|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mundarija
|
bet | 4/109 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,39 Mb. | | #145749 |
Bog'liq Mажмуа соҳаданикиFanning maqsadi–
Texnologiya sohasida bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
Fanning vazifasi –
talabalarga texnologiya sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqninig kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullarini o‘rgatishdan iborat.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida muloqot tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: MULOQOT– tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Muloqot deganda uning og’zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo’lishidagi jarayonlar, ya’ni so’zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Har bir kishining muloqoti individual, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi; vahohlangki, asosiy til unsurlari – lug’at tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli bo’lmay, umumnikidir, ya’ni muayyan til jamoasiga umuman taalluqli bo’ladi. Muloqot kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bog’liqdir. Muloqotda kishining o’y – fikrlari shakllanadi va mavjud bo’ladi. Muloqot tufayli va Muloqot asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo’ladi. Muloqot kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o’y – hayollari, hissiyoti, irodasi va boshqaning namoyon bo’lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.
|
| |