• Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar.
  • Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

    Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Kompyuter 
    tarmogʻi (NetWork, net – tarmoq va work – ishlash) – bu 
    kompyuterlar oʻrtasida axborotlar almashish tizimidir. 
    Kompyuterlarning oʻzaro turli ma’lumotlar, programmalar 
    almashish maqsadida biriktirilishi kompyuter tarmoqlari deyiladi. 
    Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish 
    imkoniyati vujudga keladi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida 
    foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil 
    qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish 
    imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni 
    ma’lum 
    bir 
    vazifani 
    bajarishga 
    ixtisoslashtirish 
    va 
    kompyuterlarning resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda 
    foydalanish, 
    hamda 
    butun 
    dunyo 
    kompyuterlarini 
    oʻzida 
    birlashtirgan Internet tarmogʻiga bogʻlanish mumkin. 
    248


    Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, 
    masshtabi, hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish 
    mumkin, masalan
    58

    Lokal tarmoq (Lokal Area Network)- bir korxona yoki 
    muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni oʻzaro 
    bogʻlagan tarmoq. 
    Mintaqaviy tarmoq (Metropolitan Area Network) – mamlakat, 
    shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal 
    tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali 
    oʻzaro bogʻlagan tarmoqlar. 
    Global tarmoq (Wide Area Network) – oʻziga butun dunyo 
    kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini 
    telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yoʻldosh) aloqalari 
    tarmogʻi orqali bogʻlagan yirik tarmoq. 
    Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar. Kompyuter tarmoqlari 
    axborotlarni signallar koʻrinishida uzatish va qabul qilishga 
    ixtisoslashgan muhit. Tarmoqlar biror maqsadga erishish uchun 
    quriladi, ya’ni bogʻlangan kompyuterlar orqali biror masalalarni 
    yechish 
    uchun 
    ixtisoslashtiriladi. 
    Tarmoq 
    xizmatlariga 
    quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: 
     Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar 
    asosiy kompyuterning (server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki 
    oʻz ma’lumotlarini asosiy kompyuter xotirasiga joylashtirish 
    mumkin; 
     Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar 
    oʻz ma’lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi 
    orqali qogʻozga chop qilishi mumkin; 
     Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha 
    kompyuterlar joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir 
    vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin; 
     Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda 
    tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd 
    qilingan foydalanuvchilarning 
    58
    Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
    Ltd, United Kingdom. 2014. p 444-445. 
    249


    tarmoqda oʻzini tutishi, hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va 
    nazorat qilinadi. 

    Download 10,08 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish