O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/176
Sana17.05.2024
Hajmi6,82 Mb.
#239848
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   176
Bog'liq
F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

6. Barabanli skanerlar. 
Ular juda katta aylanish tezligida (1350 
rpm (revolutions per minute – aylanish bir minutda) gacha) aylanadigan 
shaffof shisha yoki plastmassa barabanlar, tashqarida (shaffof materiallar 
uchun) yoki ichkarida (shaffofmas materiallar uchun) tanlangan 
spektrdagi maxsus lampalar va fotoelektron ko‘paytiruvchi trubkalari 
(PMT – Photomultiplier tube) ko‘rinishi dagi yorug‘lik detektorlari) 
shunga o‘xshash skanerlarning boshqa har qanday yorug‘lik detektorlari 
sinfiga qaraganda sezgich darajada yuqori sezuvchanlikka ega. Baraban 
skanerlarida slaydlar, negativlar yoki fotosuratlar barabanning ichki 


90
yuzasiga yopishqoq lenta va maxsus gellar yordamida yopishtiriladi, 
ular (shaffof asl nusxalarda) sirtga juda mahkam yopishishini 
ta’minlaydi va Nyuton halqalari deb ataladigan interfrensiya paydo 
bo‘lishi, ya’ni aralashuv artefaktlari oldini oladi. Bularning barchasi 
barabanli skanerlaridan yaxshi piksellar sonini (10000 dpi gacha) 
va dinamik diapazon 4D(80 dB=1:10000) ga yaqinlashishi mumkin 
bo‘lgan slaydlargacha bo‘lgan har qanday shaffof asl nusxalarni qamrab 
oladigan dinamik diapazonni olish imkonini beradi. Yirik nashriyotlar 
faqat yuqori sifatli bosma mahsulotlar uchun barabanli skanerlardan 
foydalanadilar. Biroq, ularning narxi sizni sotib olish haqida o‘ylashga 
majbur qiladi. Masalan, hozirda O‘zbekistonda Scan view scanmale 
11000 Bundle baraban skanerining narxi 23 ming dollardan oshadi, 
biroz kuchliroq FUJIFILM FUJI Celsis 6250 CASC esa 82 ming dollar 
turadi. Bundan tashqari, ular doimiy malakali texnik xizmat ko‘rsatishni 
talab qiladi. Shuningdek, yuqori malakali mutaxassis operatorlar 
zarur bo‘ladi. So‘nggi paytlarda bozorda baraban skanerlarining 
biroz soddaroq va arzonroq ekvivalentlari – ish stoli skanerlari paydo 
bo‘la boshladi. Ular qoida tariqasida, yakuniy natijasi katta barabanli 
skanerlardan biroz pastroq, ammo ular skanerlash maydonida jiddiy 
cheklovlarga ega.
Imacon (Daniya) ixtisoslashgan virtual barabanli skanerlar ham mavjud. 
Bunday skaner taxminan 10 – 12 ming dollar turadi (ya’ni, an’anaviy 
baraban skanerlaridan arzonroq). Biroq, bir qator mutaxassislarning 
fikriga ko‘ra, u baraban skanerlariga qaraganda bosmaga chiqarish sifati 
sezilarli darajada past. Asl nusxalarni olib saqlash, CCD (charge-coupled 
device – 
zaryad-bog‘lamali qurilma
) matritsadan foydalanish va ranglarni 
sinxronlashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mexanik nosozliklar 
bilan bog‘liq muammolar ham mavjud.
Albatta, mutaxassislarga skanerlashni buyurtma qilishingiz va 
natijaga qarab ishni qabul qilishingiz mumkin (agar siz qimmat va 
noyob asl nusxalarni qo‘lingizdan chiqarishdan qo‘rqmasangiz, chunki 
ular buzilishi mumkin). Ammo shuni yodda tutish kerakki, skanerlash 
bo‘yicha mutaxassis, masalan, san’at tarixida xabarsiz odam bo‘lib 
chiqishi va artefaktni bo‘rtirib, uning asosiy xususiyatlarini hisobga 
olmasdan raqamlashtirishni amalga oshirishi mumkin.


91

Download 6,82 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   176




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish