94
shuningdek zaruriy hollarda Jamiyatni rivojlantirish ehtiyojlari uchun yo‗naltirilgan
sof foydaning ma‘lum qismining hajmini tushuntirish va iqtisodiy asoslash;
dividendlar miqdori hisob-kitobinining shaffof mexanizmi;
oxirgi 5 yilda dividendlarni to‗lashning dinamikasi.
Jamiyatning yillik hisoboti Jamiyat sof foydasini taqsimlash va uning Jamiyatda
qabul qilingan dividend siyosatiga muvofiqligi to‗grisida axborotni aks ettirishi
lozim.
Aksiyadorlar umumiy yeg‗ilishi tomonidan qabo‗l qilinadigan qonunchilikda
belgilangan majburiy materiallar va aksiyadorlar umumiy yeg‗ilishiga tayyorgarlik
ko‗rishda aksiyadorlarga taqdim qilinadigan materiallardan tashqari, aksiyadorlarga
qo‗shimcha tarzda quyidagi materiallar taqdim qilinadi:
dividendlarni to‗lash uchun zarur sharoitlarning mavjudligi yoki mavjud
emasligini ko‗rsatuvchi axborot, sof foydaning mavjudligi to‗g‗risida auditor
xulosasi, mazkur masala bo‗yicha Kuzatuv kengashining tavsiyalari;
sof foydaning taklif etilayotgan taqsimoti, dividendlar, uning Jamiyatda qabul
qilingan dividend siyosatiga, xususan sof foydaning muayyan qismini Jamiyatni
rivojlantirish ehtiyojlariga yo‗naltirishni iqtisodiy asoslash va tushuntirishlar bilan
dividend to‗lash uchun va Jamiyatning shaxsiy ehtiyojlariga muvofiqligini
baholashni asoslash;
Jamiyat Ustavida belgilash tartibi urnatilgan imtiyozli aksiyalar bo‗yicha
dividendlar miqdorining hisob-kitob tartibi to‗grisida batafsil ma‘lumotlar;
aksiyadorlarning dividend huquqlari yomonlashuviga va ularning ulushlari
kamayishiga olib kelgan korporativ harakatlar, shuningdek aksiyadorlar tomonidan
dividendlar va tugatish qiymatidan tashqari Jamiyat hisobidan foyda olishning
boshqa usullaridan foydalanish faktlari aniqlangan sud qarorlari to‗g‗risida
ma‘lumotlar.
Jamiyat aksiyadorlarning so‗rovi bo‗yicha ushbu Nizomning 103- bandida
ko‗rsatilgan e‘lon qilingan dividendlar to‗g‗risidagi axborotni taqdim qiladi.