• PCM usuli (Pulse Code Moduldtion).
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    WAV formati. 
    MIDI formatining xususiyatlaridan biri yuqori 
    ovoz sifati bilan yozilgan faylning ixchamligidir, shuning uchun ushbu 
    standartdagi fayllarni siqish haqida hech qanday savol tug‘ilmaydi. 
    MIDI musiqasi turli dasturlarga, musiqa ko‘rinishlari, o‘yinlar, filmlar 
    uchun tovushtreklari va boshqalar uchun keng qo‘llaniladi. Va yana 
    elektron musiqasining o‘zi ham hozirda juda mashhur bo‘lib bormoqda. 
    Deyarli barcha virtual pleyerlar ushbu formatni qo‘llab-quvvatlaydi.
    WAV formati esa undan farqli o‘laroq, jonli ovozni yozib
    raqamlash parametrlarining yuqori qiymatlari bilan, yetarli darajada 
    yuqori tovush sifati va kam buzib eshittirishni ta’minlaydi. Asl WAV 
    fayli, 44 kHz va 16 bitli kvantlash chastotasi bilan raqamlashtirilgan 
    boshlang‘ich tovush signalini to‘liq ma’lumotni o‘z ichiga oladi. Aynan 
    mana shu ma’lumotlar oddiy audio kompakt disklarda (aniqrog‘i, 
    CD-DigitalAudio) saqlanadi. Ushbu formatdagi audio kodlash sifat 
    yo‘qotishsiz hisoblanadi. Tovush fayli diskda juda ko‘p joy egallaydi. 1 
    daqiqalik ovoz yozish uchun diskda taxminan 80 Mb(60 *44000*16*2) 
    joy kerak bo‘ladi.
    Matnli fayllar hajmini kamaytirish uchun arxivatorlardan (masalan, 
    WinZip yoki WinRar) katta muvaffaqiyat bilan foydalaniladi. Ular 


    125
    fayllar hajmini zarracha yo‘qotmasdan o‘n barobar qisqartiradi, faqat 
    vaqt fayllarni siqishga va ochishga sarfanadi. Afsuski, tovush fayllarini 
    arxivlashda matnli fayllarni arxivlash uchun ishlatiladigan siqish usullari 
    juda samarasiz bo‘lib, hajmi atigi 10 ... 30% ga kamaytiradi. Yo‘qotishlarsiz 
    sigishning amalga oshirishning iloji yo‘qligi aniq bo‘lgach, audio fayllarni 
    biroz, inson qulog‘i ilg‘amaydigan, sifat yuqotishi bilan siqish imkonini 
    beruvchi bir nechta algoritmlar taklif qilindi.
    PCM usuli (Pulse Code Moduldtion). 
    Chiziqli impuls-kodli 
    modulyatsiya(linear PCM) Windows-dagi asosiy audio siqish usuli 
    hisoblanadi. Usul Sony kompaniyasi tomonidan audio disklarda (CD-
    DA) audio treklarni yozish uchun yaratilgan. PCM amplitudani kvantlash 
    uchun cheklangan miqdordagi darajali an’anaviy chiziqli shkaladan 
    foydalanadi. Ushbu usulning nochorligi jimlik holati(tovushsizlik)da 
    yoki past tovushlarda katta nisbiy xatolik paydo qilishidadir.
    Kvantlash sathining miqdori juda katta bo‘lishi ham mumkin, 
    shuning uchun uni ikkining darajasi sifatida olgan maqul. Demak, N = 8 
    bit bo‘lsa 256 sathga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda xonalar bitlardir, shuning 
    uchun 8 xonali audio deyilganda odatda 8 bitli tovush tushuniladi. Bit 
    chuqurligi qanchalik baland bo‘lsa, namuna qiymatlari shunchalik aniq 
    kodlanadi. CD-DA standarti 16 bit(bunda sathlar soni 2
    16
    =65536 ga 
    teng bo‘ladi) belgilangan. Xuddi shu kelishuv 
    Windows
    dagi standart 
    WAV – PCM fayllari uchun ham amal qiladi. Bu standartni boshqa 
    DPCM(Delta ayrima) va ADPCM (Adaptive Delta – moslashuvchi 
    ayrima) yanada yuqori miqdorda siqish turlari ham mavjud. 

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish