|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna Pdf ko'rish
|
bet | 103/106 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #255327 |
Bog'liq BIOLOGIYAMetafaza -
mitozning ikkinchi fazasi, bu fazada yadro qobig’i erib ketadi,
xromosomalar esa hujayra ekvatori bo’ylab tizilib oladi.
Metabolizm-
hayot asosini tashkil etib, bu jarayon natijasida hujayra tarkibiga
kiruvchi modda molekulalarining parchalanishi va sintezi, hujayra tizimining hosil
bo‘lishi, yangilanishi va parchalanishi holatlari ro‘y berib turadi.
Mikrospora -
yosh chang xaltachasidagi arxespora hujayrasining meyoz bo’linishi
natijasida hosil bo’lgan to’rtta hujayra (tetrada)ning biri, uning
rivojlanishidan
chang donachasi hosil bo’ladi.
Modifikatsion o’zgaruvchanlik -
irsiy bo’lmagan fenotipik o’zgaruvchanlik, u
tashqi sharoit ta'sirida hosil bo’ladi, bu o’zgaruvchanlik nasldan-naslga berilmaydi.
Monokarpiklar -
o‘z hayot davrida bir marta gullab meva hosil qiladigan
o‘simliklar.
Monoduragay -
bir juft muqobil belgisi bo’yicha bir-biridan keskin farq qiladigan
formalar (AA va aa)ni chatishtirib olingan duragay (Aa).
Mutagenez -
tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida irsiy o’zgarishlar hosil bo’lish
jarayoni.
Mutatsion o’zgaruvchanlik -
organizmda yangi irsiy belgi - xususiyatlar hosil
qiladigan gen va xromosomalarning tarkibiy o’zgarishi.
Mutatsiya -
to’satdan hosil bo’ladigan irsiy o’zgaruvchanlik.
Mitoz -
somatik va yetilmagan jinsiy hujayralar bo’linishining bir shakli.
Mitozda dastlabki hujayraning genetik strukturasi normada qiz hujayralarga aniq
taqsimlanadi.
Mitoxondriylar -
replikatsiyaga qodir hujayraorganellalari
bo’lib,
ular
hujayraning oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini yuzaga chiqaradigan «energetik
stansiyalari» bo’lib hisoblanadi. Tarkibida nuklein kislotalar, jumladan, DNK ham
bo’lishi mitoxondriylarning sitoplazmatik irsiyatda ishtirok etishini taqozo qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna
|