• Lazerli printerlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    2.6.6. Printerlar
    “Qattiq nusxa” olish uchun ma’lumotni chiqarish asosiy quril masi 
    printerdir. Displeydan farqli o‘laroq, printer (ingliz tilidan print – chop 
    etish) qog‘ozda chop etilgan nusxa hujjatni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda 
    shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan lazerli (shu jumladan, 
    LED-nur diodli) va purkovchi (struyali) printerlar hisoblanadi.
    Lazerli printerlar
    . Zamonaviy lazer printerlari ideal bosib 
    chiqarish sifatini ta’minlaydi, bu esa ularni ofsetli bosma uchun asl 
    nusxalarni tayyorlashda foydalanish imkonini beradi (2.32-rasm). 
    Ularning ishlash prinsipi va nusxa ko‘chirish mashina qurilmalariga 
    o‘xshaydi, lekin chiroq o‘rniga ular kam quvvatli lazer nuridan 
    foydalanadilar. 2.33-rasmda tasvirni hosil qilish tizimining sxematik 
    chizmasi keltirilgan.
    Tasvirni hosil qilish jarayoni olti bosqichdan iborat:
    ■ zaryadlash;
    ■ tasvirni hosil qilish (экспонирование);
    ■ chiqarish;


    78
    2.32-rasm. Rangli lazerli printer.
    2.33-rasm. Tasvirni shakllantirish tizimining sxemasi: 1 – motor; 
    2 – lazer; 3 – burish prizmasi; 4 – yo‘naltiruvchi linzalar tizimi
    5 – buriluvchi oyna; 6 – selenli baraban; 
    7 – toner barabani; 8 – qog‘oz.
    ■ o‘tkazish;
    ■ tozalash:
    ■ mahkamlash.
    Ushbu toifadagi lazerli printerlar deyarli tovushsiz, yuqori chop 
    etish tezligi, avtomatik qog‘oz beruvchi va chop etish uchun nusxalar 
    sonidan tortib avtomatik hisoblagichgacha bo‘lgan bosib chiqarish 
    parametrlarining keng doirasini o‘zgartirish imkonini beruvchi ko‘p 
    sathli menyu tizimiga ega. Chop etish parametrlarini boshqarish apparat 
    tomonidan emas, balki dasturiy ta’minot orqali maxsus dastur – bosib 
    chiqarish menejeri (bosma dispetcheri) yordamida amalga oshiriladi.


    79
    Lazerli printerlar qora va oq (monoxrom) chop etish hamda to‘liq 
    rangli reproduktsiyani ta’minlay oladi. Biroq, rangli printerlarning 
    narxi monoxromlar narxidan bir necha baravar qimmat, shuning uchun 
    ular ko‘pchilik ofislarda amalda qo‘llanilmaydi.
    Bosma asl nusxalarni rangli chop etishga tayyorlash hali ham 
    ranglarni qisimlarga ajratish operatsiyasini o‘z ichiga oladi. Rangli asl 
    nusxadan uchta asosiy monoxrom rang ajratib olinib, uchta nusxaga 
    “bo‘linadi”: qizil, yashil va ko‘k. Juda yuqori sifat talab qilmaydigan 
    bezatish ishlari uchun rangli inkjet(purkash) orqali bosib chiqarish 
    imkoniyatlari etarli.
    Eng mashhur lazer printerlari kompaniyasi Hewlett Packard bo‘lib, 
    u HP harfari bilan boshlangan lazer printerlarining oilasini yaratgan.
    Lazerli printer uchun sarfanadigan material – bu, kartrijda 
    joylashgan maxsus bo‘yoq kukuni (toner)dir. Printer brendiga va bitta 
    kartrijdagi nashrlarning to‘yinganlik darajasiga qarab, bitta kartrij
    3 – 5 ming varaqni chop etish uchun yetarli. Shundan so‘ng siz kartrijni 
    to‘liq almashtirishingiz yoki uni toner bilan to‘ldirishingiz kerak, 
    lekin narxida juda yuqori farq bo‘lsa-da, kartrijni almashtirish afzal 
    muqobil variant hisoblanadi. Ko‘pgina kartrijlar, ixtisoslashgan xizmat 
    ko‘rsatish markazlarida amalga oshiriladigan toner bilan, bir necha 
    marta to‘ldirish imkonini beradi.
    Tonerni bo‘yoq kukuni bilan to‘ldirish soni beshdan etti martagacha 
    bo‘lishi mumkin. Keyinchalik baraban va boshqa komponentlarning 
    eskirishi tufayli bosilgan qog‘ozlardagi tasvirning sifati pasayadi. Bu 
    holatni kutishning hojati yo‘q – xizmat ko‘rsatish markazlari odatda 
    tonerni bo‘yoq kukuni bilan to‘ldirish paytida kartrijni tozalaydi va 
    tashxis qo‘yadi. Kartrijning ishlash muddati tugagach, uni qayta tiklash 
    mumkin. Shundan so‘ng u yana bir nechta tonerni bo‘yoq kukuni bilan 
    to‘ldirish mumkin. Keyin ishlatilgan kartrijni to‘liq almashtirish kerak 
    bo‘ladi. Biroq, ko‘plab tashkilotlar hatto eskirgan kartrijlar bilan ham 
    xayrlashishga shoshilmayaptilar – ular yuqori sifatini talab qilmaydigan 
    qo‘llama materiallarni chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.
    Kartrijni toner bilan o‘z-o‘zidan to‘ldirish amaliyoti noto‘g‘ri deb 
    tan olinishi kerak – pulni ozgina tejash qimmat qurilmaning ishdan 
    chiqishiga olib kelishi mumkin.


    80
    Lazerli printerlardan foydalanganda, ular qog‘oz sifatiga juda 
    sezgir ekanligini yodda tutish zarur. Printerning texnik hujjatlari odatda 
    og‘irligi kamida 80 g/m
    2
    bo‘lgan qog‘ozdan foydalanish talablarini 
    belgilangan. Past sifatli qog‘ozdan foydalanganda, chop etish sifatining 
    muqarrar ravishda yomonlashishiga qo‘shimcha ravishda, varaq 
    yarim yo‘lda tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin. Unda tiqilgan 
    qog‘oz varag‘ini olib tashlash va foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga 
    muvofiq amalga oshirilishi kerak. Ammo shuni yodda tutish kerakki, 
    yupqa, bo‘shashgan qog‘oz olib tashlash jarayonida muqarrar ravishda 
    yirtiladi, bu esa printerni ta’mirlash zarurligiga olib keladi.
    Har bir yangi modellida, lazer printerni boshqarish, tobora oson-
    lashmoqda. Odatda, printerda manbani yoqish tugmasi, uning ishlash-
    ining bir nechta holat ko‘rsatkichi indikatorlari, favqulodda ma’lumo-
    tlarni qayta tiklash (Reset) va matnni chop etish tugmalari mavjud. 
    Oddiy ish paytida bu tugmalar ishlatilmaydi, faqatgina printerni yoqish 
    kerak xolos. Ba’zi ofis printerlarida quvvat tugmasi ham yo‘q. Prin-
    terni o‘rnatgandan so‘ng, u oddiygina o‘zi manba tarmog‘iga ulanadi. 
    Kompyuterdan signal bo‘lmasa, u kutish rejimiga o‘tadi va uzoq vaqt 
    davomida bu holatda qolishi mumkin.
    Lazerli printerlarning asosiy xususiyatlari:
    ■ rezolyutsiya yoki ruxsat etish qobiliyati. Bu printerning asosiy 
    xarakteristikasi bo‘lib, u dyuymdagi nuqtalar soni bilan o‘lchanadi
    (DPI – Dot Per Inch). Qilingan nashrning sifati unga bog‘liq. Zamonaviy 
    lazer printerlari kamida 600 dpi nuqta(piksel)lar sonini ta’minlaydi, 
    lekin odatda ruxsat etish qobiliyati undan ham ancha yuqori;
    ■ bosib chiqarish tezligi. Printer modeliga qarab, chop etish 
    tezligi daqiqada 4 – 5 dan 14 va undan ortiq sahifalar oralig‘ida 
    bo‘lishi mumkin. Printerning chop etish tezligi uning elektromexanik 
    qurilmalariga, xotira hajmiga va komputerning tizimli bloki bilan 
    ma’lumot almashish tezligiga bog‘liqdir;
    ■ qog‘oz o‘lchami. Printerlar uchun eng keng tarqalgan qog‘oz 
    o‘lchami A4, A3 va undan katta formatdagi qog‘ozdan foydalana digan 
    printerlar qimmatligi tufayli kamdan kam qo‘llaniladi;
    ■ rangli bosma mavjudligi. Eng keng tarqalgan monoxrom (oq-
    qora) printerlar, rangli printerlar juda kam qo‘llaniladi. Gap shundaki, 
    ranglarni ajratish texnologiyasi hatto rangli bosma nashrlarning asl 


    81
    maketlarini tayyorlash uchun ham qo‘llaniladi. Bunday holda, maxsus 
    dasturiy ta’minot yordamida asl rang qo‘shimcha ranglarga mos 
    keladigan uchta monoxrom rangga bo‘linadi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish