• Matlab dasturida vektor va matrisa bilan ishlash.
  • Matlab dasturining asosiy menyulari




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

    Matlab dasturining asosiy menyulari: 
     “File” menyusi yangi ish sohasini ochish, kompyuterda 
    saqlangan fayllarni ochish, yangilash, saqlash, bosmaga chiqarish, 
    dasturdan chiqish kabi boʻlimlarni oʻz ichiga olgan.
     “Edit” menyusi nusxa olish, olingan nusxani joylashtirish, 
    kesib olish, barchasini belgilash, oʻchirish, qidirish, fayllarni 
    qidirish, ischi maydonni tozalash, oxirgi amalni bekor qilish kabi 
    boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 
     “View” menyusi dasturning umumiy koʻrinishini 
    oʻzgartirsh va xususiyatlarini sozlash imkonini beruvchi 
    boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 
     “Debug” menyusi kechiktirilgan ishlarni ochish, qadam 
    bilan ishlash, davom etirish, tozalash, kechiktirilgan darchani 
    yopish kabi boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 
     “Desktop” menyusi buyruqlar darchasini qisqartirish, 
    qatlamlar bilan ishlash, uskunalar paneli bilan ishlash imkoni 
    beruvchi boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 
     “Window” menyusi barcha darchalarni yopish va boshqa 
    darchalarni koʻrish, hamda ular bilan ishlash imkonini beruvchi 
    boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 
     “Help” menyusi dastur haqida ma’lumot beruvchi 
    boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 
    Matlab dasturida vektor va matrisa bilan ishlash. Matlab 
    dasturi vektor va matrisalar bilan ishlash uchun qulay dastur 
    hisoblanadi. Vektor va matrisalarni yozish uchun noʻmalumlardan 
    foydalaniladi. 3 elementdan iborat vektorni koʻrsatish uchun 
    kvadrat qavslar ichiga yoziladi. Masalan, vektorni oʻzlashtirish 
    uchun quyidagini amalga oshiramiz: 
    >> M=[1 2 3]
    M= 
    1 2 3 
    M vektor 3 elementdan iborat, ular 1, 2, 3 ga teng. Vektor 
    kiritilgandan soʻng tizim uni ekranga chiqaradi. 
    222


    Matrisalarni oʻzlashtirish uchun bir necha qator kerak boʻladi. 
    Qatorlarni ajratish uchun “;” belgidan foydalaniladi. Matrisa 
    quyidagicha oʻzlashtiriladi: 
    >> K=[1 2 3; 4 5 6; 7 8 9]; 
    bu kavadrat matrisani beradi va uni tizim quyidagicha ekranga 
    chiqaradi: 
    >> K 
    K = 
    1 2 3 
    4 5 6 
    7 8 9 
    Vektor va matrisadan arifmetik amallarni bajarish uchun 
    foydalanish mumkin. Masalan: 
    >> M= [2+2/(3+4) exp(5) sqrt(10)]:
    >> M =2.2857 147.4132 3.1623 
    Vektor va matrisaning elementlaridan alohida foydalanish M(1) 
    va K(i, j) ifodalardan foydalaniladi. Masalan, ularni quyidagicha 
    e’lon qilish mumkin: 
    >> K (2. 2) 
    arts= 5 
    Natija 5 ga teng boʻladi. K(i,j) ga yangi qiymatni oʻzlashtirish 
    uchun, K(i,j)=x ifodan foydalaniladi. Masalan, K(i,j) ga 10 sonini 
    oʻzlashtirish uchun quyidagi ifodadan foydalanamiz: 
    >> K (2. 2) = 10 
    Matlab dasturi sehrli matrisani hosil qilish imkonini beradi. 
    Bunda n*n matrisa hosil boʻladi, uning ustunlari va qatorlari soni, 
    hamda dioganali boʻyicha elementlar soni bir xil songa teng 
    boʻladi. Sehrli matrisa quyidagicha oʻzlashtiriladi (matrisaning 
    elementlari 4*4 ya’ni, 4 ustun, 4 qator):
    >> M=magic(4)
    М =
    16 


    13 
     

    11 
    10 8 
     



    12 
     

    14 
    15 1 
     
    >> sum(M)
    ans= 
    223


    34 34 34 34
    >> sum(M’)
    ans= 
    34 34 34 34
    >> sum(diag(M))
    ans=34
    >> M(1.2)+M(2.2)+M(3.2)+M(4.2) 
    ans= 34 
    Matrisalar bilan ishlash jarayonida matrisaning alohida ustun va 
    qatorlarini oʻchirish zaruriyati paydo boʻladi. Buning uchun oldin 
    matrisani e’lon qilamiz: 
    >> М=[1 2 3; 4 5 6; 7 8 9] 
    М =
    1 2 
    3
    4 5 
    6
    7 8 
    9
    Matrisaning 2 ustunini oʻchirish kerak boʻlsin. Buning uchun 
    “:” belgisidan foydalaniladi. М(:.2)=[ ] 
    1 3
    4 6
    7 9

    Download 10,08 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish