M-fayllar. Matlab tili kodlarini oʻz
ichigi olgan fayllar M-
fayllar deb ataladi. M-fayllarni yaratishda matn tahrirlovchilaridan
foydalaniladi. M-fayllarning ikkita turi mavjud:
1.
Ssenariylar;
2. Funksiyalar.
Ssenariylar kiruvchi va chiquvchi argumentlarga ega emas, ular
koʻp marta bajarilishi kerak boʻlgan qadamlar ketma-ketligini
avtomatlashtirish uchun qoʻllaniladi.
Funksiyalar kiruvchi va chiquvchi argumentlarga ega.
Matlab
tili
(funksiyalar
kutubxonasi,
amaliy
dasturlar
paketi)
imkoniyatlarini kengaytirish uchun qoʻllaniladi.
Matlab tizimi operatorlari. Matlab tizimining operatorlari
uchta kategoriyaga boʻlinadi:
‒
arifmetik operatorlar – hisoblashlarni
bajaradi va arifmetik
ifodalarni tuzish imkonini beradi;
‒
munosabat operatorlari – sonli
operandlarni solishtirish
imkonini beradi;
‒
mantiqiy operatorlar – mantiqiy ifodalarni tuzish imkonini
beradi.
Matlab tizimining arifmetik operatorlari bir xil oʻlchovli
massivlar bilan ishlaydi. Vektorlar va toʻgʻri toʻrtburchakli
massivlar uchun ikkala operand ham bir xil oʻlchovga ega boʻlishi
kerak (skalyarlar bundan mutsasno).
Munosabat operatorlari: < > < = >=.
Munosabat operatorlari teng oʻlchovli
ikkita massivni
elementlari boʻyicha solishtirishni bajaradi.