• Avtomatik yuklanadigan
  • CD dan ma’lumotlarni o‘qish va yozishning maksimal tezligi.
  • DVD disklaridan maksimal o‘qish / yozish tezligi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    Yarim avtomatik yuklanadigan 
    – [Eject] tugmachasini bosgandan 
    so‘ng, diskovod qulfi bo‘shatiladi va disk purjina yordamida yarmi 
    chiqadi, keyingi uzaytirish va keyingi yuklash qo‘lda amalga oshiriladi. 
    Ko‘pgina noutbuk diskovodlarida aynan shu mexanizm mavjud.
    Avtomatik yuklanadigan – 
    ko‘pincha desktop diskovodlarida 
    qo‘llaniladi. Disk latogini ochish va qayta yopish o‘rnatilgan motor 
    yordamida avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
    To‘liq qo‘lda yuklash
    asosan noutbuklar va ba’zi tashqi CD/DVD 
    drayverlarida mavjud va DVD/CD pleyerlardagi mexanizmga o‘xshash 
    tarzda tashkil etilgan, ya’ni yuqori qopqoqni ochish hamda diskni 
    qo‘lda joylashtirish orqali yuklanadi keyin qo‘lda qayta tortib olinadi.


    122
    CD dan ma’lumotlarni o‘qish va yozishning maksimal tezligi.
    Birinchi CD-ROM larning ma’lumotlarni uzatish tezligi (birinchi 
    tezlik) 150 kb/s ni tashkil etardi – bu qiymat o‘qish va yozish tezligini 
    o‘lchash birligi sifatida qabul qilingan. Ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar 
    o‘z diskovodlarini tezliklarning 10X, 24X, 52X shaklida ko‘rsatadi. 
    Haqiqiy qiymati kb/s da aniqlash uchun X ning oldidagi raqamni 150 
    ga ko‘paytirish orqali bilib olish mumkin. Masalan, agar o‘qish tezligi 
    16X marta bo‘lsa, bu haqiqiy tezlik 150x16 = 2,400 kb/s degan ma’noni 
    anglatadi. Shuni yodda tutish kerakki, maksimal o‘qish tezligiga faqat 
    ideal sifatli disklar bilan erishiladi, haqiqiy qiymatlar biroz pastroq va 
    ma’lum bir diskning parametrlariga bog‘liqdir.
    DVD disklaridan maksimal o‘qish / yozish tezligi.
    DVD uchun 
    ma’lumot uzatish tezligi birligi 1,385 MB/s ga teng ya’ni, agar DVD 
    diskovod 8X ni o‘qisa, u holda haqiqiy tezlik 8x1,385 = 11,08 MB/s 
    ni tashkil qiladi. Maksimal o‘qish tezligiga faqat ideal sifatli disklar 
    uchun erishiladi. Deyarli har doim bu qiymat e’lon qilinganidan past va 
    ma’lum bir diskning parametrlariga bog‘liq.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish