• Interpretator.
  • Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

    Bilimlar bazalari. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, 
    faktlar oraligʻidagi mantiqiy bogʻlikni bayon etadi. Bazada 
    markaziy oʻrinni qoidalar egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda 
    nima qilish kerakligini belgilaydi va u ikki qismdan iborat boʻladi:
    Birinchisi, bajarilishi mumkin boʻlgan yoki boʻlmagan shart-
    sharoit.
    Ikkinchisi, agar sharoit bajariladigan boʻlsa, amalga oshirilishi 
    kerak boʻlgan xatti-harakat.
    Ekspert tizimi foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil 
    etadi. Bu tizim oddiy tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab 
    qoidalarni oʻz ichiga oladi.
    Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning 
    (bilim bo‘yicha mutaxassisning) malakasiga bogʻliq holda u yoki 
    bu darajada oʻxshashlik bilan bir yoki bir necha semantik modellar 
    yordamida ifodalanishi mumkin.
    Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi boʻlib, bazadagi 
    bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish 
    texnologiyasi 
    qoidalar 
    majmuining 
    ketma-ketligini 
    koʻrib 
    chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, 
    ma’lum hatti-harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga ham uning 
    243


    muammolarini yechish variantlari taqdim etiladi. Bundan tashqari 
    koʻpgina ekspert tizimlarida quyidagi qoʻshimcha bloklar kiritiladi: 
    ma’lumotlar bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va 
    tuzatish bloki.
    Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan 
    bogʻliq holatlarda zarur boʻladi. Ayni paytda reja, jismoniy, hisob-
    kitob, hisobot va boshqa doimiy, hamda tezkor koʻrsatkichlarni oʻz 
    ichiga olgan ma’lumotlar bazalari muhim rol oʻynaydi. 
    Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan ma’lumotlar bazasidagi 
    joriy oʻzgarishlarni tezkor va oʻz vaqtida aks ettirish uchun 
    foydalaniladi.

    Download 10,08 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari

    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish