105
ortiqchaligi bo‘lib, bu matritsaning foydali piksellar maydonining pa-
sayishiga va shu sababli kamera sezgirligining ham pasayishiga olib
keladi.
Optik stabilizatorning ishlash prinsipi butunlay boshqacha –
videokameraning optik tizimining harakatlanuvchi elementlari yor-
damida tasvir CCD matritsasida mo‘tadil saqlab ushlanadi. 2.51-rasm-
da optik stabilizatorning ishlash prinsipini ko‘rsatilgan.
Optik stabilizatorning afzalliklarini tahlil qilish uchun namunalar
sonining ko‘pligi, matritsadagi kamroq pikselli CCD ni qo‘lash imkoni,
tasvirni yopishmasligi, katta bo‘lgan ta’sir qiymatlari tufayli yuqori
barqarorlik sifati ta’minlanishi hisoblanadi. Optik stabilizatorning muhim
afzalligi – bunday stabilizator bilan jihozlangan videokameraning yuqori
sezuvchanligi va buning natijasida yuritilganlik yetarli bo‘lmagan sha-
roitda ham suratga olish sifati yaxshilanishida. Kamchiliklari – qimmat-
ligi va katta manba quvvatining sarfi bilan ifodalanadi.