118
(550 MB va undan ortiq) saqlash uchun mo‘ljallangan edi. CD-ROMga
yozilgan ma’lumotlarning shaxsiy kompyuterga ulangan CD player
yordamida amalga oshiriladi, ular ba’zan
odiygina pleyerlar ham
deb ataladi va CD-ROM bilan birgalikda tashqi faqat o‘qish uchun
mo‘ljallangan xotira funksiyalarini bajaradi.
CD-EROM, CD-PROM (Compact Disk Erasable Read-Only
Memory, Compact Disk Programmable Read-Only Memory) – qayta
yoziladigan (o‘chiriladigan yoki dasturlashtiriladigan) kompakt disk.
CD-RW, CD + RW, DVD-R / W (Rewritable CD) u ham CD-EROM
yoki CD-PROM ga o‘xshab qayta yoziladigan kompakt disk;
CD-R (CD-Recordable, CD-WORM,
Compact Disk Write-Once
Read-Many times) bir marta yoziladigan lazerli disk (yozilgan CD-R
dagi ma’lumotlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi).
EDOD (Erasable Digital Optical Disc) – u o‘chiriladigan
raqamli optik disk, qattiq magnit disk kabi ishlaydi faqat, bitta
diskda ma’lumotlarni qayta yozish imkonini
beruvchi magnit-optik
texnologiyadan foydalanilgan.
Video kompakt disk, video CD (CD-DV, Compact Disk Digital
Video) – videofilmlarni raqamli yozib olish va ijro etish uchun
mo‘ljallangan kompakt disk turi. Bitta disk bitta to‘liq metrajli filmning
yozuvini saqlashi mumkin.
Foto CD (Photo-CD) – fotosuratlarni (va undan keyin –
grafika
va ovozni) saqlash va ularni disk qurilmalari yordamida televizorda
ko‘rsatish vositasi.
Pro-Photo CD – Photo CD – bu tashuvchi har bir tasvirning turli darajadagi
aniqlikdagi oltita versiyasini o‘z ichiga olib biladigan va 4x5 dyuym (10 x
12,5 sm)gacha bo‘lgan plyonkalarni skanerlash imkonini beruvchi vositadir.
Bitta diskda 25 tagacha foto tasvirlarni yozib olish mumkin.
Dastlab, disk hajmi 74 daqiqali CD-DA formatidagi audio yoki 650
MB deb e’lon qilindi, keyinchalik bu qiymatlar biroz yuqoriga qarab
o‘zgartirildi.
DVD (Digital Versatile Disk – raqamli universal(ko‘p vazifali)
disk) standartini yaratishda ishlab chiquvchilar kompakt disk bilan
bir xil geometrik o‘lchamlarni saqlab qolgan holda diskga sig‘adigan
ma’lumotlar hajmini sezilarli darajada oshirishni maqsad qilib
119
qo‘yishdi. Buning uchun to‘lqin uzunligi qisqaroq bo‘lgan lazer (650
nm lazer 120 mm diskning bir qatlamiga 4,7 Gb gacha ma’lumotlarni
joylashtirish imkonini berdi) va axborot qatlamlari (maksimal) soni
to‘rttagacha oshirildi. Ulardan ikkitasi diskning bir tomonida, qolgan
ikkitasi esa boshqa tomonida bo‘ladi. Axborot qatlamlarining o‘zi,
shuningdek, aks ettiruvchi qatlam diskning o‘rtasida joylashgan (har
tomondan 0,6 mm chuqurlikda, ya’ni texnologik jihatdan bunday disk
bir-biriga yopishtirilgan 0,6 mm qalinlikdagi ikkita diskdan iborat).
Ushbu konstruksiyali diskda jild (leybel)
tasvirni chop etish uchun
bo‘sh joy qoldirmaydi va amalda bir yoki ikkita axborot qatlami
bo‘lgan disklar ham uchraydi. DVD diskda ma’lumot chuquroq
qatlamlarda joylashishi tufayli CD bilan solishtirganda, u ko‘ndalang
shikastlanishga (chizishlarga) ko‘proq chidamli bo‘lib hisoblanadi,
ammo texnologik yopishtirilgan ikki qismi
mavjudligi uni egilish
mexanik stressga nisbatan zaifroq qiladi.
Kattaroq ma’lumot sig‘imiga ega bo‘lishga talabgor, keyingi avlod,
ikki optik disk standartlari da’vo qiladi –