Intellektual axborot tizimlari va ularning vazifalari




Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/143
Sana20.12.2023
Hajmi10,08 Mb.
#125484
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   143
Bog'liq
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

 
7.4. Intellektual axborot tizimlari va ularning vazifalari. 
Ekspert tizimlar 
Zamonaviy jamiyatda tobora oʻsib borayotgan axborot oqimi, 
axborot 
texnologiyalarining 
turli-tumanligi, 
kompyuterda 
yechiladigan 
masalalarning 
murakkablashuvi 
ushbu 
237


texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni 
qoʻyadi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini 
insondan kompyuterga oʻtkazish masalasi yuzaga keladi. Bu 
vazifani yechish yoʻllaridan biri – bu intellektual tizimlarini 
yaratish va ulardan foydalanish sanaladi. Intellektual tizimlar 
oʻzidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali 
axborotni aniqlab oladi, chorasiz yoʻllardan voz kechgan holda 
qaror qabul qilishning eng maqbul yoʻllarini vujudga keltiradi.
Intellektual 
tizimlarida 
ma’lum bir predmet sohasini 
ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
Ekspert tizimi – bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni toʻplash 
va qoʻllash,
umumlashtirish usullari, hamda vositalari majmuidir. Ekspert 
tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda 
qarorni tanlash chogʻida muqobil variantlar koʻpligi uchun yanada 
yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi 
omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi.
Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan. 
Sun’iy intellekt deganda aksiy xatti-harakatlarga nisbatan 
kompyuter tizimining qobiliyati tushuniladi. Koʻpincha bunda 
inson fikrlashi bilan bogʻliq qobiliyat aniqlanadi.
Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida koʻrib chiqish 
mumkin. 

foydalanuvchining 
roziligidan qat’iy nazar 
ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul 
qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar 
va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan 
axborotlarni guruhlarga boʻlib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, 
identifikatsiyalaydi, tashxis qoʻyadi, bashoratlashga oʻrgatadi, 
sharxlab beradi va hokazolarni amalga oshiradi.
Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari 
quyidagicha:
 yaqin davrlargacha kompyuterda yechish qiyin yoki 
umuman yechib boʻlmaydigan deb sanaluvchi murakkab 
masalalarning yangi sinfini yechish, optimallashtirish va (yoki) 
bahosini olish imkoniyati;
238


 dasturchi boʻlmagan foydalanuvchiga oʻz tilida suxbat 
yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni 
vizualizatsiyalash usullarini qoʻllash imkoniyatini ta’minlash;
 yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror 
qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil oʻrganish, bilimlardan 
foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning toʻplanishi;
 foydalanuvchi axborot – koʻpliligi tufayli yoki axborotning 
xaddan ziyod rang-barangligi, yoki xatto kompyuter yordamida 
ham odatdagi qarorni qabul qilishning choʻzilib ketilishi tufayli 
yecha olmaydigan muammolarni hal etish;
 takomillashgan 
uskunalar 
va 
ushbu 
tizimdagi 
foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish 
hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish 
imkoniyati;
 ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini 
shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) 
sanaladi.
Bilimlar bazasi – bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar 
yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi 
model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir.
7.35-rasm. Ekspert tizimining bilimlar bazasi 
239


Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi koʻrinishida 
yaqqol koʻzga tashlangan va tashkil etilgan predmet sohasi 
haqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan 
ajralib turadi. Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi. 
Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish usuliga imkon beruvchi 
aniq 
koʻrinishda 
ifodalanadi 
va 
qaror 
qabul 
qilishni 
soddalashtirishga koʻmaklashadi. Ekspert tizimining asosligini 
ta’minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning boʻlinmalaridagi 
mutaxassislar bilimini, tajribasini oʻzida mujassamlashtiradi va 
institutsional 
bilimlarni 
(ixtisoslashganlar 
majmuini, 
yangilanayotgan strategiyalar, qarorlar uslublari) ifodalaydi.
Bilim va qoidalarni turli aspektlarda koʻrib chiqish mumkin:
 chuqur va yuzaki;
 sifat va miqdoriy;
 taxminiy (noaniq va aniq);
 muayyan va umumiy;
 tavsifiy 
va 
koʻrsatma 
(yoʻl-yoʻriq 
beruvchi). 
Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruvi qarorlarini 
olish uchun qoʻllashlari mumkin.
Ma’lumotlar bazalarining faoliyati va strukturasi. 7.34-rasmda 
ma’lumotlar bazasi strukturasi va uning faoliyati tasvirlangan.
Ekspert – bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa 
oluvchi mutaxassis.
Bilimlarni 
oʻzlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining 
toʻplanishini, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks 
ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli 
tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi.
7.36 – rasm. Ekspert tizimlarida ma’lumotlar bazasi strukturasi 
Fodalanuvchi 
Tushintirish 
bloki 
Mantiqiy 
xulosa bloki 
Ekspert 
Bilimlarni 
o‘
zlashtirish 
bloki 
Bilimlar 
bazasi 
240


Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan 
holda xulosalar mantiqini yuzaga keltiradi. Unchalik ishonchli 
boʻlmagan ma’lumotlar bilan ishlash chogʻida noaniq mantiqan 
zaif ishonch yuzaga keladi.
Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada 
bilimlar bazasidan foydalanish ketma-ketligini aks ettiradi va 
«nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi.
Hozirgi vaqtda bilimlar bazasining joriy etilishi kasbiy 
bilimlarning toʻplanish sur’ati bilan belgilanadi.
Kasbiy faoliyatni shakllantiruvchi, ya’ni kompyuter bazasida 
avtomatlashtira- 
digan qismi – bu inson tomonidan toʻplangan bilimlarning 
uncha katta boʻlmagan qismidir. Toʻplangan bilimlarning kattagina 
qatlamini yakka tartibda yigʻiladigan bilimlar tashkil etadi.
Bilimlarni strukturalashtirish yoki rasmiylashtirish bilimlarni 
taqdim etishning turli usullarira asoslangan. Zamonaviy axborot 
tizimlarida eng koʻp faktlar va qoidalar usulidan foydalaniladi. 
Ular ayrim predmet sohalaridagi jarayonlarni bayon etishning 
tabiiy usulini bayon etadi.
Qoidalar odatda tavsiya, koʻrsatma, strategiyalarni taqdim 
etishning formal (rasmiyatchilik) usulini ta’minlaydi. Ular agar 
predmet bilimlari biror sohadagi masalani yechish boʻyicha 
toʻplangan amaliy tasavvurlardan paydo boʻlgandagina toʻgʻri 
keladi. Qoidalar koʻpincha «Agar bu...» xilidagi tasdiq koʻrinishda 
ifodalanadi. Bilimlar bazasida predmet sohasini bayon etish 
ma’lumotlarni tashkil etish va taqdim etish, vazifalarni 
shakllantirish, qayta shakllantirish va yechish usullarini ishlab 
chiqishni nazarda tutadi. Predmet sohasi tushunchasi (obyektlari) 
ramzlar yordamida tasavvur qilinadi. Masalan, bu ramz bank tizimi 
uchun mijoz, jamgʻarma vositasi, operatsiya, vazifa va shu kabilar 
boʻlishi mumkin. Tushunchalarni manipulyatsiya qilish uchun 
munosabatlar aniqlanadi, turli strategiyalar (mantiqiy yoki tajriba 
natijasida olingan) qoʻllaniladi. Bilimlarni taqdim etish, ularni 
tarkiblashtirish tushunchalarni, murakkab, oddiy boʻlmagan 
vazifalarni nazarda tutadi. Buning uchun qoidalar ham bilimlar 
bazasida murakkab yoki koʻp miqdorda va hajmda boʻladi.
241


Ekspert tizimlari shunday ishlab chiqiladiki, bunda yechim 
tanlash mantiqini asoslash va oʻrgatish hisobga olinadi. Koʻpgina 
ekspert tizimlarida tushuntirish (izohlash) mexanizmi boʻladi. 
Mazkur mexanizm qanday qilib tizim ushbu qarorga kelganini 
tushuntirish uchun zarur boʻlgan bilimlardan foydalanadi. Bunda 
ekspert tizimini qoʻllash, undan foydalanish va harakat chegarasini 
aniqlash juda muhimdir.
Axborot texnologiyasining ekspert tizimida foydalaniladigan 
asosiy 
komponentlari 
(tarkibiy 
qismlari) 
quyidagilar: 
foydalanuvchining interfeysi, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni 
yaratish moduli (7.35-rasm).
7.37 – rasm. Ekspert tizimining tarkibiy qismi 
Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga 
buyruq va axborot kiritish, hamda uning buyrugʻi orqali chiqadigan 
axborotni olish uchun foydalaniladi. Buyruqlar oʻz ichiga 
bilimlarni qayta ishlash jarayoni boshqarmaydigan parametrlarini 
oladi.
Foydalanuvchi 
Foydalanuvchining 
interfeysi 
Interpretator 
Bilimlar 
bazasi 
Muammoli 
soha 
Tizimli yaratish 
moduli 
Bilim b
o‘
yicha 
ekspert va 
mutaxassis 
242


Foydalanuvchi 
axborotni 
kiritishning 
toʻrtta 
uslubidan 
foydalanishi mumkin: menyu, buyruq, tabiiy til, shaxsiy interfeys.
Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida 
nafaqat qarorni, shuningdek zarur tushuntirishni olish imkoniyatini 
ham koʻrib chiqadi.
Odatda ikki xil tushuntirish farqlab koʻrsatiladi. Ya’ni:
 soʻroq 
bo‘yicha 
beriladigan 
tushuntirish. 
Bunda 
foydalanuvchi har qanday paytda ekspert tizimidan oʻz xatti-
harakatlarini izohlashni talab etishi mumkin;
 muammolarni 
hal 
etishdan 
olgan 
tushuntirish. 
Foydalanuvchi yechimni olgandan soʻng, u qanday olingani 
toʻgʻrisida izoh talab qilishi mumkin. Tizim esa masalani 
yechishdagi har bir qadamini tushuntirib berishi kerak.
Mazkur 
tizimlarning 
foydalanish 
interfeysi 
doʻstona 
munosabatda boʻladi. Ya’ni, u siz bilan «suxbatlashish» chogʻida 
qiyinchiliklar tugʻdirmaydi.

Download 10,08 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   143




Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Intellektual axborot tizimlari va ularning vazifalari

Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish