130
bu format ko‘pchilik zamonaviy DVD pleyerlar tomonidan qo‘llab-
quvvatlanadi.
Taqqoslash uchun DV formatidagi 1,5 soatlik film, taxminan 20
GB, MPEG-2 da – 4,7 GB (DVD diski kerak), MPEG-4 formatida –
700 MB (CD diski etarli) ni egallaydi.
HD (High Definition) – bu, yuqori aniqlikdagi video formati bo‘lib,
yuqori aniqlikdagi tasvirlar uchun yangi format hisoblanadi.
Uning
ikkita turi bor: HD1 – 280x720 va HD2 – 1440x1080 pikselli.
Hozirgi vaqtda MPEG-2 kodeki asosida HDV formatida yozib
oladigan iste’molchi kameralari ham mavjud.
HD videoni tomosha
qilish uchun sizda tegishli ko‘rish uskunasi bo‘lishi kerak (masalan,
katta diagonali LCD yoki plazma televizor, aks holda videoning yuqori
sifatini baholab bo‘lmaydi).