• 2.6.9. Raqamli fotoapparat
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    2.6.8. Ko‘p funksiyali qurilmalar
    Ko‘p funksiyali qurilma (KFQ) – bu, printer, skaner va nusxa 
    ko‘chirish apparati funksiyalarini birlashtirgan qurilma (2.40-rasm) 
    hisoblanadi.
    Ba’zi KFQlarda o‘rnatilgan faks mashinasi ham mavjud. Shu 
    tufayli KFQlar so‘nggi paytlarda nafaqat ofis ehtiyojlari uchun, balki 
    uyda foydalanish uchun ham talab ortib bormoqda.
    KFQni tanlashda siz chop etish usuliga alohida e’tibor berishingiz 
    kerak. Chop etish usuliga ko‘ra, KFQlar purkovchi va lazerliga 
    bo‘linadi. Zamonaviy purkovchi KFQlar rangli hujjatlarni nusxalash va 
    chop etish imkonini beradi. Ular lazerli KFQlardan biroz arzonroq va 
    bardoshli bo‘ladi. Purkovchi KFQlar uy tizimlari va katta hajmli chop 
    etish talab qilinadigan kichik ofislar uchun tavsiya etiladi va ixchamligi 
    va qulayligi uning ustuvor ko‘rsatgichlari hisoblanadi.
    Lazerli KFQlar purkovchidan farqli o‘laroq, monoxrom va rangli 
    ko‘rinishda bo‘ladi. Monoxrom lazerli KFQlar, purkovchi KFQlar 
    kablar rangli skanerlay oladi, lekin faqat qora siyoh bilan chop etadi. 
    Lazerli KFQlar yuqori tezlikda chop etish imkoniyatiga ega. Bunday 
    qurilmalar ko‘pincha bosma hujjatlarning katta oqimini ta’minlash 
    zarur bo‘lgan ofislarda qo‘llaniladi.
    2.40-rasm. Ko‘p funksiyali qurilmalar.


    92
    Rangli lazerli KFQlar Hi-End sinfiga tegishli. Ular lazer printerla-
    rining yuqori mahsuldorligi va tejamkorligini rangli hujjatlarni chop 
    etish va qabul qilish imkoniyati bilan birlashtiradi. Rangli lazerli 
    KFQlar ko‘p miqdorda rasmlar, broshyuralar va rangli jadvallar talab 
    qilinadigan ofislarda foydalidir.
    Ba’zi KFQlarda o‘rnatilgan tarmoq kartasi mavjud bo‘lib, kompyu-
    tersiz tarmoqda bunday qurilmadan foydalanish imkonini beradi.
    2.6.9. Raqamli fotoapparat
    Raqamli texnologiyaning juda qisqa vaqt ichida jadal rivojlanishi 
    bozorga an’anaviy fotoapparatlarga to‘liq raqobatbardosh raqamli 
    analoglarni paydo bo‘lishiga olib keldi (2.41-rasm).
     2.41-rasm. Raqqamli fotoapparat. 
    Har qanday raqamli kameraning “yuragi” CCD (charge-coupled de-
    vice – 
    zaryad-bog‘lamali qurilma
    ) asosidagi fotosezgir mat ritsadir. 
    Odatda kameralar 1/3 duyumli CCD dan foydalanadi. Bu qurilma 
    yorug‘lik to‘lqinlarini elektr impulslariga aylantiruvchi elementlardan 
    iborat. Ya’ni analog-raqamli konvertor – elektr zar yadlarini raqamli 
    ma’lumotga aylantiradi.
    Matritsalarning o‘zi yangi ixtiro emas. Fizikaviy tajribalar uchun 
    ular uzoq vaqtdan beri paydo bo‘lgan. Xususan, yuqori energiya 
    fizikasida va videokameralarda asosiy asbob sifatida qo‘llanilgan.
    An’anaviy fotokameralarda bo‘lgani kabi, raqamli fotokameralar 
    kadrining sifatini asosan obyektiv sifati bilan belgilanadi. O‘rtacha, 


    93
    havaskor darajadagi kameralar (yuqori va past rezolutsiyali) fokus 
    uzunligi taxminan 5 mm bo‘lgan linzalar (bu an’anaviy plyonkali kino 
    kameralarining 35 mm linzalarining fokus uzunligi bilan taxminan bir 
    xil) va o‘zgarmas diafragma bilan jihozlangan. Ba’zi modellarda zoom 
    (mashtab) linzalari mavjud, ammo ular qimmatroq. Odatda, ekspozitsi-
    ya tezligi (nur to‘plash vaqti) avtomatik ravishda sozlanadi.
    Havaskor raqamli kameralardagi linzalar kino linzalaridan juda 
    oz farq qiladi. (2.41-rasmga qarang). Yarim professional qurilmalarda 
    avtomatik sozlamanalarni o‘chirish va aniqligini, diafragmani hamda 
    tutulish vaqtini qo‘lda sozlash qobiliyatiga ega yuqori sifatli optika 
    o‘rnatiladi (2.42-rasm).
    Avtomatik raqamli, qisqa fokusli, o‘zgarmas diafragma obyek tivlari 
    bilan jihozlangan, havaskor kameralar bilan o‘zga ruvchan yorug‘lik 
    sharoitlarida bir xil yuqori sifatli tasvirlarni olish qiyin. Bu kameralar 
    oddiy fotoapparatlar kabi yorqin quyosh nurida yaxshi ishlaydi.
     2.42-rasm. Professional raqamli kamera (“SLR”), “Rentgen”
    .
    Ko‘pgina zamonaviy raqamli fotokameralar LCD displeyga ega. 
    Ular ikkita asosiy funksiyani bajaradilar: xotiraga saqlangan rasmlarni 


    94
    qayta ko‘rish va optik videoqidiruvdagi tasvirni qayta aks ettirish. Dis-
    pley yordamida kamerani kerakli obyektga yo‘naltirish ancha qulayroq. 
    Biroq, LCD ikkinchisi juda ko‘p energiya talab qiladigan qurilma his-
    oblanadi va batareyalar (yoki akumliyator-qayta zaryadlanuvchi batar-
    eyalar) tezda tugaydi. Displeyli deyarli barcha ilg‘or kameralarda ekran 
    menyulari mavjud bo‘lib, ular yordamida tasvir bilan ishlash variantla-
    rini tanlash amalga oshiriladi.
    Olingan fotosuratlar kameraning fesh-xotirasida saqlanadi. Foyda-
    lanuvchi nuqtayi nazaridan eng jozibadori almashtiriladigan Smart Me-
    dia – xotira kartalari bo‘lgan qurilmalardir. Ushbu kartalarning hajmi 
    2,4 dan 8,0 MB gacha, barchasi bir xil o‘lchamda. O‘rtacha 1024x768 
    pikselli 4 –10 kadr yoki 640x480 pikselli 20 – 40 kadrlar (kamerada ish-
    latiladigan siqilish darajasiga qarab) 2 MB li Smart Media-kartaga eslab 
    qolish mos keladi. Kodak o‘zining Kodak Picture Card deb nomlangan 
    standart fesh-kartasini ishlab chiqaradi. Ular Smart Media-dan biroz 
    kattaroq bo‘lib, 2 va 4 MB sig‘imlarga ega. Kodak kartalari an’anaviy 
    kartalardan qaraganda kuchliroq va ishonchliroq, ammo boshqa ishlab 
    chiqaruvchilar bu standartni qo‘llab quvatlamayapti.
    Aksariyat fotokameralar tasvirlarni uzatish uchun kompyuterning 
    ketma-ket (COM) portidan foydalanar edi hozir esa universal ketma-ket 
    port – USB qo‘llanilyapti. Portning past tarmoqli kengligiga qaramay, 
    bu jarayon uzoq davom etmaydi. Aloqa paketlaridan tashqari, ko‘plab 
    kameralar TWAIN drayverlari bilan birga keladi. Bu esa ularni ska-
    ner sifatida ishlash imkonini beruvchi har qanday grafik paketlardagi 
    kameralar bilan ishlash imkonini beradi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish