• Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sigʻimi.
  • Axborotni uzatish va qabul qilish




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

    Axborotni uzatish va qabul qilish. Tarmoq har doim bir 
    nechta kompyuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri oʻz 
    axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot 
    uzatish va qabul qilish kompyuterlar oʻrtasida navbat bilan amalga 
    oshiriladi. Shuning uchun, har qanday tarmoqda axborot 
    almashinuvi boshqarib turiladi. Bu esa oʻz navbatida kompyuterlar 
    oʻrtasidagi axborot toʻqnashishi va buzilishini oldini oladi yoki 
    bartaraf qiladi. 
    Kompyuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan soʻng undagi 
    barcha 
    kompyuterlarning 
    manzillari 
    belgilanadi. 
    Chunki 
    axborotlarni tarmoq orqali bir kompyuterdan boshqasiga uzatish 
    kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi. Joʻnatilayotgan 
    axborotga oddiy hayotimizdagi xat joʻnatish jarayoni kabi 
    uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari koʻrsatiladi va tarmoqqa 
    uzatiladi. Har bir kompyuter kelgan axborotdagi qabul qiluvchi 
    manzilini oʻzining manzili bilan solishtiradi, agar manzillar mos 
    kelsa, u holda axborotni qabul qilib oladi va uzatuvchiga qabul 
    qilib olganligi toʻgʻrisida tasdiq yoʻllaydi. Xuddi shu tariqa 
    kompyuterlararo axborot almashiniladi. 
    Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot 
    kanallari sigʻimi. Ma’lum vaqt oraligʻida aloqa muhitlari orqali 
    uzatiladigan axborot hajmi – uning uzatilish tezligini belgilaydi. 
    Har qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik 
    tushunchasi va uning oʻlchov birliklari mavjud boʻlganidek, 
    axborotning ham uzatish tezligi, hamda oʻlchov birliklari 
    mavjuddir, bular: 
     Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan 
    bitlar soni; 
     Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan 
    minglab yaxlitlangan bitlar soni; 
     Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan 
    millionlab yaxlitlangan bitlar soni; 
     Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan 
    milliardlab yaxlitlangan bitlar soni. 
    250


    Axborot kanallarining sigʻimi ular orqali ma’lum vaqt 
    oraligʻida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu oʻz 
    navbatida axborot kanallarining oʻtkazish qobilyatini anglatadi. 

    Download 10,08 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish