|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna Pdf ko'rish
|
bet | 102/106 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #255327 |
Bog'liq BIOLOGIYAIdiotaptatsiya -
yunoncha idias o‘ziga xos, adaptis-moslanish ma'nosini anglatib,
organizmlarning yashash sharoitga moslanishga yordam beradigan evolyusion
o‘zgarishlardir.
Izogamiya -
grekcha so‘z bo‘lib “izos” teng, “gameo”-nikohlanaman degan
ma'noni bildiradi. Bir kattalikdagi bir xil xarakatchan jinsiy hujayralarning
qo‘shilishi.
Inbriding -
bir - biriga qarindosh individlarni tanlab chatishtirish.
Inversiya -
xromosomalar ichida qayta tuzilish. Xromosomalarning ikki nuqtadan
uzilishi va uzilgan qismining 180
0
ga burilishi natijasida genlarning xromosomada
joylashish tartibining o’zgarishi.
Interkinez -
meyoz bo’linishning ikki bo’linish bosqichi o’rtasidagi oraliq holat.
Interfaza -
hujayraning bir bo’linishi bilan yanagi bo’linishi orasidagi bosqich. U
uch davr - sintezlanishdan oldingi (G
1
), sintezlovchi (S) va sintezlanishdan keyingi
(G
2
) ga bo’linadi.
Kariokinez -
yadroning bo’linishi.
Kariotip -
u yoki bu turdagi organizm somatik hujayralardagi xromosomalar- ning
soni, hajmi, shaklini ifodalash.
Katabolizm -
yirik organik molekulalarning kichik birikmalarga parchalanish
jarayoni.
Kopulyasiya —
lotincha so‘z bo‘lib «juftlashish» degan ma'noni bildiradi.
Komplementar genlar
- allel bo’lmagan genlar bo’lib, ular birgalikda ma'lum bir
belgini rivojlantiradi, ya’ni to’ldiruvchi ta'sir ko’rsatadi.
Konsumentlar -
produtsentlar hosil qilgan organik moddalarni iste'mol qiladi.
Ularga hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi.
Krossingover -
reduksion bo’linishda kon'yugatsiyalanadigan gomologik
xromosomalarning xromatidlari o’rtasida o’xshash qismlar (genlar)ning o’rin
almashishi.
Meyoz -
yetilmagan jinsiy hujayralar yadrosining ikki marta bo’linishi, bunda
xromosomalar soni gaploid bo’lgan 4 ta bir xil hujayra gameta hosil bo’ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna
|