|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universitetiBog'liq F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova RaqamliVideo fayl formatlari
. AVI (Audio-Video Interleaved) – bu, juda
ko‘p sonli video fayllarning kengaytmasi, ammo bu format yoki kodek
emas. Bu Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan konteyner bo‘lib, u
to‘rt turdagi oqimlarni saqlashi mumkin: video, audio, matn va midi.
Ushbu konteyner har qanday formatdagi videoni o‘z ichiga olishi
mumkin – MPEG-1 dan MPEG-4 gacha, turli formatdagi tovushlar, har
qanday kodeklar kombinatsiyasi bo‘lishi mumkin.
Ushbu konteyner tarkibini aniqlash uchun ko‘plab dasturlardan birini
ishlatish kerak – kuchli Adobe Premiere dan oddiy VideoToolBox gacha.
ASF (Active Streaming Format)
– bu, Microsoft kompaniyasining
oqim formati. Ular ASF ning ikkita variantini ishlab chiqdilar: vl.0 va
v2.0. Media vositalaridan (Windows Media Player va Windows Media
Encoder) foydalanilgan vl.0 varianti maxfiylangan. Versiya v2.0 bo‘lsa
nashr etilgan va patentlangan. Albatta, ular bir-biridan farq qiladi, umuman
moslashuvchanlikka ega emas. Windows Media Player faqat vl.0 ni
qo‘llab-quvvatlaydi, chunki hech kim v2.0 asosida faylini ko‘rmagan. ASF
fayllari endi * .wma yoki * .wmv kengaytmalari bilan paydo bo‘ladi.
WMV (Windows Media Video)
Microsoft
ning formati bo‘lib, Movie
Maker bilan yaratilgan video aynan shu formatda yaratiladi.
MOV –
Apple Macintosh
ning Quick Time ilovasi formati, videodan
tashqari, grafikalar, animatsiya, 3D ko‘rishlarni ta’minlaydi. Ko‘pincha,
ushbu formatni qayta eshittirish uchun sizga Quick Time Playeri kerak
bo‘ladi.
131
MKV
(
Matryoshka yoki Matroska
) – video, audio, subtitrlar,
menyular va hokazolarni o‘z ichiga olgan konteynerdir. U ochiq
tarqatiladigan kodga ega, hali juda keng tarqalgan emas.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|