• Rastrli grafikadan
  • Kompyuter grafikasi ko‘rinishlari




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    6.3. Kompyuter grafikasi ko‘rinishlari.
    Grafik tasvir turlari 
    Kompyuterdagi har qanday boshqa ma’lumotlar singari, grafik 
    tasvirlar kodlangan shaklda aloqa liniyalari orqali tarqatiladi, qayta 
    ishlanadi va saqlanadi, ya’ni ko‘p sonli bitlar – nollar va birliklar 
    ko‘rinishida bo‘ladi. Grafik tasvirlar bilan ishlaydigan juda ko‘p turli 
    xil dasturlar mavjud. Ular turli xil grafik formatlardan, ya’ni grafik 
    axborotni kodlash usullaridan foydalanadilar. Tasvirni o‘z ichiga olgan 
    fayllar nomlarining kengaytmalari unda qanday format ishlatilishini 
    ko‘rsatadi, ya’ni uni qaysi dasturlar bilan ko‘rish, o‘zgartirish 
    (tahrirlash), chop etish mumkin ekanligini bildiradi.
    Bu xilma-xillikka qaramay, tasvirni nol va birlar ko‘rinishida 
    ko‘rsatishga (tasvirni raqamlashtirish) faqat ikkita tubdan farqli 
    yondashuv mavjud:


    156
    ■ rastrli grafika (6.2-rasm);
    ■ vektorli grafika (6.3-rasm).
    Rastrli grafikadan
    foydalanganda, tasvirning tashkil etuvchi har 
    bir eng kichik elementi, ya’ni pikselli ma’lum miqdordagi bitlar bilan 
    kodlanadi. Rasm piksellar deb ataladigan ko‘p sonli kichik nuqtalar 
    shaklidan iborat bo‘ladi. Ularning har biri o‘ziga xos rangga ega
    buning natijasida ko‘p miqdordagi tosh yoki shishadan – mozaika, 
    alohida tikuvlardan – kashta va alohida kumush granulalardan fotosurat 
    hosil bo‘lganday raqamlashtirilgan tasvir hosil qilinadi. Kompyuterda 
    rastr usulidan foydalanganda har bir piksel uchun bit chuqurligi deb 
    ataladigan ma’lum miqdordagi bitlar ajratiladi.
    6.2-rasm. Rastrli grafikaga oid misol.
    Har bir rangga ma’lum xonali ikkilik kodi (ya’ni, nollar va birliklar) 
    mos keladi. Misol uchun, agar bit chuqurligi bittaga teng (bir xonali) 
    bo‘lsa, ya’ni har bir piksel uchun 1 bit ajratilgan bo‘lsa, u holda 0 qora 
    rangga, 1 oq rangga to‘g‘ri keladi va tasvir faqat qora va oq bo‘lishi 
    mumkin. Bit chuqurligi ikki bo‘lsa, ya’ni har bir piksel uchun 2 bit 
    ajratilgan bo‘lsa, u holda 00 qora rangga, 01 qizil rangga, 10 ko‘k rangga, 
    11 qora rangga, ya’ni to‘rt rangga to‘g‘ri keladi. Bit chuqurligi uchga 
    teng (3 xonali kodlash) bo‘lsa, sakkiz rangdan foydalanish mumkin
    chuqurlik to‘rtga teng bo‘lsa, 16 rangdan iborat bo‘ladi va hokazo.
    Shuning uchun grafik dasturlar 2, 4, 8, 16, 256 rangdagi tasvirlarni 
    yaratishga imkon beradi. Mumkin bo‘lgan ranglar sonining (palitraning) 
    har bir ortishi bilan tasvirni saqlash uchun zarur bo‘lgan xotira miqdori 
    ikki baravar ko‘payadi (chunki har bir piksel 1 bitdan ko‘proq joy oladi).


    157
    Rastrli grafikaning asosiy kamchiligi tasvirni yuklash uchun zarur 
    bo‘lgan katta hajmdagi xotiradir. Buning sababi, har bir pikselning 
    rangini eslab qolish kerak, ularning umumiy soni juda katta bo‘lishi 
    mumkin. Misol uchun, kompyuter xotirasidagi bitta o‘rta o‘lchamdagi 
    fotosurat bir necha megabaytni ya’ni bir necha yuz (hatto, minglab) 
    sahifalar matn joyini egallaydi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish