Vektorli grafika – bu turdagi grafikada
tasvirlar matematik
egri chiziqlarni rangi va boʻyalish rangini koʻrsatish orqali hosil
qiladi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yoʻg‘i ikki formula –
toʻg‘ri toʻrtburchak
va ellipsning ranglari, oʻlchamlari va
joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak,
bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan koʻra
kamroq joy egallaydi.
Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini
yoʻqotmagan
holda
kattalashtirish
yoki
kichiklashtirish
imkoniyatidir. Obyektlarni masshtablash matematik formulalardagi
mos koeffisientlarni kattalashtirish yoki
kichiklashtirish orqali
amalga oshiriladi.