgan hozirgi davrda ta’lim 
sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta’limda 
foydalanishga mamlakatimizda ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston 
Respublikasida “Elektron ta’lim” milliy tizimini yaratish 
66
Epignosis LLC. E-Learning concepts, trends, applications. USA 2014. P 5-6. 
281


investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 
2012-yil 16-apreldagi PQ–1740-son qarori ta’lim sohasida 
axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, zamonaviy 
axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon 
axborot resurslaridan bahramand boʻlishni kengaytirishga zamin 
yaratadi. Ta’lim tizimiga elektron ta’limni joriy etish birinchi 
navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim 
sohasining axborotlashuviga, axborot ta’lim resurslarini ishlab 
chiqishga bogʻliq. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirish, shu jumladan elektron 
ta’limni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Elektron 
ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yoʻllari 
izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish 
ta’lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan oʻrin olgan. 
Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasining asosli 
mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, oʻqishni, 
mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy ta’lim tizimi 
texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va oʻzlashtirish, yangi 
pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida elektron 
ta’limdan foydalangan holda talabalar oʻqishini jadallashtirish ana 
shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Oʻquv jarayonini elektron 
ta’lim asosida tashkil etish, shu jumladan, oʻquv materiallarini 
bayon 
etishni 
takomillashtirish 
tamoyillariga 
ma’lum 
oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻladi.
Insoniyat yigirmanchi asr nihoyasida bir turkum muammolarga 
duch keldiki, ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi 
jiddiy oʻzgarishlar, xususan axborot texnologiyalarining jadal 
sur’atlar bilan rivojlanishiga bogʻliq. Ta’lim, ishlab chiqarish va 
kishilik 
jamiyatining 
turli 
jabhalariga 
yangi 
axborot 
kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Internet global 
kompyuter tarmogʻini rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini 
takomillashtirishning yangi yoʻnalishlarini ochilishiga sabab boʻldi. 
Birinchidan, oʻquv muassasalarining texnik ta’minotini keskin 
oʻzgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yoʻl ochilishi 
oʻqitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini 
keltirib chiqardi.
282


Hozirgi kunda masofaviy ta’lim tizimlarining bir qancha turlari 
(Learning Management Systems, Content Management Systems) 
va usullari mavjud, ya’ni kurslar yaratish imkonini beradi. Toʻgʻri 
tanlangan tizimlar yordamida oʻqitish jarayonini avtomatlashtirish 
va tinglovchilarni tekshirish jarayonini hosil qilish mumkin. 
Masofaviy ta’lim ish koʻp boʻlgan insonlarga ham oʻz hayot 
tarzlarini oʻzgartirmay oʻqish imkonini yaratadi
67

Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari 
vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy oʻqitish 
usullariga qoʻshimcha ravishda yangi oʻqitish shakli – masofaviy 
oʻqitish yaratilishiga omil boʻldi.
Masofaviy ta’limda talaba va oʻqituvchi fazoviy bir-biridan 
ajralgan holda oʻzaro maxsus yaratilgan oʻquv kurslari, nazorat 
shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari 
yordamida doimiy muloqotda boʻladilar. Internet texnologiyasini 
qoʻllashga asoslangan masofaviy oʻqitish jahon axborot ta’lim 
tarmogʻiga kirish imkonini beradi, integratsiya va oʻzaro aloqa 
tamoyiliga ega boʻlgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni 
bajaradi.
Masofaviy oʻqitish barcha ta’lim olish istagi boʻlganlarga oʻz 
malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday oʻqitish 
jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil oʻquv-uslubiy 
materiallarni oʻzlashtiradi, nazoratdan oʻtadi, oʻqituvchining 
bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi 
boshqa “vertikal oʻquv guruhi” talabalari bilan muloqotda boʻladi.
Ma’lum sabablarga koʻra, ta’lim muassasalarining kunduzgi 
boʻlimlarida tahsil olish imkoniyati boʻlmagan, masalan, sogʻligi 
taqoza etmaydigan, mutaxassisligini oʻzgartirish niyati boʻlgan 
yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati boʻlgan kishilar uchun 
masofaviy oʻqitish qulay oʻqitish shakli hisoblanadi.
Masofaviy oʻqitishda turli xil axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad 
va masala mohiyatiga bogʻliq. Masalan, an’anaviy bosma usuliga 
asoslangan oʻqitish vositalari (oʻquv qoʻllanma, darsliklar) 
talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv 
67
Epignosis LLC. E-Learning concepts, trends, applications. USA 2014. (p.5-6) 
283


audio va video konferensiyalar ma’lum vaqt orasida oʻzaro 
muloqotda boʻlishga, elektron pochta toʻgʻri va teskari aloqa 
oʻrnatishga, ya’ni xabarlarni joʻnatish va qabul qilishga 
moʻljallangan. Oldindan saqlangan video ma’ruzalar talabalarga 
ma’ruzalarni tinglash va koʻrish imkonini bersa, faksimal aloqa, 
xabarlar, 
topshiriqlarni 
tarmoq orqali tezkor 
almashinish 
talabalarga oʻzaro teskari aloqa orqali oʻqitish imkonini beradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-
qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib 
oʻtamiz.

Download 10,08 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143




Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari

Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish