145
5.6-rasm.Winamp pleyerining tashqi ko‘rinishi.
Ovoz bilan ishlash uchun ko‘plab maxsus dasturlar mavjud, zamo-
naviy dasturlar professional ovoz yozish studiyasining deyarli barcha
funksiyalarini bajaradi. Bu kompyuter resurslarini ko‘paytirishni va
ovoz kartasining sifatini, MIDI klaviaturasi kabi qo‘shimcha periferik
qurilmalarning mavjudligini talab qiladi. Bunday dasturlarni samarali
yaratish va ulardan foydalanish odatda musiqiy ta’limni nazarda tutadi.
Ovoz bilan ishlash uchun maxsus dasturlarni bir necha toifalarga
bo‘lish mumkin. Signal generatorlari
va analizatorlari masalan,
kompyuterning tovush traktini o‘rganish uchun ishlatiladi. Generatorlar
ma’lum chastota, amplituda va spektrga ega bo‘lgan tovush signallarini
yaratadilar, ular tizimning turli xil tovush
kirish kanallariga beriladi
va tizim chiqishida analizatorlar asl signalning
turli xususiyatlarini
ajratib oladi, bu esa tovush tizimining turli komponentlarini masalan,
kuchaytirgichlar, modulyatorlar va boshqalarni
obyektiv baholash
imkonini beradi. Natijada, masalan, turli xil ovoz kartalarining sifatini
bir qator ob’ektiv parametrlar bo‘yicha baholash mumkin.
SpectraLab by Sound Technology ushbu toifadagi dasturlarga tegishli
– bu, tovush signallarini tahlil qilish uchun kuchli tizim bo‘lib, u real vaqt
rejimida ham ishlay oladi va ilgari yozilgan signallarni tahlil qiladi. Tahlil
natijalari an’anaviy to‘lqin shakli, spektral grafik yoki 3D spektrogramma
shaklida taqdim etilishi mumkin. Maxsus
sinov signal generatoridan
foydalanib, tekshirilayotgan ovoz traktini ishlashini tahlil qilish mumkin.
Dasturda juda ko‘p turli xil sozlamalar mavjud.