86
hosil bo‘lgan siyoh tomchisining shakli va
hajmini va uning sahifaga
qanday tushishini nazorat qilishni osonlashtiradi. Forsunkadan siyoh
chiqarilgandan keyin quvvat o‘chiriladi va natijada elektrod soviydi, bu
esa yangi siklni boshlash imkonini beradi.
2.38-rasm. Forsunkalar ish jarayonini multiplikasiyasi.
Epson o‘zining texnologiyasini piezo yoki mikro piezo texnologiyasi
deb ataydi. Bu yerda chop etish kallagi elektrga sezgir piezoelektrik
kristal tomonidan faollashtiriladigan kichik pin(oyoqcha)lar tizimidan
iboratdir. Kristallar ularga qo‘yilgan kuchlanishga qarab shaklini
o‘zgartiradi.
Kallak qismi quvvatlanganda, siyoh kamerasi ichidagi
plastinka oldinga va orqaga harakat qiladi hamda suyuqlik ustida
bosim hosil qiladi. Shunday qilib, siyoh chiqish joyiga bosh qismining
oxiridagi teshikka o‘tiladi. Quvvat o‘chgan vaqtda plastinka asl holatiga
qaytadi. Bunda birinchidan, kamera ichidagi siyohni tashqi siyohdan
ajratib turadigan (bu yanada sifatli tomchi
hosil qilish uchun talab
qilinadi) surish hosil qiladi va ikkinchidan, kamerani yana siyoh bilan
to‘ldiradi. Aytishimiz mumkinki, kamera ichidagi plastinka tebranadi
va tomchilar soni tebranish chastotasiga bog‘liq. Tomchi hajmi ham
o‘zgarishi mumkin va plastinka tomonidan ishlab chiqarilgan bosimga
yoki plastinka harakatlanadigan oqim kuchiga bog‘liq.
Ikkala holatda ham ko‘p narsa siyoh sifatiga bog‘liq. Ularning
suyuqligi yoki yopishqoqligi, bug‘lanish qobiliyati, issiqlikka reak siyasi
va pigmentatsiyasi
tomchilarning shakli, o‘lchami, mustahkamligi
va rangning yorqinligiga ta’sir qiladi. Shuning uchun siz mos
keluvchi siyohdan foydalanganda, ba’zida siyoh sifati “asl” siyohdan
foydalangandagidek yuqori bo‘lmaydi.
87
Zamonaviy purkovchi printerlar maxsus fotoqog‘ozda
yuqori
sifatli suratga olish va CD yoki DVD larning tashqi qismidagi (yuziga)
tasvirlarni chop etish imkonini beradi. Tasvirlarni kompyuterdan
foydalanmasdan bevosita raqamli kameralar yoki xotira kartalaridan
yuklab olishingiz mumkin.
Printer turini tanlashda siz chop etish hajmiga e’tibor qaratishingiz
kerak. Agar printer uyda foydalanish uchun yoki kichik bosma hajmi
bo‘lgan kichik ofis uchun sotib olingan bo‘lsa,
u holda purkovchi
printerni sotib olish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Agar chop etish hajmi
yetarlicha katta bo‘lsa va kuniga 20 sahifadan ortiq bo‘lsa, lazerli
printerni sotib olish yaxshiroqdir. Bu holda
bitta chop etish narxi
kamroq bo‘ladi va uning sifati yuqori bo‘ladi.