Kompyuter grafikasida rang tushunchasi va rang




Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/143
Sana20.12.2023
Hajmi10,08 Mb.
#125484
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143
Bog'liq
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

Kompyuter grafikasida rang tushunchasi va rang 
modellari. Kompyuter grafikasida rang juda muhim – kuzatuv 
taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish rolini 
oʻynaydi. Biz koʻrayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yorugʻlik 
koʻz qorachig‘i orqali koʻzimizga oʻtadi va koʻz ichidagi asab 
hujayralarini qoʻzgʻatadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya 
bilan bog‘langanligi tufayli koʻz yorugʻligi miyaga oʻtadi va 
ongimizda buyumni koʻrish tuyg‘usi paydo boʻladi. Biz buyumni 
koʻramiz. Atrof muhitni bunday koʻrish qobiliyati koʻrish deb, 
koʻrish a’zosi esa koʻz deb ataladi. 
Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda koʻp 
ma’lumot olamiz. Bu ma’lumotlarning 90% ni koʻrish orqali qabul 
qilamiz. Yorugʻlik oqimi bu ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi. 
Bizning koʻzimiz miya bilan organizmning asab sistemasi 
orqali bog‘langan. Agar koʻzning tuzilishini fotoapparat, kinoga 
olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy 
apparatlarining tuzilishi bilan taqqoslasak ular orasida oʻxshashlik 
borliqini sezishimiz mumkin. 
Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin boʻlmagan 
ranglar asosiy ranglar deyiladi. Qizil, yasxil va koʻk ranglar–asosiy 
ranglar hisoblanadi. 
RGB modelining nomi Red – qizil, Green – yashil va Blue – 
koʻk birlamchi ranglarning bosh harflaridan olingan boʻlib, ushbu 
ranglarning 
turli 
proporsiyalarda 
aralashtirish 
natijasida 
koʻrinuvchi spektrning turli xil boshqa ranglarini olish mumkin. 
Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy, pushti va 
sariq ranglar hosil boʻladi. RGB modelining tashkil etuvchilari 0 
dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. R=255, G=255, 
B=255 boʻlganda oq rang, R=0, G=0, B=0 boʻlganda esa qora rang 
hosil qilishimiz mumkin. 
168


CMYK modeli boʻyoqlarning nurni yutish qobiliyatiga 
asoslangan. Oq rangning nur oʻtuvchi boʻyoqdan oʻtishida 
spektrning bir qismi yutiladi. Yutilmagan nur qaytadi va odam 
koʻziga tushadi. Ranglar moviy, pushti va sariq ranglar 
aralashmasidan paydo boʻladi. Ularning toʻliq aralashmasidan qora 
rang hosil boʻladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha 
qiymat qabul qilishlari mumkin. 
6.1-rasm Rang modellari 
HSB modeli. Model nomi unga asos boʻlgan uch 
komponentning bosh harflaridan olingan: Hue – rang toni; 
Saturation – toʻyinganlik; Brightness – yorqinlik. Model odam 
koʻzining rangni his qilish qobiliyatiga asoslangan. 
Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapazondagi burchak 
kattaligi bilan tavsiflanadi. 
Toʻyinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik darajasidir. U 
kul rangning boshqa rangga nisbati bilan aniqlanadi (0% – kul 
rang, 100% – toʻla toʻyingan rang). 
Kompyuter grafikasi bilan ishlash shaxsiy kompyuterlarda 
foydalaniladigan ommabop yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. 
Ixtiyoriy tashkilotlarda vaqti-vaqti bilan gazeta va jurnallarda 
reklama e’lonlari yoki varaqalarini chiqarish zaruriyati tugʻiladi. 
Yirik firmalar bu ishni bajarish uchun maxsus dizayner byurosi va 
reklama agentliklariga buyurtma berishadi. Kichik tashkilotlar bu 
ishni bajarish katta mablagʻ talab qilganligi uchun zamonaviy 
kompyuterlarda mavjud boʻlgan dasturiy vositalardan foydalanib 
oʻzlari bajarishadi. Hozirgi vaqtda multimedia dasturlarida 
169


kompyuter grafikasidan albatta foydalaniladi. Internetda Web 
sahifasini tuzishda, oʻqitish jarayonlarida, multimedia dasturlarida, 
rassomchilik va dizaynerlik ishlarida va boshqa sohalarda 
kompyuter grafikasi imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. 
Grafik 
bilan 
ishlashga 
moʻljallangan 
dasturlar 
grafik 
muharrirlari deyiladi. Grafik muharrirlari asosan uchta katta 
guruhga boʻlinadi: rastrli grafik, vektorli grafik va fraktal grafik 
muharrirlari. Bu guruhlarga kiruvchi dasturlarning asosiy farqi 
shundaki, rastrli grafik muharrirlarida tasvirlarning rangi asosiy 
vosita hisoblansa, vektorli grafik muharrirlarida esa tasvirlarning 
shakli asosiy vosita hisoblanadi. Rastrli grafik muharrirlarga 
kiruvchi dasturlarni shartli ravishda ikkita, ya’ni grafikli tasvirlarni 
tashkil qilish va tayyor grafikli tasvirlarni qayta ishlash guruhlariga 
ajratish mumkin. Yangi tasvirlarni tashkil qilishda rassomlik 
qobiliyati, tayyor tasvirlarni qayta ishlashda esa, texnik usullar 
hamda amaliy malakaga ega boʻlish talab qilinadi.
Grafikli tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan koʻplab 
dasturlar mavjud. Bir qancha grafik muharrirlar, masalan, Paint, 
Adobe Photoshop, CorelDRAW va Adobe Illyustrator kabi 
dasturlar grafiklar chizish uchun moʻljallangan. Bu guruhga 
mansub boʻlgan eng sodda dasturlardan biri Paint dasturi 
hisoblanadi.
Rastrli grafik muharrirlarda asosiy element sifatida nuqta 
qaraladi. Nuqtalar ekranda piksellar deb ataladi. Kompyuter 
amaliyot tizimi ekran grafik kengligini qanday oʻrnatganligiga 
qarab, ekranda tasvirlarni 640x480, 800x600, 1024x768 va undan 
koʻp piksellarda berish mumkin. Bu parametr dyuymlarda 
oʻlchanadi. Dioganali 15 dyuymli (1 dyuym=2.54 mm) 
monitorlarda tasvirning oʻlchami ekranda taqriban 28x21 
santimetrni tashkil qiladi. Demak, 800x600 pikselli rejimdagi 
kompyuter ekranida ekranni tasvirlash qobiliyati 72 dyuymga teng 
boʻladi. 10x15 sm oʻlchamdagi fotosuratlar taxminan 1000x1500 
piksellardan iborat boʻladi. Rastrli grafik tasvirlar bilan ishlashda 
muammolardan biri katta hajmdagi xotira talab qilinadi. Shuning 
uchun rastrli grafik tasvirlar, masalan, multimedia imkoniyatlaridan 
foydalanish uchun kompyuterlar talab qilinadi.
170



Download 10,08 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143




Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter grafikasida rang tushunchasi va rang

Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish