137
oqimini to‘g‘ridan to‘g‘ri media serverga yuboradi, u yerda multicast
yoki unicast oqim uchun qayta uzatiladi. Talab bo‘yicha oqimda
kodlovchi siqilgan faylni yaratadi, so‘ngra
u serverdagi tegishli
katalogga ko‘chiradi.
Ma’lumotlarni siqish – kodlovchining asosiy vazifasidir. Ilgari audio
yoki video ma’lumotlarni uzatish uchun foydalanilgan siqish formatlari
faqat oldindan yetkazib berilgan fayllar bilan ishlashi mumkin edi. Bu
esa tarmoq kanallaridagi kenglik cheklovlari sharoitida, oqim uchun
mutlaqo yaroqsizdir. Oqim texnologiyasining dastlabki kunlarida har
bir sotuvchi o‘zining siqish
algoritmidan foydalangan, chunki past
tarmoqli ulanishlarda oqilona ishlaydigan audio va video ma’lumotlarni
siqish uchun mos standartlar yo‘q edi.
Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan ishlab chiqilgan va
zamonaviy paketli tarmoqlarning voqeliklarini
hisobga olgan holda
MPEG va boshqa shu kabi standartlar mavjud bo‘lishiga qaramay,
raqobat jarayonida shaxsiy ma’lumotlarni siqish texnologiyalari paydo
bo‘ldi. Hozirgi vaqtda XEI ning H.263 va MPEG-4 siqish algoritmlari
media mahsulotlarini oqimlashda mavjud bo‘lgan boshqa usullar bilan
bir qatorda qo‘llaniladi. Ammo ishlab chiqaruvchilar eng yaxshi sifat
va ishlashni ta’minlaydigan xususiy texnologiyalarni taklif qilishda
davom etmoqdalar.
Protokollar
. Sifatli oqim olish uchun birinchi navbatda,
ulanish
uzilishlarini minimallashtirish kerak. Bunday holda, uzluksiz ulanish,
ya’ni uzluksiz ma’lumotlar oqimi alohida paketlar yo‘qolishining oldini
olishdan ko‘ra muhimroqdir. Uzatishning turli bosqichlarida yo‘qolgan
paketlar audio yoki video uzatish sifatining biroz pasayishiga olib
kelishi mumkin, bu esa paketlarni keyinchalik qayta uzatish bilan qisqa
muddatli uzilishlar paytidagi “tutilish” effektidan ancha yaxshiroq. Shu
ma’noda, User Datagram Protocol (UDP) oqimli ma’lumotlarni uzatish
uchun eng yaxshisidir, lekin TCP dan farqli o‘laroq, u ma’lumotni
tasdiqlash bilan ishonchli yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan ulanishni
o‘rnatmaydi.
Afsuski, xavfsizlik ekran to‘siqlari ko‘pincha UDP grafigini o‘chirib
qo‘yadi, shuning uchun agar UDP grafigi to‘satdan bloklangan bo‘lsa,
media pleyer TCP yoki HTTP oqimlariga o‘tishi mumkin. Ba’zan bu
138
avtomatik ravishda sodir bo‘lishi mumkin. Garchi pleyer sozlamalarida
afzal qilingan protokolni oldindan belgilash yaxshiroqdir.
Uchinchi sathli kommutatsiya yordamida ma’lumotlarni uzatishdan
tashqari, mijoz va server o‘rtasidagi o‘zaro aloqani,
shuningdek,
multimedia ma’lumotlarini sinxronlashtirishni ta’minlash kerak. RTSP
(Real-Time Streaming Protocol) IETF muhandislik muammolari
guruhining dastur sathi protokoli boʻlib, u pleyer va server oʻrtasidagi
oʻzaro aloqani, xususan ishga tushirish, toʻxtatish va xizmat koʻrsatish
maʼlumotlarini uzatish funksiyalarini amalga oshirish imkonini beradi.
RTP (Real-Time Transport Protocol) spetsifikatsiyasi, shuningdek,
IETF standarti – multimedia ma’lumotlarini
real vaqtda UDP orqali
uzatish uchun ishlatiladi. Ushbu to‘plamning boshqa protokoli – RTCP
(Real-Time Transport Control Protocol) – mijozdagi multimedia
ma’lumotlarini sinxronlashtiradi va serverga ma’lum paketlarning
yo‘qolishi haqida xabar beradi.
Oqimli media ta’minlovchilari mijoz va server o‘rtasida
ma’lumotlarni uzatish hamda serverlar o‘rtasidagi aloqa uchun o‘z
protokollarini ishlab chiqdilar. Masalan, RealNetworks RTCP protokoli
o‘rniga RDT (Real Data Transport) dan, MMS (Microsoft
Media
Server) serverlari asosida qurilgan Windows Media Technologies
platformasi esa MSBD (Media Streaming Broadcast Distribution)
protokolidan foydalanishga o‘tganlar. Siqish texnologiyasiga o‘xshab,
bu protokollar aniq raqobatdosh ustunliklarni ta’minlamaydi va
standart protokollar mahsulotning o‘zaro muvofiqligi yo‘lidagi birinchi
qadam sifatida qaralib, yaqin kelajakda
yanada kengroq muvofiqlik
bo‘lishi kutilayapti. Ayni paytda, xususiy oqimli media texnologiyalari
o‘z ishlab chiqaruvchilariga faqat qisqa muddatli afzalliklarni berishi
mumkin va bu biznes faqat media oqimlarini siqish va uzatish uchun
standart algoritmlarni keng joriy etish sharoitida haqiqatan ham foydali
bo‘lardi.