6.5-rasm. Matnlarni hosil qilish
Qatlamlar bilan ishlash. Adobe Photoshopdagi ixtiyoriy
grafikli tasvir kamida bitta qatlamga ega boʻladi. Odatda, skaner
orqali olingan grafikli tasvirlar bitta qatlamdan iborat boʻladi. Bitta
tasvirda 100 tagacha qatlam hosil qilish mumkin.
Yangi qatlam
hosil qilish juda oson. Grafikli tasvirning biror qismining
“Прямоугольная Область” yoki “Лассо” uskunalari yordamida
nusxalari olinganda, yangi qatlam hosil qilinadi. Yangi qatlam
hosil qilish uchun menyuning “Слои” boʻlimidan “Новый
Слой”
buyrugʻi tanlanadi va ekranda yangi
qatlam hosil qilish uchun
muloqot oynasi paydo boʻladi (6.6-rasm). Bu muloqot oynasida
qatlam nomi, rangi va rejimi aniqlanadi va “OK” tugmachasi
bosiladi.
6.6-rasm. Qatlamlarni sozlash boʻlimi
Qatlamlar tartib bilan joylashtiriladi. Qatlamlar kompyuter
xotirasidan joy egallaydi. Shuning uchun ortiqcha qatlamlarni olib
tashlash kerak boʻladi. Qatlamlarni olib tashlash uchun menyuning
“Слои” boʻlimidan “Удалить Слои
Слои”
buyruqlari tanlanadi
va ekranda paydo boʻlgan soʻrovga
«Да
» yoki
«Нет
» deb javob
beriladi.
173
Photoshop dasturida bir nechta, masalan, ikkita grafikli
tasvirdan yangi bitta tasvir hosil qilish mumkin.
Buning uchun
dastlab ikkita tasvir tanlanadi.
6.7-rasm. Tasvirlar bilan ishlash
Birinchi grafikli tasvir ishga tushiriladi. Ikkinchi tasvirdan
kerakli qismi uskunalar majmuasidagi “Многоугольное Лассо”
uskunasi bilan belgilanadi. Menyuning “Редактирование”
boʻlimidan “Копировать” buyrugʻi orqali nusxasi olinadi va
“Редактирование” boʻlimidan “Вставить”
buyrugʻi orqali birinchi
grafikli tasvirning ixtiyoriy joyiga qoʻyiladi
va natijada quyidagi
tasvir hosil boʻladi.
6.8-rasm. Tasvirlarni qayta ishlash