88
2. Qo‘l skanerlari.
Bu skanerlarning eng arzon va eng ixcham turi
bo‘lib, asl tasvir nusxalarni qo‘lda raqamlashtirish imkonini beradi.
Kutubxonadagi kitoblarni ayrim varaqlarini
nusxalash uchun zarurat
tug‘ilganda foydalanish mumkin. Qo‘lda skanerlanganligi sababli sifati
past bo‘lib, faqat katta harfardagi yozuvlarni kiritish uchun ishlatish
mumkin. Matnni satrma-satr “skanerlaydigan” va ko‘pincha o‘rnatilgan
lug‘atlar yoki tarjimonchilar bilan jihozlangan maxsus qo‘lda olib
yurishga qulay skaner-qalamlar ham mavjud.
3. Varaqli skanerlar.
Skanerlanadigan
varaq maxsus qabul
qilgichga joylashtiriladi va chiroq hamda yorug‘likka sezgir o‘lchagich
yonidan avtomatik tortilib o‘tkaziladi. Bunday
skanerlar faqat bitta-
bitta varaqlab skanerlash uchun ishlatilishi mumkin, kitob yoki albom
varaqlarini qayta ochib bo‘lish kerak. Odatda varaqli skanerlar statistika
idoralarida ko‘plab so‘rovnomalarni qayta ishlash uchun ishlatiladi va
shaxsiy ma’lumotlarni taniy oladigan maxsus dasturiy ta’minot bilan
birga keladi. Ular ko‘p hajmli ma’lumotlarni skanerlash uchun noqulay
hisoblanadi. Ayrim skanerlarning turlari mavjud bo‘lib, ular varaqli va
qo‘l skanerlarning kombinatsiyasiga o‘xshaydi. Lampa va yorug‘lik
sezgir o‘lchagich orqali harakatlanuvchi hamda skanerlangan asl nusxa
ustida portal krani kabi harakatlanadi.