• 2.6.11. Raqamli videokameralar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    2.6.10. Veb-kameralar
    Veb-kamera (2.43-rasm). Tarmoq ilovalarini multimedia bilan ish-
    lash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda asosiy e’tibor uzatiladigan ma’lu-
    motlar (tovush va tasvir) sifatiga emas, balki ularni uzatish tezligiga 
    qaratigan. Oxirgi jihati ya’ni past tezlikda ishlovchi liniyalar orqali uza-
    tishi juda muhimdir. Veb-kameralar internetdan foydalanuvchi uchun 
    video konferensiyasidan tortib, telemetriya qurilmalari asosiy element-
    larigacha (masalan, veb-kamerada uy quriqlash, xavfsizlik tizimining 
    komponenti sifatida foydalanishi mumkin) bo‘lgan ko‘p maqsadlarga 
    erishish imkoniyatini yaratadi.
     2.43-rasm. Veb-kamera.


    98
    Qoida tariqasida, kamera o‘zining barcha imkoniyatlarini qurilma-
    dan siqib chiqaradigan dasturiy ta’minot bilan birga keladi: video va 
    ovozni yozib olish (alohida yoki agar o‘rnatilgan mikrofon bo‘lsa), tar-
    moqqa video oqimni uzatish, veb-albom va fotosuratlar yaratish kata-
    loglari, pochta hamda multimedia ilovalari bilan ishlash.
    Deyarli barcha qurilmalar mashhur USB portidan foydalanadi.
    Hozirgi vaqtda simsiz ma’lumotlarni uzatish texnologiyalaridan 
    foydalanadigan veb-kameralar ham keng tarqalgan. Barcha kameralar 
    taklif qiladigan standart 640x480 piksellarda elektron pochta orqali 
    yuborilishi mumkin bo‘lgan kichik videolarni suratga olish uchun ideal 
    moslashlatirilgandir. Qimmatroq modellar 1,3 million pikselli matritsa-
    ga ega va katta hajmdagi fotosuratlar olish imkonini ham beradi.
    2.6.11. Raqamli videokameralar
    Videokameralarning o‘ziga xos xususiyatlari bor – ularning sifatini 
    faqat raqamli (miqdoriy) mezonlar bilan tavsifab bo‘lmaydi. Subyektiv 
    baholashsiz videokamerani tanlash deyarli mumkin emas.
    Video yozish formatlari.
    Raqamli kameralarda hozir keng tarqal-
    gan to‘rtta video yozish formatlari mavjud. Keling, ularning har biri-
    ning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rib chiqaylik.
    MiniDV (2.44-rasm) – raqamli videokameralar uchun eng mashhur 
    va qulay format hisoblanadi. Kassetalarga yozib olish DV (Digital Vid-
    eo) formatida amalga oshirilardi, unda ma’lumotlar har bir kadr uchun 
    alohida siqiladi, bu esa tasvirni tahrirlashni qulay va oson qiladi.
    Filmni montaj-tahrirlash ishlarini kadrlar aniqliqligida bajarish 
    mumkin va bunda kuchli hamda qimmat kompyuter talab qilinmaydi. 
    Oldin barcha ishlab chiqaruvchilar ushbu formatda videokameralar ish-
    lab chiqarardilar.
    HDV formatidagi videokamera (2.45-rasm) videoni ikki format-
    da yozib olishi mumkin: 1440x1080 piksel o‘lcham (rezolutsiya)larda 
    MPEG2 siqish asosidagi HDV (High Definition Video – 
    yuqori aniqlik-
    dagi video
    ) va 720x576 pikselli standartidagi DV formatlarida. Ayrim 
    televizorlar ekranida HD videoni ko‘rsatishda tasvir gorizontal ravish-
    da 1920x1080 pikselgacha cho‘ziladi.


    99
    Rangli raqamli videokamera uchta CCD sensoridan (zaryadi bog‘liq 
    qurilma matrisasi) iborat bo‘ladi. Masalan, uchta 1/3 dyuymli (8,5 mm 
    li), 1 megapikselli CCD sensorlarining har biri o‘z asosiy rang spektr 
    qismini ajratib to‘la rangni qayta tahlil qilib chiqadi. Natijada, haddan 
    tashqari issiq yoki sovuq rang tonlariga o‘tishisiz ranglarning aniq re-
    produktsiyalash (qayta tiklash) mumkin.
    Avvalgi videokameralar komponentli video chiqishi analog rang 
    ayrima formati YUV (Y – yorqinlik, U= B-Y va V=R-Y) bilan jiho-
    zlanardi. Chunki, HD tasvirni eski turdagi televizor yoki proyektorda 
    ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan bo‘lardi. Unda chiqish analog bo‘lsada, 
    komponentlarni ajratish Perilel ulagichidan foydalanishga qaraganda 
    yaxshiroq tasvir sifatiga erishiladi. Axir, unda yorqinlik (qora va oq) 
    va rang signallari alohida uzatiladi. Hozirda HDV videokameralarida 
    signal sifatini yo‘qotmaslik uchun raqamli HDMI (High definition mul-
    timedia interface) chiqishlari ishlatiladi.
     2.44-rasm. MiniDV Raqamli videokamerasi.


    100
    2.45-rasm. HDTV kamerasining ko‘rinishi
    MicroMV formatidagi videokameralar (2.46-rasm) faqat Sony tomoni-
    dan taklif etilyapti. Ular juda kichik, hatto, miniatyurali, lekin videokamer-
    aning ultra miniatyura o‘lchami, albatta, ekstremal sayohat ishqibozlari va 
    sakrash yoki uchish sportchilari uchun aniq afzalliklarga egadir.
    Oddiy sharoitlarda bunday kameralar bilan suratga olish noqulay, 
    chunki qo‘l deyarli kameraning og‘irligini sezmaydi va keraksiz qimir-
    lashlarni sezib doimo hamma yo‘nalishlarda harakatlanadi. MicroMV 
    kamerasini boshqarish ham unchalik qulay emas, inson barmoqlari bu-
    ning uchun juda katta. MicroMV kameralarining eng muhim kamchiligi 
    bu videoni mikrokasetali lentaga yozib olishning nostandart – MPEG-2 
    Transport Stream formatini qo‘llanishida. Bunday videokamerada yo-
    zilgan video faqat Sony kompaniyasining maxsus dasturida va faqat bir 
    nechta video muharrirlari tomonidan tushuniladi.
     2.46-rasm. Raqamli videokamera MicroMV


    101
    MicroMV formatini qo‘llab-quvvatlash boshqa video muharrir larga 
    qo‘shilishiga qaramay, microMV kameralaridan videoni tahrirlash bi-
    lan bog‘liq muammolar va qiyinchiliklar MPEG formatining o‘ziga xos 
    xususiyatlari tufayli saqlanib qolingan. MiniDV kameralaridan farqli 
    o‘laroq, televizordagi tahrirlangan materialni kamera orqali vi deo 
    muharriridan to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rish ham mumkin emas. MicroMV 
    kameralari uchun kassetalar raqamli kameralar uchun boshqa kassetalar-
    dan ikki baravar qimmat turadi va ularni sotuvda topish oson emas edi.
    Ideal yoritilgan holatdan tashqari boshqa yorug‘lik sharoitida mi-
    croMV kameralari bilan suratga olish sifati, boshqa zamonaviy vi-
    deokameralardan ancha pastdir.
    DVD formatidagi videokameralar (2.47-rasm) dastlab Hitachi fir-
    masi tomonidan ilgari surildi, keyin Sony shunga o‘xshash kameralar 
    chiqarilishini e’lon qildi, keyinroq esa boshqa kompaniyalar tomonidan 
    ham ishlab chiqarilishi haqida e’lonlar paydo bo‘ldi.
    Daslabki DVD kameralarning bir nechta muhim kamchiliklari bor 
    edi. Birinchidan, MPEG-2 formatida kompyuterda yozish qulay emas va 
    yo‘qotishsiz video tahrirlashni ta’minlanmaydi. Ikkinchidan, ozgina yax-
    shiroq sifatda suratga olish bitta diskda atigi yarim soatlik videoni taxmi-
    nan o‘sha vaqtda qimmat turadigan diskda yozib olishga olib kelar edi.
    Aslida, miniDVD kameralargacha, avvalgi DVD kameralar ma’lum 
    nuqtayi nazarda analog videokameralargacha bo‘lgan holat ga qaytdi, 
    chunki DVD kameralarining reklama qilingan eng katta afzalligi faqat 
    videomagnitofonlardan foydalanish qulayligidir (DVD pleyerli video-
    magnitofon bilan almashtirilgan). Shubhasiz, DVD pleyerda ijro etish 
    sifati VHS videomagnitofoniga qaraganda ancha yaxshi. Kompyuter-
    da videoni tahrirlash uchun siz analog videokameralarda ishlash uchun 
    talab qilinadigan usullar bilan taqqoslanadigan ayyorliklarga murojaat 
    qilish kerak bo‘ladi. Shuning uchun, DVD videokamerasini sotib olish, 
    agar suratga olishdan keyin videoni tahrirlash talab qilinmasa va DVD 
    pleyer bo‘lsa yoki kamera bilan birga sotib olish rejalashtirgan bo‘lsa-
    gina, oqilona bo‘ladi.
    Yana bir keng tarqalgan raqamli kamera – HDD (Hard Disk Driver) 
    kameralari (2.48-rasm) bo‘lib, hajmi 100 GB gacha bo‘lgan o‘rnatilgan 
    qattiq diskda video yozib olinadi.


    102
    Ushbu kameralar 10x karrali optik zum (katalashtirish) obyektivi bilan 
    jihozlangan bo‘lib, bu ob’ektlarning sezilarli uzoq masofada aniq tasviri-
    ni olish imkonini beradi. Qo‘llarning mikro-harakatidan kelib chiqadigan 
    yuqori kattalashtirishda tasvir xiralashishini oldini olish uchun kamerada 
    tasvirni barqarorlashtirish (stabilizatsiya) tizimi o‘rnatilgan. Shuningdek, 
    ular 2,1 megapikselli “ClearVid” CMOS ekran sensori (tochpad) va 2,7 
    dyumli keng ekranli LCD displeyga ega bo‘lishi mumkin. Qo‘shim-
    cha fotosuratlarni saqlash uchun ishlatiladigan Memory Stick Duo kabi 
    zamonaviy xotira “fesh” kartalarini qo‘llash mumkin. Bundan tashqari, 
    HDD kameralari 5.1-kanalli Dolby Digital sifatli ovoz va videoni sekin 
    harakatda yozib olishi imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    2.47-rasm. DVD formatli 
    raqamli videokamera.
     2.48-rasm. HDD formatli kamera.
    Gibrid videokamera (2.49-rasm) video ma’lumotlarning tashuvchi-
    si sifatida turli manbalardan foydalanish imkonini beradi: SDHC karta-
    lar, HDDlar, Blu-ray disklar va hokazolar. Ular 60 megapikselli CMOS 
    sensori bilan jihozlangan bo‘lib, ular 1920x1080 (Full HD) o‘lchamli 
    va 6000x4000 pikselgacha MPEG-4 yoki AVCHD formatda SDHC/ 
    BD yoki 30 Gb xotira sig‘imi bo‘lgan qattiq diskka video yozish im-
    koniyatini berib, to‘rt soatdan ortiq video yozish uchun yetarlidir.
    Bunday videokamera yuzni aniqlash, optik stabilizatsiya, tasvirni 
    tahrirlash funksiyalariga ega va materialni HD qurilmadan DVD-ga 
    nusxalash imkonini beradi (maxsus o‘rnatilgan transkoder yordamida).

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish