Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari




Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/143
Sana20.12.2023
Hajmi10,08 Mb.
#125484
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143
Bog'liq
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

Tarmoq topologiyasi. Tarmoq topologiyasi (grekcha τoπος – 
oʻrin) – tarmoq konfiguratsiyasini tavsiflash usuli, joylashuv va 
tarmoq qurilmalarining biriktirish sxemasi.
Lokal tarmoq strukturasi quyidagi topologiyalardan iborat: 
 “Shinasimon” topologiya; 
 “Yulduzsimon” topologiya; 
 “Halqasimon” topologiya; 
60
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
Ltd, United Kingdom. 2014. p 454-455. 
252


Global tarmoq strukturasi sifatida “Daraxtsimon” (gibrid) 
topologiyani misol qilish mumkin. 
Har bir topologiyani alohida koʻrib chiqamiz: 
Shinasimon topologiya. Bunda barcha kompyuterlar umumiy 
aloqa kanaliga ketma-ket ulanadi. Har bir kompyuter shinadan 
boshqa bir kompyuter bilan bogʻlanish uchun foydalanadi. 
Bu turdagi topologiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat: 
 tarmoqni oʻrnatishga kam vaqt ketadi;
 arzon (kam kabel va qurilmalar ketadi);
 oson sozlash. 
8.3-rasm. Shinasimon topologiya 
Bu turdagi topologiyaning kamchiliklari quyidagilardan iborat: 
 tarmoqdagi har qanday nosozliklar (kabelning uzilishi) 
tarmoqning ishdan chiqishiga olib keladi;
 nosozliklarni lokallashtirishning murakkabligi;
 yangi ishchi stansiyalarning ulanishi tarmoq tezligini 
pasaytiradi. 
Halqasimon topologiya. Barcha kompyuterlar ketma-ket halqa 
boʻylab bir-biri bilan bogʻlanadi. Unda har bir kompyuter aloqa 
liniyalari orqali boshqa ikkinchi kompyuter bilan bogʻlanadi. 
Bunda bitta kompyuterdan faqat ma’lumot olish, ikkinchisidan 
faqat uzatish uchun foydalaniladi.
Topologiyani hosil qilishda foydalaniladigan vositalar: 
 Kompyuter tarmoq platasi; 
 Kabel; 
 Konnektor. 
Bu turdagi topologiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat: 
253


 oson oʻrnatish;
 qoʻshimcha qurilmalarning yoʻqligi;
 tarmoq intensiv ishlaganda uning turgʻun ishlashi. 
Bu turdagi topologiyaning kamchiliklari quyidagilardan iborat: 
 bitta ish stansiyasining ishdan chiqishi tarmoqning ishlashiga 
ta’sir etadi; 
 murakkab konfiguratsiya va sozlash;
 nosozliklarni qidirishning murakkabligi.
8.4-rasm. Halqasimon topologiya 
Yulduzsimon topologiya. Yulduzsimon strukturada barcha 
kompyuterlar bir-biri bilan aloqa qilish uchun markaziy uzel 
(komutator) orqali ulanadi. 
8.5-rasm. Yulduzsimon tarmoq 
 
Bu turdagi topologiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat: 
  bitta ish stansiyasining ishdan chiqishi tarmoqning 
ishlashiga ta’sir etmaydi (axborot almashinuvi toʻxtamaydi);
 tarmoqning yaxshi masshtablashtirilganligi;
254


 tarmoqdagi nosozliklarni oson qidirish;
 tarmoqning yuqori unumdorligi;
 qulay administrlashtirish imkoniyatlari. 
Bu turdagi topologiyaning kamchiliklari quyidagilardan iborat:  
 markaziy komutatorining (konsentrator) ishdan chiqishi 
butun tarmoqning (yoki segmentning) ishdan chiqishiga olib 
keladi;
 tarmoqni montaj qilishda boshqa topologiyalarga qaraganda 
koʻproq kabel ketadi;
 tarmoqdagi (yoki segmentdagi) ishchi stansiyalar soni 
markaziy komutatorining (konsentrator) portlar soni bilan 
chegaralangan. 
Daraxtsimon struktura. Katta tarmoqlarda kompyuterlar 
orasida erkin aloqa oʻrnatish uchun ishlatiladigan topologiya. 
Ushbu strukturada barcha kompyuterlar bir-biri bilan tarmoqlangan 
kanallar orqali bogʻlanadi. Shuning uchun bunday tarmoqlarni 
aralash topologiyali tarmoqlar deyiladi.
8.6-rasm. Daraxtsimon tarmoq 

Download 10,08 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143




Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari

Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish