• Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
  • Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

    Fraktal grafika – matematik tenglamalar asosida yaratilib, 
    oʻzidan oldingi obyektning xossalari tuzilmasini meros sifatida 
    oladi. Fraktallar butun tasvirlar sinflarini aks ettirish imkonini 
    beradi.
    Shunday qilib, rastrli, vektorli yoki fraktal formatni tanlash 
    tasvir bilan ishlashning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan 
    holda amalga oshiriladi. Rasmlarni qayta ishlashda rastli 
    grafikadan keng foydalaniladi. Logotip, sxemalar va chizmalarni 
    tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. 
    Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn 
    ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar 
    jamlanmasi sifatida uzatiladi. Qaytalaniladigan tasvirlarni (barglar, 
    qor parchalari) chizishda fractal grafikadan keng foydalaniladi. 
    Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. Hozirgi 
    kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib 
    bormagan sohani topish qiyin. 
    Кompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini qoʻllanish 
    sohasiga koʻra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
     poligrafiya ishlari uchun moʻljallangan kompyuter grafikasi 
    dasturlari; 
     ikki oʻlchamli rang tasvir kompyuter grafikasi; 
     taqdimot ishlari uchun moʻljallangan dasturlar; 
     ikki oʻlchamli animatsiya dasturlari; 
     uch oʻlchamli animatsiya dasturlari; 
    165


     ikki oʻlchamli va uch oʻlchamli animatsiya dasturlari; 
     videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar; 
     ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar. 
    Kompyuter grafikasi dasturlari rassom va dizaynerlar, 
    poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter oʻyinlari va oʻqitish 
    dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek oʻz 
    faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha 
    mutaxassislarda ham katta qiziqish uygʻotadi. 

    Download 10,08 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari

    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish