Koʻpaytirish uchun
C=A*B amalga oshiramiz. Natijada
quyidagi natija hosil boʻladi.
C=
180
111
385
322
74
70
444
892
90
98
440
644
132
27
397
1066
Matlab dasturida grafika bilan ishlash. Matlab sirtlar,
chiziqlar va boshqa grafik obyektlarni oʻzlashtirish va yaratish
imkonini beruvchi yuqori darajadagi
funksiyalar majmuasini
taqdim qiladi.
Grafikni chizish uchun
plot ifodasidan foydalaniladi.
Misol
sifatida sin funksiyaning grafigini chizishni olamiz.
t argument
boʻyicha 0 dan
2 gacha oraliqda 0.03 qadam oʻzgarib
borishini
hisoblash grafigini hosil qilamiz. Grafikni tasvirlash uchun
quyidagi ifodani yozamiz:
7.22-rasm.
Dastur matni
Operatorlar ketma – ket kiritilgandan soʻng “Enter” tugmasi
bosiladi. Natija grafik alohida darchada (figure 1) paydo boʻladi va
quyidagi koʻrinishga ega boʻladi.
225
7.23-rasm. Sinus funksiyani grafigini hosil qilish
Masalalarni yechish davomida shunday jarayonlar boʻladiki,
unda bitta darchaga bir nechta
funksiyalarning grafiklarni
joylashtirish kerak boʻladi. Bunda sin(x), cos(x) va sin(x)/x
funksiyalarni grafigini chizishi koʻrib chiqamiz. Oʻzgaruvchilarni
y(x) koʻrinishida beramiz:
>>y1=sin(x): y2=cos(x): y3=sin(x)/x;
>>plot(x, y1, x, y2, x, y3)
Natijada quyidagi darcha paydo boʻladi.
226
7.24-rasm. 3 ta funksiyaning grafigini chizish
Iqtisodiyot sohasiga tegishli masalalarni yechishda ustun
koʻrinishidagi diagrammalardan foydalanish
zaruriyati paydo
boʻladi. Bunda
M vektorning har bir elementi ustunlar koʻrinishida
tasvirlanadi. Ustunlar uzunligi elementlarning qiymatiga teng
boʻladi. Ustunlar nomerlanadi va eng
qiymatlardan kelib chiqqan
holda masshtablanadi. Bu turdagi grafikni hosil qilish uchun
bar
(M) operatoridan foydalaniladi va hosil boʻlgan grafikni “Tools”
boʻlimidan oʻzgartirish imkoniyati mavjud boʻladi.
227
7.25-rasm. Ustun koʻrinishidagi diagrammali grafikni hosil qilish