• Video adapter va monitorni sozlash.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    Tizim drayverlarini o‘rnatish
    . Agar kompyuter Intel Core yoki 
    AMD Phenom protsessoriga asoslangan bo‘lsa, tizimni o‘zaro bog‘lovchi 
    chipset (mikrosxemalar to‘plami) uchun drayverni o‘rnatish foydali bo‘la-
    di. Haqiqat shundaki, agar Windows-da eski qurilmalar uchun mos drayver 
    mavjud bo‘lsa ham yangilari uchun umum universal drayverlar qo‘llaniladi, 
    bu esa yangi qurilmaning yaxshilangan tezkor xu susiyatlaridan foydalanish 
    imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Bu, ayniqsa, Intel oilasiga tegishli bo‘lma-
    gan nVidia yoki AMD (ATI, VIA) kabi chipsetlar uchun foydalidir.
    Yangi shaxsiy kompyuterlar uchun drayver “onaplata(mother-
    board)” bilan ta’minlangan kompakt diskdan yoki (agar sizda zavodda 
    yig‘ilgan markali kompyuter bo‘lsa) drayverlarga ega maxsus kom-
    pakt diskdan o‘rnatiladi. Ikkala holatda ham diskni kompyuterga joy-
    lashtirib, hujjatlarni oldindan o‘qib chiqqandan so‘ng tizim drayverlar-
    ini o‘rnatishni punktini tanlash kifoya.
    Tizim drayverlarini o‘rnatish uchun tizimingiz qaysi ishlab chiqaru-
    vchining chipsetiga asoslanganligini bilishingiz kerak. Odatda, bu Intel, 
    VIA yoki SiS kompaniyalariniki bo‘ladi. Yaqingindan grafik adapter 
    uchun chip ishlab chiqaruvchilar – ATI (AMD) va nVidia ham chipset-
    lar ishlab chiqarishni boshladilar. Agar chipset aniqlab bo‘lingan bo‘lsa, 
    shu turdagi grafik adapterni o‘rnatish haqidagi ko‘rsatmaga rioya qilinadi 
    (ularda tizim va video uchun birlashtirilgan drayverlarga ega).
    Ishlab chiqaruvchi haqida qaror qabul qilganingizdan so‘ng, 
    chipsetning modelini aniqlash tavsiya etiladi. Intel, VIA va SiS mah-
    sulotlari uchun drayverlar qurilma bilan birga bo‘lishi kerak. Agar ona-
    plata modelini aniqlashda qiyinchilik tug‘dirsa, bepul CPU-Z diagnos-
    tika yordam dasturidan foydalanish mumkin.
    Video adapter va monitorni sozlash.
    Kompyuteringizning video 
    quyi tizimini sozlash, jumladan drayverni o‘rnatish yoki almashtirish 


    111
    uchun Displey xususiyatlari oynasi orqali bajarish mumkin. U boshqa-
    ruv panelida mavjud (Ekran belgisi), lekin uni ish stolidagi bo‘sh joyni 
    sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosganingizda paydo bo‘ladigan 
    kontekst menyusidan ochish tezroq bo‘ladi (Ekran ko‘rsatgichlari). 
    Har qanday holatda, sozlash oynasi ish stoli mavzusini tanlash yor-
    lig‘ida ochiladi, shuning uchun uni bosish orqali Sozlamalar yorlig‘iga 
    o‘tishingiz kerak bo‘ladi.
    Agar ikkita monitorni ko‘rsangiz, unda hayron bo‘lmang. Sababi 
    eng zamonaviy video adapterlar – Radeon va GeForce – ikkita moni-
    torga chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, ushbu xususiyat 
    Windows vositalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi (2.52-rasm). Agar 
    haqiqatan ham GeForce yoki Radeon o‘rnatilgan bo‘lsa, unda video 
    adapter drayverini o‘rnatish kerak bo‘ladi.
    Buni standart o‘rnatuvchidan 
    foydalangan holda qilish yaxshidir. AMD (avvalgi ATI) va nVidia video 
    adapterlari, Radeon X800 va GeForce 6800 gacha bo‘lgan, shuning-
    dek, Intel ning o‘rnatilgan grafik qurilmalari uchun drayverlarni birik-
    tirilgan kompakt diskdagi “Drivers/Video” papkasidan topish mumkin. 
    Drayverlarning yangi versiyalarini Internetda topish mumkin (ishlab 
    chiqaruvchilarning veb-saytlarida drayverlarni yuklab olish manzillar-
    iga qarash kerak). Agar boshqa video adapter bo‘lsa, paketga kiritilgan 
    o‘rnatish diskidan yoki ishlab chiqaruvchi saytidan foydalanish kerak.
    2.52-rasm. Windowsda ko‘p ekranlikni sozlash.
    Grafik karta drayveri nafaqat 2D-da ishlashini, balki o‘yinlarda ish-
    lashi uchun mo‘ljallanganligi sababli, o‘rnatishdan oldin DirectX kabi 
    OT (operation tizim) komponentini yangilash kerak.


    112
    Video drayverini o‘rnatish tugallangandan so‘ng, kompyuterni 
    qayta ishga tushirish kerak bo‘ladi. 
    Windows
    ni qayta ishga tushirgan-
    dan so‘ng, u yangi apparat topilganligi haqidagi xabarlarni ko‘rsatishi 
    mumkin. Bu vaqtda monitor drayveri ham o‘rnatiladi.
    Qayta ishga tushirgandan so‘ng, ekran o‘lchamlari uchun qulay qiy-
    matni o‘rnatish mumkin. Birinchi qiymat faqat sizda juda eski video adapt-
    er bo‘lsa va u yuqori rangli piksellar soni bilan ishlashi sekin bo‘lsa yoki 
    uning grafik xotirasi juda kam bo‘lsa o‘rnatilishi kerak.
    Ekran aniqligi rezolutsiyasi tanlangandan keyin ko‘zni tez char-
    chashini oldini olish uchun, yangilanish tezligini tanlash kerak. Buning 
    uchun ekranning xususiyatlarida “Kengaytirilgan” ni bosib, “Monitor” 
    yorlig‘i tanlanadi va yangilanish tezligini 75 Hz yoki undan yuqori 
    darajaga o‘rnatiladi. Agar tanlangan ruxsatda maksimal qiymat atigi 
    60 yoki 66 Hz bo‘lsa, ekran rezolutsiyasini pasaytirish va chastotani 
    oshirish yaxshiroqdir, chunki ekranning juda past yangilanish tezligi 
    ko‘zning tez charchashiga olib keladi.
    Agar piksellar sonini va yangilanish tezligini o‘zgartirganda, mon-
    itor o‘chib qolsa yoki “Signal diapazondan tashqarida” degan xabarni 
    ko‘rsatsa, demak monitor tanlagan parametrlarni qo‘llab-quvvatlamay-
    di. Bunday holda, piksellar sonini yoki yangilanish tezligini pasaytir-
    ishga harakat qilinadi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish