142
5.3-rasm. Miksherlar balandligi boshqarish oynasi.
Ovozli qurilmalarni boshqarish dasturi (5.2-rasm) turli manbalardan
olingan audio signalni yozib olish va ijro etish darajasini, ovozni qayta
ishlab chiqarish sifatini sozlash, ovoz effektlarini operatsion tizimdagi
turli hodisalar (ovozlar yorlig‘i) va boshqalar bilan ko‘proq solishtirish
imkonini beradi.
Windows operatsion tizimining standart yetkazib berilishi tovush
bilan ishlash uchun bir nechta dasturlarni o‘z ichiga oladi: Volume,
Sound Recorder va Windows Media Player.
Ularning barchasi
mavjud
Start/All Programs/Accessories/Entertainment (Пуск/Все
программы/Стандартные/ Развлечения)
menyusi orqali chaqirish
mumkin
.
5.4-rasm. Windowsda o‘rnatilgan ovoz yozish dasturi.
143
Ovoz balandligini boshqarish dasturi(5.3-rasm) – bu, kompyuter
audio tizimining kirishiga ulangan turli manbalardan tovush signallarini
aralashtirish(miksherlash)ga imkon beruvchi mikser. Masalan,
dinamik, mikrofon, tizim tovushlarini, CD-ROM va boshqa ayni paytda
yuklangan daturlar tovushlarini.
Ovoz yozish dasturi mikrofondan yoki chiziqli kirish orqali ulangan
an’anaviy pleyerdan (televizor va boshqalar)
ovoz yozish imkonini
beradi (5.4-rasm). Ovoz yozuvi * .wav kengaytmali faylda saqlanadi.
Fayl hajmi yozib olish vaqti va tanlangan sifatga bog‘liq bo‘ladi.
Nazariy jihatdan, qattiq diskning o‘lchami bir necha soatlik jonli ovozni
yozib olish imkonini beradi.
Biroq, amalda bu funksiya nisbatan kichik bo‘laklarni yozish uchun
ishlatiladi: ba’zi hujjatlar yoki slayd-shoularga sharhlar, elektron pochta
orqali yuborilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar uchun ishlatiladi. Ovoz
yozuvining parchasi har qanday hujjatni yaratishda giperhavola sifatida
ishlatilishi mumkin.
5.5-rasm. Windows Media Player.
144
Windows Media Player (5.5-rasm) audio va videofayllarning
deyarli
barcha formatlarini, DVDlardan,
audio kompakt disklardan
o‘qiy oladigan va ularni shaxsiy kompyuterning qattiq diskiga yozishi
mumkin bo‘lgan multimedia pleyeridir hamda yoziladigan CD disklar
bo‘lsa, disklarni yozish imkoniga egadir.
Pleyer fond muhitida ham ishlashi mumkin: agar siz uning oynasini
kichraytirsangiz, sevimli musiqangiz bilan birga istalgan dasturda
ishlashingiz mumkin. Dastur portativ qurilmalar bilan kengaytirilgan
muvofiqlikni amalga oshiradi. Shunday qilib, kompyuterni smartfonlar
bilan sinxronlashtirish ham ta’minlanadi.
Dastur doimiy ravishda
yangilanadi: uning interfeysi o‘zgarib, yangi boshqaruv funksiyalari
paydo bo‘lishi mumkin. Muhim ish variantlariga kirishni osonlashtirish
uchun kontekst
menyusi yaxshilanmoqda, multimedia kutubxonasini
ham kengaytirish mumkin.
Dastur
Windows
ning mahalliylashtirilgan
versiyasining bir qismi bo‘lganligi sababli,
u butunlay mahaliy tilga
moslashtirilgan.
Microsoft.com saytidan dasturning so‘nggi versiyalarini yuklab olish,
qo‘shimcha ma’lumot olishz, shuningdek,
ushbu pleyer uchun yangi
jildni olish, musiqa tinglash bilan birga keladigan vizual tasvirlarni
yangilash, qo‘shimcha modullarni ulash mumkin.