• Rang chuqurligi.
  • Rezolutsiya.
  • Raqamli fotokameralarning xususiyatlari




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    Raqamli fotokameralarning xususiyatlari.
    Ko‘pgina fotosu-
    ratchilar va grafik dasturiy ta’minot foydalanuvchilari uchun raqamli 
    fotokamerani baholashning eng oson usuli uning optik tizimini tahlil 
    qilishdir, chunki ko‘plab raqamli fotokameralar optik asos sifatida pro-
    fessional 35 mm fotokameralardan foydalanadi. Raqamli fotokamera-
    dan (RFK) foydalanganda tasvir sifati rang chuqurligi va rezolutsiyasi 
    kabi texnik xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
    Rang chuqurligi. 
    Planshet skanerda bo‘lgani kabi, fotokamera 
    tomonidan ham olingan tasvirning kulrang(yarim ton)lar dinamik di-
    apazoni, eng yorqindan eng qorong‘i elementgacha bo‘lgan chegara – 


    95
    rang chuqurligi bilan belgilanadi. Apple QuickTake 150, Kodak DC-40 
    va Dycam-ning Model 4 kabi arzon raqamli kameralari 24 bit rangni 
    (RGB(8+8+8=24) diapazonidagi har bir rang uchun 8 bit ma’lumotni) 
    olish imkoniyatiga ega.
    Kodak DCS 460 kabi yuqori sinf kameralari kamroq shovqin bi-
    lan aniqroq tasvir tafsilotlari uchun 36 bitli (RGB 12+12+12=36) rang 
    chuqurligida oladi. Tasnifashning eng yuqori qismida rang chuqurligi 
    42 bitli har bir RGB rangi uchun 14 bit tasvirlarni yaratadigan Leaf 
    Digital Camera Black joylashgan.
    Rezolutsiya. 
    Raqamli fotokameraning rezolutsiyasi (ta’minlov-
    chi aniqligi) deb u olishi mumkin bo‘lgan gorizontal va vertikal rasm
    element (piksel)lari soniga asoslangan o‘lchamlarga aytiladi. Skaner-
    da bo‘lgani kabi, bu tasvir elementlari piksellar deb ataladi. Gorizontal 
    va vertikal piksellar soni qancha ko‘p bo‘lsa, kameraning olish aniqli-
    gi shunchalik yuqori bo‘ladi va shuning uchun tasvir aniqroq va rang 
    o‘tishlari silliqroq bo‘ladi.
    Qimmatroq fotokameralar odatda eng yaxshi piksellar soniga ega. 
    Masalan, Kodak DCS 460 2000x3000 pikselli rezolutsiyaga ega. Apple 
    QuickTake 150 eng yuqori resolutsiyasi – 640 x 480 pikselni tashkil 
    qiladi.
    Afsuski, ko‘p odamlar, hatto, raqamli grafika bilan tanish bo‘l ganlar 
    ham piksellar miqdori tasvir sifatiga qanday ta’sir etishini tushunishi 
    qiyin. Buni tushunish uchun avval piksellar miqdorini odatda 72 ppi 
    (pixel per inch – dyuymdagi piksellar) ga asoslanganligini tushunish 
    kerak. Shuni ham tushunish kerakki, sifati o‘zgarmasligini ta’minlash 
    uchun raqamli tasvir o‘lchamini kamaytirish dyumdagi piksellar sonini 
    oshirishga olib keladi. Shunday qilib, hal qilish muammosi odatda quy-
    idagi savolga to‘g‘ri keladi: “Tasvirning yuqori sifatini yo‘qotmasdan, 
    uning o‘lchamlarini kamaytirishingiz mumkin bo‘lgan xavfsiz chegara 
    miqdori nima teng?”
    Tasvirni chop etishda eng yaxshi natijalarga erishish uchun piksel-
    lar soni chiqish uchun ishlatiladigan ekran rezolutsiyasidan 1,5-2 bara-
    var (dyuymdagi satrlar sonida) bo‘lishi kerak.
    Aytaylik, agar Kobak DCS 460 raqamli kamerasida 225 ppi rezo-
    lutsiyada olingan tasvirni 7x7 dyuymli (17,78x17,78 sm) rasm shaklida 


    96
    jurnalga yuborish mumkinmi? Ushbu talablarga javob beradigan tasvirni 
    olishingiz mumkinligini aniqlash uchun raqamli apparatning gorizontal va 
    vertikal o‘lchamlari bo‘yicha bir dyumga kerakli piksellar sonini aniqlana-
    di. Natijada, 225 ppi rezolutsiyada maksimal mumkin bo‘lgan tasvir hajmi 
    taxminan 13x9 dyuym (3000: 225 = 13,33≈ 13 dyum va 2000: 225 = 8,89≈ 
    9 dyuym)ga teng. Shunday qilib, 7x7 dyumli tasvirni 225 ppi rezolutsiyada 
    yuborishda muammoga duch kelinmaydi. Biroq, agar maksimal anigligi 
    640x480 piksel bo‘lgan qurilmadan foydalanilsa, tasvirni chop etish mu-
    ammo bo‘ladi. Ekran rezolutsiyasi 150 lpi bo‘lgan tasvirni ko‘rsatish uc-
    hun 225 ppi o‘lchamdagi optimal tasvir hajmi 2,84 x 2,13 dyuym (640: 225 
    = 2,84; 180: 25 = 2,13) bo‘ladi ya’ni 7x7 dan ancha kichik.
    Ko‘pgina RFKlarda qo‘shimcha video olish funksiyasi ham mav-
    jud. Bu xususiyat, albatta, videokamera tomonidan yozilgan video bilan 
    raqobatlashmaydi, lekin ba’zida hatto bunday sifatli material ham ta’lim 
    maqsadlarida foydalanish uchun qimmatli bo‘lishi mumkin. RFK-ni 
    suratga olishda standart kadr tezligi soniyasiga 15 kadrga o‘rnatiladi. 
    Ko‘pincha, yozish MPEG formatida amalga oshiriladi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish