74
Xonaning istal gan joyida bo‘lgan bunday klaviatura yordamida
foydalanuvchi nafaqat matn terishi, balki turli xil ilovalarni osongina
boshqarishi mumkin. Chunki bitta qurilma bilan ishlash ikkitadan ko‘ra
qulayroqdir. Bundan tashqari, simsiz klaviatura internet ilovalari bilan
ishlash va multimedia dasturlarini boshqarish uchun qo‘shimcha tezkor
tugmalar bilan jihozlanadi.
Zamonaviy simsiz to‘plamlarda klaviatura va sichqonchadan
tashqari masofadan boshqarish pulti (RC-remote control) mavjud.
Klaviatura odatda past profilli bo‘lib, ammo shunga o‘xshash ko‘pgina
modellardan farqli o‘laroq, tugmachalari biroz balanroq joylashtirilgan.
Sichqoncha ikkita asosiy tugmaga ega: aylantirish g‘ildiragi (4D)
va (orqada tamonida) minimal kechikishlar bilan ishlaydigan o‘chirish
kaliti.
Masofadan boshqarish pultini faollashtirish uchun siz qo‘shimcha
dasturiy ta’minotni o‘rnatishingiz kerak. Dasturlarni ishga tushirish,
qo‘shimcha tugmalar funksiyalarini sozlash va masofadan boshqarish
pultini o‘z maqsadiga muvofiq ishlatish uchun standart media
pleyerni tanlashingiz mumkin. U musiqalarni “orqaga o‘tkazish”,
ovoz balandligini o‘zgartirish, ilovalarni ochish-yopishni bajaradi.
To‘plam bilan ta’minlangan dasturiy ta’minot odatda turli funksiyalarni
muvaffaqiyatli sozlash imkonini beradi.