• 5. Slayd skanerlari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    4. Planetar
    skanerlar
    . Bu kitoblarni va boshqa bog‘langan 
    asl nusxalarni skanerlash uchun maxsus skanerlar bo‘lib, “kitob 
    skanerlari” deb ham ataladi. Ular asl ushlagichdan (tekis stol yoki 
    kitob qalinligiga mos ravishda sozlanishi mumkin bo‘lgan V shaklidagi 
    kitob uchun “belanchak”dan), shtativga o‘rnatilgan yuqori aniqlikdagi 
    raqamli kamera va yoritish moslamalaridan iborat.
    Bu kitoblarni va 
    boshqa nozik muzey hujjatlari asl nusxalarni skanerlash uchun maxsus 
    skanerlar bo‘lib, ular “kitob skanerlari” deb ham ataladi. Bunday 
    skanerlar, ayniqsa, noyob muzey hujjatlariga ishlov berishda, shu 
    jumladan varaqlarni (masalan, eski fotosuratlar) skanerlash uchun mos 
    keladi, chunki birinchidan, asl nusxalar jihoz bilan aloqa qilmaydi
    ikkinchidan, yorug‘lik spektri, lampalar va yorug‘lik vaqtini keng 
    doirada o‘zgartirib sozlash mumkin. Planetar skanerlarining bir turi – 
    proyeksiya skanerlari hisoblanishi mumkin. Maxsus raqamli kamera 
    va yoritish tizimining konstruksiyasi(tuzilishi) har qanday sirtga


    89
    shu jumladan vertikalga yo‘nalishga ham harakatlashtirish mumkin. 
    Aslini olganda, bu maxsus, skanerlash uchun moslashtirilgan, raqamli 
    kameradir. Ba’zi hollarda universal raqamli kameralar, agar ularning 
    xarakteristikalari (ravshanligi, sezgirligi, shovqin miqdori, fotografik 
    kenglik) raqamlashtirishning istalgan sifatiga mos keladigan bo‘lsa, 
    ularni skanerlash uchun foydalanish mumkin.
    5. Slayd skanerlari. 
    Ular slaydlarni va ma’lum cheklovlar bilan 
    negativlarni skanerlash uchun mo‘ljallangan. Cheklovlar rangli 
    negativlarda maxsus niqob mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, uni 
    skanerlangan tasvirdan olib tashlash kerak. Buning uchun ko‘plab 
    skanerlar turli ishlab chiqaruvchilar va har xil turdagi filmlar uchun 
    niqob profili bilan ta’minlangan. Biroq, profil har bir aniq negativga 
    to‘liq mos kelishiga ishonch hosil qilish iloji yo‘q. Ular plyonka ishlab 
    chiqarilgan yili yoki joyiga, uni qayta ishlash texnologiyasiga qarab 
    farqlanadi.
    Ba’zi ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining slayd-skanerlarini bir nechta 
    umumiy profillar bilan to‘ldiradilar yoki ularni umuman to‘ldirmaydilar. 
    Agar slayd skaner “ilg‘or” bo‘lsa (va shunga mos ravishda qimmat), 
    unda uning ish natijalarini kompyuterda RAW formatida olish mumkin 
    va puxta professional maxsus grafik tahrirlagich dasturi yordamida 
    natijadan niqobni olib tashlashi mumkin. Aks holda, ranglar va soyalar 
    qaytarib bo‘lmaydigan tarzda aralashib ketishi mumkin. Aksariyat 
    hollarda ixtisoslashtirilgan slayd-skanerlar planshetli skanerlardagi 
    slayd modullaridan ko‘ra afzalroqdir (hech bo‘lmaganda 35 mm 
    plyonkada, kamida 2400 dpi bo‘lishi kerak bo‘lgan haqiqiy nusxalar 
    talab qilinishi tufayli).

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish