126
Furye almashuvini qo‘llab asl signal tiklanadi. Bu o‘zgarishlarning
barchasi real vaqtda sodir bo‘lishi juda muhimdir. Ushbu formatda
siqilgan fayllar * .mp3
kengaytmasiga ega
MP3 formatining yana bir xususiyati faylda qo‘shimcha
ma’lumotlarni saqlash imkoniyatidir. ID3-Tag konventsiyasiga ko‘ra,
ushbu formatdagi musiqa fayli quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi
mumkin: sarlavha; ijrochi, albom nomi, yili, izohlar, trek raqami, janr,
muallifik huquqi haqida ogohlantirishlar; qo‘shiq matni. ID3-Tag
(teg) da to‘plangan ushbu ma’lumotlar turli dasturlar va MP3 pleyerlar
tomonidan qo‘llaniladi. Masalan, qo‘shiq
matni uning ovozi bilan
parallel ravishda ekranda ko‘rsatilishi ham mumkin.
MP3 Pro formati eski MP3 ning davomchisi bo‘lib, aniqrog‘i,
rivojlanishi natijasi hisoblanadi. Bu majoziy ma’noda MP3-ga mos keladi
va qisman to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni MP3 Pro bilan kodlangan fayllar MP3
pleyerlarda eshittirish mumkin, ammo tovush sifati biroz pasayadi.
Subyektiv ravishda bitrate(bit yuborish tezligi) 64
kbps da ham
MP3 Pro-ning ovoz sifati juda yaxshi bo‘lib qoladi, har holda MP3 dagi
128 kbps bitrate dan yomon emas. Biroq, sintez qilingan garmonikalar
audio chiqishiga ko‘pincha musiqa ixlosmandlari va professional
musiqachilarning didiga mos kelmaydigan xarakterli tovushni beradi.
VQF formati.
U nisbatan yaqinda ishlab chiqilgan va MP3
formatiga nisbatan yuqori siqish nisbati va ijro sifatiga ega. VQF formati
Yaponiyada ishlab chiqilgan TwinVQ (Transform-domain weightel
interleave Vector Quantization – transform
domenlari bilan vektor
kvantlash va vaznli almashinish) texnologiyasiga asoslangan. Ushbu
format uchun asosiy dasturiy ta’minot
Yamaha firmasi tomonidan
ishlab chiqilgan. Pleyer dasturini o‘rnatish bir vaqtning o‘zida Netscape
va Internet Explorer veb-brauzerlarida VQF fayllarini o‘ynash uchun
plagin(qo‘shimcha)larni o‘rnatadi.
Ushbu format, MP3 kabi, tovushni idrok etishning psixoakustik
modelidan foydalanadi, ammo bir xil ovoz sifatida, VQF fayllari MP3 dan
taxminan 30 – 35% kichikroq. MP3 fayllari uchun 128 kbps oqim (bitrate)
VQF fayllari uchun 80 kbps oqimiga mos keladi. Shu bilan birga, signalni
dekodlashda protsessor yuki MP3 dekodlashdan ko‘ra taxminan 30% yuqori.
Bunday fayllarni eshittirish rejalashtirgan kompyuter uchun yuqori talabni
127
bildiradi. Bundan tashqari, kodlash jarayonining o‘zi ham MP3 fayllarini
kodlashdan ko‘ra ancha uzoq davom etadi.
Ayni paytda Internetda ham VQF formatidagi ko‘plab
musiqa
qismlarini topishingiz mumkin, ammo ularning soni va mashhurlik darajasi
MP3 dan sezilarli darajada past. Bundan tashqari unga mo‘ljallangan
pleyer va dekoder dasturlari ham sezilarli darajada kamroq.